Global muammolar va ularning hal etish yo'llari Reja: 1. Umumbashariy (global) muammolar; ularning mohiyati va turlari. 2. Ekologiya muammolaridagi ekologik ong va ekologik madaniyat masalalari. 3. Energetika muammolari. 4. Etikologiya muammolari va ularning yechimlari. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti hech qaerda va hech qachon silliq, oson, to'sqinliklarsiz sodir bo'lmagan. hamma yerda va hamisha bu jamiyat oldida muayyan darajadagi muammolar paydo bo'lib, goh keskinlashib, goh yechimi topilib kelmokda. Bular bir jihatdan tabiiy stixiyalarning oqibati o'laroq yuz beradigan zilzila, toshqin, qo'rg'oqchilik, vulkanlarning otilib chiqishi, Quyosh radiatsiyasining o'zgarishi, turli sotsial kasalliklar, chigirtka yopirilishi va h.k.lardai iboratdir. Bular 2-jihatdan inson hayot-faoliyati tufayli sodir bo'ladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotga doir bo'lgan, ilmiy, falsafiy tilda umumlashtirilib. antropogen ofatlar deb yuritiladigan muammolardir. Bu 7 guruh umumbashariy muammolardan magistraturada o'r-ganilayotgan Tabiiy, texnik va gumanitar fanlarning metodologik muammolari predmeti (kursi)ga bevosita yaqin, aloqador bo'lganlari-ekologiya, energetika, etikologiya muammolaridir qolgan 4 guruhi boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarga taaluqlidir. Xulosa shuki, insoniyat jamiyati doim ziddiyatli tarzda taraqqiy etgan; hozir xam shunday. Tabiatdagi stixiyali kuchlar va ularga qarshi tadbirlar, inson hayoti tufayli yuz beradigan ziddiyatlar (antropogen ofatlar) va ularni bartaraf etish uchun kurash, doim sodir bo'lib kelmoqda. Bularning kasriga 10 ga yaqin turkumdagi umumbashariy muammolar yuzaga kelgan. Bularning ba'zilari yechilmoqda, ayrimlarining yechimlari izlanmoqda. Yurtboshimiz «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobi 1 bobining 7-qismini «Ekologik muammolar»ga bag'ishlab, bu muammolarga doir tarixiy fakt, ilmiy dalillarni ko'plab keltirib, tahlil qilib, istiqboldagi vazifalarni belgilab bergan Ushbu kitobning bu qismi «ekologik xavfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e'tiborga sazovordir» degan mantiqiy asos (tezis) bilan boshlangan va buning usti batafsil mantiqiy xukm yuritilgan. «Asrlar tutash kelgan pallada, - deb yozilgan bu kitobda,-butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik; qo'l qovushtirib o'tirish-o'z-o'zini o'limga maxkum etish bilan barobar. Afsuski, xali ko'plar ushbu muammoga beparvolik bilan va mas'uliyatsizlik bilan munosabatda bo'lmoqdalar». Bu tashvishli so'zlardan so'ng kitob muallifi ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar miliiy va mintaqaviy doiradan chiqqanligani uqtirgan. U butun insoniyatning umummilliy muammosiga aylanganligini ta'kidlab, bu xavf 70-yillarning boshlaridagina anglana boshlanganligini zo'r taassuf bilan qayd qilgan. Ekologiya faqat tabiiy muammogina emas, balki ijtimoiy muammo xam ekanligi, hozirgi sivilizatsiya taqdiri ko'p jihatdan uning yechilishiga bog'liqligini uqtirib, I.Karimov bunday deb yozgan edi: «Ekologiya, hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni xal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jihatdan ana shu muammoning xal qilinishiga bog'liqdir. Juda to'g'ri falsafiy fikr bu. Bu muammolar, orasida Orol muammosi eng katta, juda ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:39
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: ppt