Gidrosfera va uni muhofaza qilish. Tabiatda suv va uning ahamiyati. Ichimlik suvi yetishmasligi muammosi. Sanoatda yopiq aylanma suv tizimi . 1. Gidrosfera. Tabiatda suvning roli va ahamiyati. 2. O'zbekiston Respublikasida suv resurslarining umumiy holati 3. Gidrosferaning ifloslanishi. 4. Chuchuk suv tanqisligi va muammosi. Suv resurslaridan foydalanishda sodir bo'layotgan asosiy muammolar. Reja: Gidrosfera deganda okean, dengiz, ko'l , daryo, yer osti suvlari va muzliklarni o'z ichiga olgan Yerning suv qobig'i tushuniladi. Suv har doim va har vaqt biosferaning muhim qismini tashkil etib, insonlar yashash muhitining ajralmas qismi bo'lib qoladi. Suvning qudratli kuchi haqida akademik V.I.Vernadskiy shunday yozadi: Suv bizning sayyoramizning shakllanishida hal qiluvchi rol o'ynagan. Xech qanday tabiiy kuch o'z ta'siri bo'yicha eng asosiy, eng qudratli, geologik jarayonlarni tartibga solishda suv bilan bellasha olmaydi. Yerdagi suvning umumiy miqdori 1386 mln.km3, Suv hajmi 1338 mln.km; Bu umumiy suv zaxirasining 97,5% tashkil qiladi. Okean va dengizlar maydoni yer quruqlik maydonidan 2,5 barobar ko'p. Dunyoviy okean hajmi, Yer shari hajmini 0,1% tashkil qiladi. Og'irligi bo'yicha Yer shari massasining 0,023% ni tashkil qiladi. Yer yuzidagi barcha suvlarning faqat 2,5% gina toza ichimlik suvidir - 25 mln, km3 tashkil qiladi. Toza suvning ko'p qismini erishi juda murakkab. Suvning 70% esa, yer yuzini qoplab olgan muzliklardan iborat. Suv tabiatda aylanma harakat qilib, yer yuzasini shakllantirishda ishtirok etadi. Suv- arzon elektr energiya manbaidir. Dengizlar, daryolar va boshqa bir qator suv havzalari suv yo'llari vazifasini bajaradi, aholini baliq va boshqa mahsulotlar bilan ta'minlaydi. Muzlar yer yuzining 16 mln.km3 maydonini qoplaydi, bundan 14 mln.km3 Antarktida. Yer yuzining ustki qobig'i ostida har xil chuqurlikda juda ko'p miqdorda toza suv zaxiralari mavjud. Toza suvlar 150-200 m chuqurlikda joylashgan. Yer osti suvlar hajmi yer ustidagi suvlar hajmiga nisbatan 100 marotaba ko'p. Yer yuzidagi barcha ko'llar maydoni 2 mln. km2 dan ko'proq. Katta ko'llar asosan qadimgi muzlanish hududlarida to'plangan. Masalan: juda katta ko'llar Shimoliy Amerikada joylashgan. Eng katta ko'l bu 82680 km2 maydonga ega, lekin suv hajmi bo'yicha Baykalga teng kelolmaydi. Yevropadagi eng katta ko'l Ladoga ko'li bo'lib, maydoni 17700 km2, suv hajmi 908 km3, chuqurligi 230 m. Atmosferadagi suv - bu asosan bug' va kondensatlar (suv tomchilari va muz parchalari). Qancha yuqori ko'tarilgan sari shunchalar ko'p suv bug'lari bo'ladi. Biologik suv esa - tirik mavjudot va o'simliklardagi 80% ni tashkil qiladigan suvdir. Biosferadagi barcha tirik moddalar hajmi - 1400 mlrd.t. ga teng. Bundan kelib chiqadiki, biologik suv 1120 mlrd.t. ga teng. Suv bir qancha o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bular molekulyar ko'rinishni belgilaydi. Bunday ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: pptx