Geosiyosiy jarayonlar borasidagi mumtoz ilmiy yo'nalishlar Reja: Geosiyosiy jarayonlar borasidagi mumtoz ilmiy yo'nalishlar Shvetsiyadagi qit'achilik nazariyasi O'rta Yevropakonsepsiyasi Nemis geosiyosiy maktabi. Geosiyosiy ta'limotning eng yorqin ko'rinishi nemis «organistik maktabi»ning shakllanishida namoyon bo'lgan. Asarlarida geosiyosat atamasini qo'llagan bo'lmasa ham Fridrix Ratselni (1844-1904) geosiyosatning otasi deb hisoblash mumkin. Uning ta'limoti geografiyani siyosiy nuqtai nazardan talqin etishga bag'ishlangan bo'lib, ana shu masala tahliliga doir Siyosiy geografiya asari 1897 yilda nashr etilgan. F.Ratsel Karlsruye shahridagi Politexnika Universitetini tamomlagan. Bu oliygohda u geologiya, paleontologiya va zoologiya fanlaridan tahsil olgan. O'qishini Xaydelberg'da tamomlagan Ratsel, Shu yerda («ekologiya» atamasini ilk bor qo'llagan) Ernst Gekel ismli professorga shogirdlik qiladi. Ratselda olamning tadrijiy taraqqiyoti va darvinchilikka asoslangan dunyoqarash shakllanadi, buning natijasida esa unda tabiatshunoslik ilmiga qiziqish yaqqol ifodalangan edi. Ratsel ko'ngillilar qatorida 1870 yildagi Fransiya-Prussiya urushida qatnashadi va dovyurakligi uchun Temir xoch unvoniga sazovor bo'ladi. Uning siyosiy dunyoqarashi asta-sekin o'ta millatchilik ruhi bilan yo'g'rila boradi. Natijada 1840 yilda Karl Piters tomonidan tashkil etilgan Panolmon ligasi nomli millatchi tashkilotga a'zo bo'lib kiradi. U Yevropava Amerika bo'ylab ko'p sayohat qiladi hamda o'z ilmiy salohiyatini etnologiya sohasida olib borgan tadqiqotlari bilan boyitadi. Bir necha yil Myunxen texnika institutida geografiyadan dars bergan F.Ratsel 1886 yilga kelib Leypsig'dagi xuddi shu nomli kafedrada ilmiy faoliyatini davom ettiradi. Umrini siyosiy geografiya muammolarini o'rganishga bag'ishlagan olim 1876 yilda Xitoyga emigratsiya mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qiladi, 1882 yilda esa Shtutgart'da uning Antropogeografiya nomli asari bosilib chiqadi. F.Ratsel ijodida xalqlarning tadrijiy taraqqiyoti, demografiyaning jo'g'rofiy omillar bilan bog'liqligi, hudud relyefining mahalliy aholi madaniy va siyosiy rivojiga ta'siri kabi masalalar atroflicha tahlil etilgan. Geosiyosat borasida ko'plab tadqiqotlarni amalga oshirgan bo'lsa-da, Siyosiy geografiya uning eng asosiy asari hisoblanadi. F.Ratsel mazkur asarida hududning (zamin) birlamchi hamda o'zgarmas omil ekanligi va xalqlarning manfaati o'zlari yashab turgan zamin atrofida namoyon bo'lishini asoslashga harakat qiladi. Uning nazarida hudud va zamin tarixiy taraqqiyotni oldindan belgilab beradi. Bundan esa tadrijiy mazmundagi quyidagi xulosa kelib chiqadi: davlat tirik borliq, aniqrog'i, zaminda ildiz otgan tana hisoblanadi. Davlat hududiy relyef, o'lcham hamda ularning xalq tomonidan anglanishidan tashkil topadi. Shunday qilib davlat kategoriyasida hududning obyektiv jo'g'rofiy belgilari va ularning umummilliy miqyosda subyektiv jihatdan anglanishi siyosatda ifodalangan holda aks etadi. F.Ratsel millatning jo'g'rofiy, demografik va etnomadaniy xususiyatlarini uyg'unlashtira olgan davlatni me'yordagi davlat deb hisoblaydi. Siyosiy geografiya asarida bu haqda shunday deb yozadi: Davlatlar o'z taraqqiyotining barcha bosqichlarida zamin bilan uzviy aloqada bo'lgan borliq ekani bois, ular, avvalo, jo'g'rofiy nuqtai-nazardan o'rganilishi zarur. Etnografiya va tarixga oid ilmiy ma'lumotlar davlatning hududiy negizda taraqqiy topishi, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.32 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.32 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: doc