Gidrologiya fanining predmeti, bo'linishi, vazifalari. Reja: Gidrologiya fanining predmeti, bo'linishi, vazifalari. Gidrometriya suv obyektlarining gidrologik rejimi 3 Gidrografiya malum hududdagi suv obyektlarining o'ziga xos xususiyatlari Gidrologiya Yer haqidagi fanlar turkumiga kiradi. Gidrologiya yunoncha so'z bo'lib, gidro-suv va logos-bilim yoki fan degan manoni beradi. Umumiy qilib aytganda gidrologiya-suv haqidagi fandir. Yer sharining suv qobig'i-gidrosfera bir necha qismlardan tashkil topgan va undagi har bir suv obyekti faqat o'ziga xos xususiyatlargagina ega bo'ladi. Shu sababli gidrologiyaga kengroq manoda quyidagicha ta'rif berish mumkin: gidrologiya- gidrosferadagi suvlarni, yani okeanlar va dengizlarni, daryolar va ko'llarni, doimiy qorliklar va muzliklarni, botqoqliklarni, yer osti suvlarini, ularning joylashishini, xususiyatlarini hamda ularda sodir bo'ladigan hodisa va jarayonlarning atmosfera, litosfera va biosferadagi boshqa hodisalar bilan o'zaro aloqasini o'rganuvchi fandir. Gidrologiya fani o'rganiladigan suv obyektlarining turiga ko'ra ikki qismga-okeanologiya(okeanlar, dengizlar gidrologiyasi) va quruqlik gidrologiyasiga bo'linadi. Okeanologiya okeanlar va dengizlarning umumiy xususiyatlarini hamda ularda sodir bo'ladigan hodisa va jarayonlarni atrof-muhit bilan aloqador holda o'rganadi. Quruqlik gidrologiyasi esa o'z navbatida daryolar gidrologiyasi (potamologiya) ko'llar va suv omborlari gidrologiyasi (ko'lshunoslik yoki limnologiya), muzliklar gidrologiyasi (glyatsiologiya) va botqoqliklar gidrologiyasi (talmatologiya)ga bo'linadi. Ko'p hollarda gidrologiya deganda quruqlik gidrologiyasi nazarda tutiladi. O'rganadigan muammolari va tadqiqot usullariga bog'liq holda gidrologiyadan uning bir necha bo'limlari-gidrometriya, gidrografiya, gidrologik hisoblashlar, gidrologik prognozlar kabilar mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Gidrometriya suv obyektlarining gidrologik rejimi elementlari(suv sathi, suv sarfi, suvning oqish tezligi, suv yuzasi nishabligi)ni o'lchash, kuzatish uslublarini ishlab chiqish va ularni bevosita amalga oshirish ishlari bilan shug'ullanadi. Gidrografiya malum hududdagi suv obyektlarining o'ziga xos xususiyatlarini joyning tabiiy geografik sharoiti bilan bog'liq holda o'rganib, ularga gidrologik va xalq xo'jaligidagi ahamiyati nuqtai nazaridan tavsif beradi. Gidrologik hisoblashlar va gidrologik prognozlar umumiy nom bilan muhandislik gidrologiyasi deb ataladi. U suv obyektlarining turli gidrologik ko'rsatkichlarini hisoblash va prognozlash usullarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Hozirgi kunda gidrologiyaning yangi yo'nalishi-gidroekologiya alohida fan sifatida shakllanmoqda. Gidrologiyani o'rganishda fizika, matematika, ximiya, geologiya, geografiya, meteorologiya, iqlimshunoslik kabi fanlardan to'plangan bilimlar katta yordam beradi. Gidrologiya suv havzalarida kechadigan ximiyaviy va biologik jarayonlarni hamda ulardagi suv massalarining tabiiy xususiyatlarini, sifatini va biologik resurslarini gidrofizika, gidroximiya, gidrobiologiya fanlari bilan hamkorlikda o'rganadi. Suv havzalarida kuzatiladigan harakatlar qonuniyatlarini o'rganishda gidrodinamika va gidravlika fanlari yutuqlaridan, gidrologik hisoblashlar va prognozlarda esa matematikadan, zamonaviy kompyuter texnologiyasidan keng foydalaniladi. Tadqiqot usullari. Gidrologiyada statsionar, ekspeditsiya va tajriba-laboratoriya kabi tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Statsionar usulda suv obyektlarining gidrologik rejimi elementlari yillar davomida muntazam ravishda kuzatib boriladi. Mamlakatimiz daryolari, ko'llari, suv omborlari va muzliklarida bu ishlar, asosan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi(O'zgidromet)ning ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.08 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.08 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: doc