Gidrologik prognozlar va ularni tasniflash masalalari

Gidrologik prognozlar va ularni tasniflash masalalari

O'quvchilarga / Geografiya
Gidrologik prognozlar va ularni tasniflash masalalari - rasmi

Material tavsifi

Gidrologik prognozlar va ularni tasniflash masalalari Suv - Yer sharida inson hayoti uchun zarur bo'lgan bebaho ne'mat. Suvsiz borliqni tasavvur qilib bilmaydi. Shu sababli mamlakatimiz xalq xo'jaligi tarmoqlarini barqaror rivojlantirish maqsadida gidrologik prognozlarning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish gidrologiya fanining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Gidrologiyaning asosiy qismlaridan biri- gidrologik prognozlar fanining vazifasi turli tabiiy geografik sharoitlarda kechadigan gidrologik jarayonlarning oqibatlarini oldindan baholash usullarini ishlab chiqish va ularni tabiiy gidrologik qonuniyatlar nuqtai nazaridan asoslashdir. Hozirgi kunda amaliyotda qo'llanilayotgan gidrologik prognozlarni quyidagi holatlarni e'tiborga olib, guruhlarga ajratish, ya'ni tasniflash mumkin: 1.Prognoz qilinadigan hodisalar turiga bog'liq holda; 2. Prognoz asoslanadigan tabiiy-geografik va gidrometeorologik qonuniyatlarga bog'liq holda; 3. Prognoz muddatiga bog'liq holda; 4.Prognoz qilinadigan hudud maydoniga bog'liq holda. Prognoz qilinadigan hodisalar turiga bog'liq holda gidrologik prognozlar quyidagi ikki kichik guruhga bo'linadi: a) suv rejimi elementlari (suv sathi, suv sarfi, suv harorati va boshqalar) prognozi; b) muzlash hodisalari (boshlanishi, tugashi, umumiy davom etishi, qalinligi) prognozi. Prognoz asoslanadigan tabiiy-geografik va gidrometeorologik qonuniyatlarga bog'liq holda esa quyidagi kichik guruhlar bir-biridan farqlanadi: a) o'zanda kechadigan jarayonlar qonuniyatlariga asoslanadigan gidrologik prognozlar (moslashgan suv sathlari, o'zandagi suv zahiraliri), bunda asosan gidrometrik ma'lumotlardan foydalaniladi; b) havzada kechadigan gidrometeorologik hodisalar qonuniyatlariga asoslanadigan prognozlar (atmosfera yog'inlari, qor qoplami qalinligi va suvliligi, tuproq namligi, yer osti suvlari zahirasi). Bunday gidrologik prognozlarda meteorologik, gidrologik va gidrogeologik ma'lumotlardan foydalaniladi; v) atmosfera sirkulyatsiyasi qonuniyatlariga asoslanadigan gidrologik prognozlar. Bunda sovuq yoki issiq kunlar boshlanishiga bog'liq holda muzlash yoki qor erishining boshlanishi hisobga olinadi, bu prognozlarda ko'proq meteorologik ma'lumotlar va sinoptik kartalardan foydalaniladi. Shu tufayli, ular ba'zan gidrosinoptik pronozlar deb nomlanadi. Ta'kidlash joizki, gidrosinoptik prognozlarni tayyorlashda yuqoridagi guruhlardan birgalikda foydalanish ijobiy natija beradi. Gidrologik prognozlar muddati deyilganda prognoz berilgan kun (vaqt)dan gidrologik hodisa kuzatilgan kun (vaqt) gacha bo'lgan oraliq tushuniladi. Gidrologik prognozlar muddatiga bog'liq holda quyidagi uch kichik guruhga ajratiladi: a) qisqa muddatli gidrologik prognozlar (bir kundan ikki haftagacha); b) uzoq muddatli gidrologik prognozlar (oy, kvartal, vegetatsiya davri, yarim yillik); v) o'ta uzoq muddatli gidrologik prognozlar (yil, ko'p yil). Daryolarning suv sathi va suv sarfi o'zgarishlari GES lar va suv omborlariga qo'yiladigan suv miqdori ko'pchilik hollarda qisqa muddatli prognoz qilinadi. Daryolarning oylik, mavsumiy va vegetatsiya davri oqimi miqdorini oldindan aytish uzoq muddatli gidrologik prognozlarga misol bo'ladi. Daryolar suvidan samarali foydalanish, yirik suv inshootlarini loyihalash bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina amaliy masalalarni hal etishda daryolar oqimining yillararo davriy (siklli) o'zgarish qonuniyatlarini bilishga ehtiyoj seziladi. Shu qonuniyatlar asosida o'ta uzoq muddatli gidrologik prognozlar ishlab chiqiladi. Gidrologik prognozlar hudud ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.21 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.21 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga