Gidrologiya fanining asosiy maqsadi va vazifalari

Gidrologiya fanining asosiy maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Geografiya
Gidrologiya fanining asosiy maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Gidrologiya fanining asosiy maqsadi va vazifalari Reja: 1 Gidrologiya predmeti, maqsadi, vazifalari, boshqa fanlar bilan bog'lanishi 2 Tadqiqotusullari 3 Yer kurrasida quruqlik va suvning taqsimlanishi 4 Gidrologiya fanining rivojlanish tarixi 1 Suv bor joyda hayot bor degan maqol azaldan halqimizga ma'lum. Haqiqatdan inson hayotini va uning amaliy faoliyatini butun yer sharida, xususan O'zbekistonda suvsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Suv insonga juda zarar ham keltirishi mumkin. Suv bilan bog'liq hodisalarning inson amaliy faoliyatidagi ijobiy roli yoki zararini aniqlash juda murakkab masala bo'lib, u bilan gidologiya fani shug'ullanadi.Gidrologiya Yer tug'risidagi fanlar turkumiga kiradi. Gidrologiya yunoncha so'z bo'lib «gidro» -suv va «logos» -bilim yoki fan degan ma'noni beradi. Umumiy qilib aytganda gidrologiya suv haqidagi fandir. Yer sharining suv qobigi-gidrosfera bir necha qismlardan tashkil topgan. Har bir suv obyekti faqat o'ziga xos xususiyatlarga ega. Gidrologiyaga kengroq ma'noda quyidagicha ta'rif berish mumkin:-gidrologiya gidrosferadagi barcha suvlarni, ya'ni okean va dengizlarni, daryolar va ko'llarni, doimiy qorliklar va muzliklarni, botqoqliklarni, yer osti suvlarini, ularning joylashishini, xususiyatlarini hamda ularda sodir buladigan hodisa va jarayonlarning atmosfera, litosfera va biosferadagi boshqa hodisalar bilan o'zaro aloqasini o'rganuvchi fandir. Gidrologiya fani urganiladigan suv obyektlarining turiga qarab ikki qismga bulinadi: Okeanologiya (okeanlar, dengizlar gidrologiyasi) Quruqlik gidrologiyasi. Okeanologiya okean va dengizlarning umumiy xususiyatlari hamda ularda sodir buladigan hodisa va jarayonlarni atrof-muhit bilan aloqador holda o'rganadi. Quruqlik gidrologiyasi o'z navbatida quyidagi qismlarga bulinadi: Potamologiya (daryolar gidrologiyasi) Limnologiya (ko'llar va suv omborlari gidrologiyasi) Glyatsiologiya (muzliklar gidrologiyasi) Talmatologiya (botqoqliklar gidrologiyasi) Gidrologiyaning bosh vazifalaridan biri suv obyektlarining gidrologik tartibini o'rganishdan iborat. Suv obyektlarini gidrografik tasvirlash. Har bir suv obyektidagi ma'lum territoriya, o'lka va materiklar uchun suv zapaslarini, suv resurslarini aniqlab berish. Daryo, ko'l va suv omborlaridagi deformatsiya hodisasini o'rganish. Deformatsiya-cho'qish, surilish, o'pirilish hodisalari. Suv omborlar uchun ularni loyqalar bilan to'lib qolish qonuniyatlarini o'rganish. Suv rejmining elementlari va har bir hodisasi uchun hisoblash usullarini emperik tenglamalarini ishlab chiqish. Suv rejimi elementlarini oldindan aytib berish. (prognoz). Barcha melirativ tadbirlarni bajarayotgan paytda tuproq tadqiqotlari va agronomik hisoblardan tashqari yana bir qator gidrologik ma'lumotlarni bilish. (Masalan, daryo suv rejimi). Tabiatda yo'l qoyilgan xatoni tuzatish. Suv obyektlarining notekis taqsimlanishi. Suv obyektlarini ifloslanishdan saqlash va ifloslangan suvlarni tozalash usullarini ishlab chiqish. Urganiladigan muammolar va tadqiqot usullariga qarab hamda suv resurslaridan foydalanish boyicha tarixan vujudga kelgan masalalarni hal etish bilan bog'liq holda gidrologiya bir necha bo'limga bo'linadi. -gidrometriya -gidrografiya -gidrologik hisoblashlar -gidrologik bashoratlar Ma'lum bir hududda mavjud bo'lgan barcha turdagi suvlar shu hududning asosiy tabiiy boyliklaridan biri suv zaxiralarini tashkil etadi. XX asrning oxiriga kelib sayeramizda shu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.25 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.25 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga