Geourbanistika

Geourbanistika

O'quvchilarga / Geografiya
Geourbanistika - rasmi

Material tavsifi

Geourbanistika Geourbanistika yoxud shaharlar geografiyasi aholi va aholi manzilgohlari, umuman, iqtisodiy va sotsial geografiyaning eng rivojlangan yo'nalishidir. Shaharlar boshqa iqtisodiy geografik obyektlarga qaraganda o'zining yaxlit, darhol ko'zga tashlanib turishi bilan farqlanadi. Buning sababi - ularning ishlab chiqarishni, ijtimoiy - iqtisodiy voqeilikni hududda, geografik xaritada o'ziga xos tasvirlanishidir. Ma'lumki, iqtisodiy xaritalarda asosan uch hududiy shakl ko'rsatiladi: chiziqlar yo'llarga mos kelsa, areal yoki maydonlar - qishloq xo'jalik sohalariga, nuqta va tugunlar (tugunchalar) esa sanoat markazlari, shaharlarni aks ettiradi. Binobarin, aytish mumkinki, iqtisodiy va sotsial geografiyaning asosiy tadqiqot obyekti ana shu uchlik, hududiy yoki geografik geometriya hisoblanadi. Ularning har birini va ular o'rtasidagi hududiy - iqtisodiy munosabatlarni tahlil etish bu fanning tub masalasidir. SHaharlar geografiyasi iqtisodiy va sotsial geografiyaning eng «omadi yurishgan», faol va yetakchi tarmog'i sanaladi. Bu obyektiv haqiqatni shaharlar bilan shug'ullanuvchi boshqa mutaxassislar ham tan oladilar va e'tirof etadilar. Xo'sh, shaharlar geografiyasining bunday yutug'ini boisi nima? Avvalambor, ta'kidlash lozimki shaharlar hududiy birlikdir: ikkinchidan ular murakkab sotsial iqtisodiy kategoriya: uchinchidan, shaharlarda atrof - muhit, mazkur hududning ijtimoiy - iqtisodiy faoliyati misli oynada aksini topgandek mujassamlanadi: to'rtinchidan, shaharlar har bir davlat, hudud, iqtisodiy va sotsial geografik tizimning tayanch nuqtalari, «ustunlari» bo'lib xizmat qiladi. Shaharlar - bizning o'tmishimiz, hozirgi kundagi qudratimiz va istiqboldagi rivojlanish quvvatimizdir, ular yerdagi chinakam porloq yulduzlardir. Darhaqiqat, shaharlar juda ham murakkab mavjudot bo'lib, ular serqirrali vazifalarni bajaradi. Siyosiy jihatdan olsak, har qanday davlat o'zining shaharlar to'ri va ayniqsa, poytaxti (dorul saltanati) bilan kuchlidir. Bejiz emaski, har qanday urush - yurishlar muvaffaqiyati va zafari dushmanning shahar va qal'alarini zabt etishda, bo'yso'ndirishda o'z isbotini topgan. Demak, qadimda shaharlar butun yurtga, mamlakatga, boylikka nisbat berilgan. Ularni turli mamlakat yoki «iqlimlarda» turlicha atashgan: qubba, madaniyat, pol, polis, bolig', bozor, taun, grad, pur, burg, vil va hoka'zolar. Ayni paytda shaharlar geografiyasining kengligidan dalolat beradi. Bundan ko'rinib turibdiki, shaharlar davlatlarning siyosiy hayotida, ularning jahon hamjamiyatida, geosiyosiy tuzilmasida muhim rol o'ynaydi. SHaharlarning qudrati ularda mujassamlashgan iqtisodiy salohiyat bilan belgilanadi. Shaharlar, eng avvalo, qishloq xo'jaligi bo'lmagan tarmoqlarning hududiy tashkil etish shakli sifatida iqtisodiy jihatdan samarali, serdaromad, harakatchan (dinamik) yo'nalishlarni o'zida mujassamlashtirgan. Shu bois har qanday mamlakat milliy iqtisodiyotning tarkibi, rivojlanganlik darajasi va xalqaro mehnat taqsimotidagi o'rni undagi shaharlar tizimi, urbanizatsiya jarayoni bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga shaharlarning ilmiy - texnikaviy, madaniy salohiyatlari ham salmoqlidir. SHaharlar bozor iqtisodiyotiga o'tishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Ularda mavjud bo'lgan bank - moliya tizimlarini bozor infrastrukturasi ma'nosida ta'riflashgan mumkin. Binobarin, mustaqil mamlakatimizning siyosiy hayoti va uning bozor munosabatlariga o'tish davrida shaharning ahamiyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.67 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.67 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga