Geosiyosiy qarashlarning zamonaviy xalqaro munosabatlarga ta'siri

Geosiyosiy qarashlarning zamonaviy xalqaro munosabatlarga ta'siri

O'quvchilarga / Geografiya
Geosiyosiy qarashlarning zamonaviy xalqaro munosabatlarga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Geosiyosiy qarashlarning zamonaviy xalqaro munosabatlarga ta'siri Reja: Yevropava Osiyoning geostrategik istiqboli to'g'risida Yevropa-Amerika maktablari Geosiyosiy jarayonlar borasida hozirgi tadqiqotlar Yevroosiyochilar yangi oqimi vakillarining geosiyosiy qarashlari Geosiyosiy qarashlarni tadqiq etish keyingi vaqtda tobora kuchayib borayotgan mintaqaviy mojarolarning oldini olish, Yevroosiyoning taqdiri xususida muhim xulosalar yasashga yordam beradi. Biz yuqorida ingliz va nemis olimlarining Yevroosiyoning geosiyosiy manzarasi, hukmron kuchlarning harakat dasturiga aylangan ilmiy qarashlarnini tahlil qilishga harakat qildik. Ma'lumki, ikkinchi jahon urushiga qadar Germaniya va Buyuk Britaniya Yevropadagi eng qudratli davlatlar hisoblangan. Bu ikki davlat nafaqat G'arbiy Yevropa, balki Sharqiy Yevropava hatto butun Yevroosiyoning taqdirida hal qiluvchi o'rin tutgan. Shu bilan bir qatorda, Italiya, Fransiya, Shvetsiya kabi davlatlarning tashqi siyosati ana shu ikki davlatning geosiyosatiga qarab belgilangan. Ammo Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrda AQSH eng qudratli dengiz davlati sifatida jahon siyosati sahnasida paydo bo'ldi. Uning kuchli harbiy salohiyatga ega bo'lishi va NATOning tashkil etilishi Sovuq urush yakuniga (1991 yilga) qadar Yevroosiyoni ikki qutb asosida boshqarishni ta'minladi. Bu o'rinda Yevroosiyo va AQSH geosiyosatida muhim nazariy manba sifatida xizmat qilgan fransuz olimi Vidal de la Blash, amerikalik olimlar Alfred Mexen va Nikolas Spaykmenlarning qarashlariga alohida e'tibor qaratish lozim. Fransuz olimlari Yevroosiyo muvozanatini ham qit'achilik, ham atlantistik qarashlarni mujassamlashtirgan holda tadqiq etgan. Ulardan biri - taniqli olim fransuz geografiya maktabining asoschisi V.Blash hisoblanadi. Garchi u nemis geosiyosiy maktabining ko'p jihatlarini qattiq tanqid qilgan bo'lsada, o'z nazariyasini F.Ratselning Siyosiy geografiyasiga tayanib yaratgan. V.Blash Fransiyaning jo'g'rofiy manzarasi (1903) asarida nemis geosiyosiyosatchilari uchun o'ta muhim hisoblangan zamin tushunchasiga murojaat etib, shunday deb yozadi: Fransiyada zamin va inson o'rtasidagi munosabat o'tmishning betakror xususiyati bo'lgan uzluksizlik bilan xarakterlanadi. Bizning mamlakatda odamlar qadim-qadimdan bir hududda yashaganini kuzatish mumkin. Buloqlar va kalsiyli qoyalar ilk davrlardan boshlab kishilarni yashash va himoyalanish uchun qulay hudud sifatida o'ziga tortgan. Bizda inson hayot sirlarini haqiqiy ma'noda zamindan o'rgangan. Zaminni o'rganish aholining fe'l-atvori, axloqi va urf-odatlarini aniqlashga yordam beradi. Biroq jo'g'rofiy omil va uning madaniyatga ta'siri borasida aynan nemis olimlari singari yondashganiga qaramasdan, V.Blash F.Ratsel va uning izdoshlari tabiiy omilning ta'siri va ahamiyatini haddan tashqari bo'rttirib yuborishganini ta'kidlaydi. Uning nazarida, nafaqat tabiiy omil, balki inson ham tashabbuskorligi tufayli muhim jo'g'rofiy omil sifatida talqin etilishi zarur. Olimning ta'kidlashicha, inson tabiatdagi jonsiz buyum emas, balki jarayonlardagi asosiy ijrochidir. F.Ratsel qarashlari va ilmiy merosiga tanqidiy yondashuv asosida V.Blash possibilizm deb nomlangan o'ziga xos geosiyosiy konsepsiyani ilgari suradi. Unga ko'ra, siyosiy tarix makon (jo'g'rofiy omil) hamda zamon (tarixiy omil) kabi jihatlarga ega. Jo'g'rofiy omil atrof muhitda, tarix esa inson ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 112.74 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 112.74 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga