Gidrometrik parrak yordamida aniqlangan tezlik asosida suv sarfini hisoblash

Gidrometrik parrak yordamida aniqlangan tezlik asosida suv sarfini hisoblash

O'quvchilarga / Geografiya
Gidrometrik parrak yordamida aniqlangan tezlik asosida suv sarfini hisoblash - rasmi

Material tavsifi

Gidrometrik parrak yordamida aniqlangan tezlik asosida suv sarfini hisoblash Reja: Suv sathi balandligini aniqlash. Daryolarning loyqa oqiziqlarini kuzatish va ularni o'lchashda qo'llaniladigan asboblar Suv va loyqa oqiziqlar oqimini hisoblash Daryolarda gidrometrik stvorlar qurilgandan so'ng ularda suv sarfini o'lchash ishlari olib boriladi. Ushbu mavzuda suv sarfini o'lchash, unda qo'llaniladigan usullar, bajariladigan ishlar tartibi va gidrometrik parrak yordamida o'lchangan tezlik asosida suv sarfini hisoblash usullari yoritiladi. Gidrometrik parraklar yordamida suv sarfini o'lchash vaqtida quyidagi usullarni qo'llash mumkin: nuqtali usul; ko'p vertushkali usul; integratsion usul. Nuqtali usu lqo'llanganda dastlab jonli kesmada chuqurliklar o'lchanadi. So'ng gidrometrik parrak yordamida ulardagi malum nuqtalarda tezliklar o'lchanadi. Har ikki turdagi o'lchashlar asosida suvs arfi-Q ning qiymati aniqlanadi. Ko'p vertushkali usuldan yirik daryolarda foydalaniladi. Bundan asosiy maqsad o'lchash ishlarini tezlashtirishdir. Aniqroq qilib aytganda bu usulda tezliklar bir vaqtningo'zida birnechta gidrometrik parraklar yordamida o'lchanadi. Integratsion usulning mohiyati oldingi mavzularda bayon etilgan. Yuqorida qayd etilgan usullardan eng ko'p qo'llaniladigani nuqta usulidir. Bu usul yana 3 turga bo'linadi: to'la usul, asosiy usul, qisqartirilgan usul. To'la usuldan yangi tashkil etilgan gidrometrik stvorlarda 2-3 yil davomida uzluksiz foydalanish lozim. Shu muddatdan keyin suv sarfini asosiy usul yoki qisqartirilgan usulda aniqlash mumkin. To'la usuldan asosiy usulga o'tishdan oldin ularning natijalari o'zaro solishtiriladi. Bunda xatolik 5 % dan ortib ketmasligi kerak. Asosiy usulda tezlik bir yoki ikki nuqtadao'lchanadi. Suv sarfini o'lchash vaqtida qanday usulni qo'llashdan qatiy nazar, unda bajariladigan ishlar quyidagi tartibda olib boriladi: 1) daryo holati va ob-havoni kuzatish; 2) suv sathini kuzatish; 3) gidrostvorda chuqurliklarni o'lchash; 4) tezlik vertikallarida suvning tezligini o'lchash; 5) suv yuzasining nishabligini aniqlash. Suv sarfini hisoblashning quyidagi 3 ta asosiy usuli mavjud: 1) analitik usul; 2) grafik usul; 3) izotax usuli. Bulardan eng oddiysi va amaliyotda ko'p qo'llaniladigani analitik usuldir. Qolgan 2 ta usul bilan ishlash ancha murakkab va ko'p vaqtni talab etadi. Lekin bu usullar suv sarfini aniq hisoblashga imkon beradi. Analitik usulda suvs arfi qo'yidagi ifoda yordamida hisoblanadi: Q KV1W1 ()W2 ()Wn-1 KVnWn , buerda: V1, V2, , Vn-vertikallardagi o'rtacha tezliklar; W1, W2,…, Wn-tezlik vertikallari orasidagi maydonchalar; K-birinchi va oxirgi tezlik vertikallaridan qirg'oqqa qarab tezliklarning kamayishini etiborg aoluvchi koeffitsiyent, bu qirg'oqning shakliga qarab turli qiymatlarga ega bo'ladi: 1) qirg'oqda chuqurlik 0 ga teng, Kq 0,7; 2) qirg'oq tik, Kq 0,8; 3) qirg'oq tik va tekis bo'lsa, K 0,9;4) agar gidrometrik stvor o'rnatilgan daryoning ko'ndalang qirqimida o'lik fazo (suv oqmaydigan qism) mavjud bo'lsa, u holda K 0,5 deb qabul qilinadi. Suv sathi balandligini aniqlash. Agar suv sarfini o'lchash vaqtida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.46 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.46 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga