Gidrosferaning tarkibiy qismlari

Gidrosferaning tarkibiy qismlari

O'quvchilarga / Geografiya
Gidrosferaning tarkibiy qismlari - rasmi

Material tavsifi

Gidrosferaning tarkibiy qismlari 5-sing Geografiya darsligi asosida 18 § - mavzu Yerning suv qobig'i gidrosfera deb ataladi (Yunoncha «hidro» - suv, «sphaira» - shar degani). Gidrosferada suv uch xil - suyuq, qattiq va bug' holatida uchraydi. Gidrosferadagi suvning asosiy qismi okeanlarda yig'ilgan (96,5%). Biroq bu suv juda sho'r bo'lganligi uchun undan ichishga ham, ekinlarni sug'orishga ham foydalanib bo'lmaydi. Quruqlikdagi suvning deyarli yarmi sovuq o'lkalardagi muzliklarda to'plangan. Muzliklar suvi chuchuk, toza suv, lekin odamlar yashaydigan joylardan uzoqda bo'lganligidan foydalanish qiyin. Yer osti suvlari taxminan muzlik suvlaricha bo'lsa ham, ularning sifati har xil. Sho'r suvlar ham ko'p. Yer usti suvlari - daryo va ko'llarda to'plangan. Ularda suv kam. Lekin suv aylanib kelaverganidan insoniyat foydalanishi uchun eng qulay. Yer usti suvlari Yer yuzida juda notekis taqsimlangan. Dunyoda suv to'xtovsiz aylanma harakatda bo'ladi. Quyosh nuri okeanlardan juda ko'p suvni bug'latadi. Bug'ning bir qismi okeanlarga yog'in bo'lib yog'adi. Bir qismini shamol quruqliklarga olib ketadi va u yerlarda yog'in bo'lib yerga tushadi. Suvning okeanlardan havo orqali quruqliklarga va quruqlikdan yana okeanlarga qaytib keladigan to'xtovsiz harakati suvning dunyoda aylanishi deyiladi. Suvning bunday aylanib turishining ahamiyati juda katta. Quruqlikdagi Yerning suv qobig'i - Gidrosfera hamma suv bug'lanib ketib, o'simliklar qurirdi, hayvonlar qirilib ketardi. Quruqlikda yomg'ir yog'may qo'ysa nima bo'lardi? Hamma joy qurib qAQSHab yotgan cho'lga aylanar edi. Savol va topshiriqlar 1. Yer yuzida uchraydigan suvning qanday holatlarini bilasiz? 2. Dunyoda suvning aylanib yurishi haqida gapirib bering. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.78 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.78 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga