Geosiyosiy va siyosiy geografik tadqiqotlar

Geosiyosiy va siyosiy geografik tadqiqotlar

O'quvchilarga / Geografiya
Geosiyosiy va siyosiy geografik tadqiqotlar - rasmi

Material tavsifi

Geosiyosiy va siyosiy geografik tadqiqotlar O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi mamlakatda demokratik jamiyatni qurish va boshqa jiddiy o'zgarishlar siyosiy tadqiqotlarni ham dolzarb qilib qo'ydi. Bunday izlanishlar, eng avvalo, iqtisodiy masalalar bilan uzviy aloqadorlikda olib borilishi kerak. Zero, har qanday siyosat, ayniqsa, «siyosiy siyosat» iqtisodiyotning davomidir. Binobarin, siyosiy geografiya iqtisodiy geografiya bilan chambarchas bog'liq va ular birgalikda yagona ijtimoiy geografiya fani tizimiga kiradi. Siyosiy geografiya mamlakatning jahon hamjamiyatida, dunyo siyosiy xaritasida tutgan o'rni, siyosiy kuch va markazlarning hududiy tarkibi, davlat tuzumi va uning ma'muriy - hududiy bo'linishi kabi muammolarni o'rganadi. Uning asosiy vazifasi jamiyat siyosiy hayotining tashkil etilishi (ustqurmasi), siyosiy va ma'muriy chegaralarning shakli va xarakteri, mamlakatlararo hududiy - siyosiy va harbiy uyushmalarning vujudga kelishi va rivojlanishini tadqiq qilishdan iboratdir. Chunonchi, Yevropa kengashi, YeXXK, Birlashgan arab mamlakatlar ligasi, Birlashgan Afrika Ittifoqi, Markaziy Osiyo davlatlari, Mustaqil davlatlar hamdo'stligi, NATO, SЕLTO, SЕNTO kabilar siyosiy geografiyaning tadqiqot ob'ekti bo'lib xizmat qilishi mumkin. Alohida mamlakatlarning halqaro munosabatlari, ularning geosiyosiy va ichki hayoti ko'p jihatdan bunday davlatlar hududining tarixiy shakllanishi, etnik va geografik xususiyatlarga bog'liq. Bu borada, ayniqsa, mamlakat hududining yagona va mustahkam geosiyosiy tizim sifatida yaxlitligi, poytaxt va boshqa siyosiy markazlarning joylashuvi katta ahamiyatga ega. Siyosiy geografik tadqiqotlarda davlatlarning ana shunday jihatlariga ham e'tibor beriladi. Siyosiy geografiya bilan bevosita harbiy geografiya bog'liq. Chunki har qanday urush - yurishlar mamlakatlar siyosatidan kelib chiqadi. Siyosat esa iqtisodning davomidir. Faqat kamdan - kam hollarda urushlar noiqtisodiy masalalarni qo'zg'aydi (masalan, boshqa halqlarni u yoki bu dinga kiritish). Aksariyat sharoitda esa mamlakatlararo harbiy to'qnashuvlar iqtisodiy manfaatlar chegarani o'zgartirish zamirida yuzaga keladi. Harbiy geografiya to'g'risidagi maxsus fan ko'pgina universitetlarda o'qitilgan edi. Harbiy geografiyada faqatgina iqtisodiy va sotsial geografiya masalalari emas, balki tabiiy geografik ma'lumotlarga ham (iqlim, yer usti tuzilishi, gidrografiya va h.k.) ahamiyat beriladi. Shu bilan birga, davlatlar aholisi va shaharlarning joylanishi, qazilma boyliklari va iqtisodiy salohiyati, asosiy markazlarning geostrategik holati va boshqalar o'rganiladi, yirik masshtabli maxsus topografik kartalardan foydalaniladi. Harbiy qo'shinlarni joylashtirishda o'sha joyning meteorologik xususiyatlari inobatga olinadi. Masalan, quruq cho'l iqlimiga va ochiq musaffo osmonga ega bo'lgan AQSHning Arizona shtatida ushbu mamlakatning asosiy aviabazalari (havo qo'shinlari) joylashtirilgan. Rel'efi murakkab, tepalik va do'ngliklardan iborat joylarda tank harakatlari qiyinlashadi va ayni paytda, bunday sharoitda o'zini mudofaa qilish imkoniyatlari kengroq bo'ladi va h.k. Amir Temur ham o'zining harbiy siyosatida joyning - jang maydonining tabiiy geografik sharoitlariga katta e'tibor bergan. CHunonchi, u jang maydoni suvning yaqinligi, joyning tekis va keng bo'lishi, quyosh nurining tik tushishiga o'xshash tabiiy omillarni hisobga olgan holda harakat qilgan va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.08 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.08 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga