Gollandiya marshlari O'rta Yevropatekisligining tabiiy sharoiti qo'ng'ir o'rmon tuproqlari va podzol tuproqlarida o'suvchi keng bargli hamda aralash o'rmonlar bilan xarakterlidir. Ular hozirgi vaqtda territoriyaning kichik qismini egallaydi; shunisi ham borki, o'rmonlar tekislikning g'arbiy qismida sharqiy qismidagiga qaraganda kam tarqalgan. G'arbiy qismining sernam va yumshoq iqlimi o'tlar o'sishi uchun qulay. Niderlandiya, Daniya va Shimoliy Germaniya pasttekisligining shimoli-g'arbida tabiiy o'rmonlar deyarli qolmagan va bu territoriyalar landshaftida shirali tabiiy va sepib o'stirilgan o'tloqlar, shudgorlar hamda sun'iy daraxtzorlar ustun turadi; daraxtzorlarda igna barglilar, ayniqsa el eng ko'p uchraydi. Bazi joylarda keng bargli o'rmonlardan dub, buk yoki qayrag'ochning kichik-kichik o'rmonlari yoki ayrim tuplarigina saqlanib qolgan. Ularni juda ehtiyot qilishadi. Tekislikning g'arbida sohil bo'ylab erika siyrak o'sgan yalang yerlar tez-tez uchrab turadi; erika butalari kamhosil, (polderlari)to'rt haftadan ortiq muzlamaydi. Oder daryosi ham taxminan mana shunday rejimga ega, biroq bu daryoning tabiiy rejimi ancha o'zgarib ketgan. Bu daryoda deyarli boshdan-oyoq katta regulirovka (tartibga solish) ishlari olib boriladi va unga shlyuzlar qurilgan. Oder har yili muzlayvermaydi va muzlaganda ham ikki oydan kam muzlaydi. Visla-oblastdagi barcha yirik daryolar ichida eng sharqdagi daryo bo'lib, Karpat tog'laridan boshlanadi; biroq deyarli butun yo'lida tekislikdan oqib o'tadi. Visla daryosi suv rejimiga ko'ra Sharqiy Yevropadaning daryolariga o'xshab ketadi. Suv sathi keskin o'zgarib turadi. Bahorda qorlar eriyotganda suv to'lib oqadi. Daryo muzlab, muz tarqalishi hodisalari bo'lib turadi; shu sababli to'lin suv davrida toshqinlar bo'lib turadi. Yozda jalalar ta'sirida suv sathi bir necha marta ko'tariladi, biroq yoz oxiriga borib, daryo odatda sayoz bo'lib qoladi. Visla o'rta hisobda 2-2,5 oy muzlaydi. U Visla qo'ltig'iga quyilaverishda tez o'sayotgan delta hosil qiladi; bu delta qisman dengiz sathidan pastda bo'lib, dambalar bilan o'rab olingan. Tekislikning yirik daryolari kanallar orqali o'zaro bog'langan. Visla bilan Oderni Oderning Varta irmog'i orqali tutashtiruvchi qisqa Bidgoshch kanali ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Oder, o'z navbatida, kanal orqali Shpree va Hafel daryolari bilan bog'langan. Bu daryolar bilan bog'lanish uning Kil kanali (avtor fotosi). qumli, podzol yoksi botqoq tuproqli dyunalar va gestlar yuzasini qoplab yotadi. Siyrak erika butazorlari Yutlandiyaning g'arbiy sohilida, Niderlandiyaning ichki rayonlarida va Shimoliy Germaniya pasttekisligining shimoli-g'arbida ham uchraydi. Sohil bo'yidagi dyunalarda erika butazorlaridan tashqari kichikkichik qarag'ayzorlar ham bor. Sharqqa tomon o'rmonlar ko'paya boradi. Oblastning sharqiy yarmida, ayniqsa ko'llar maskanida, turli xil daraxtlar o'sadigan katta-katta o'rmon massivlari saqlanib qolgan. Polshada inson kam o'zgartirgan o'rmonlar, yani pushchalar uchraydi. Qumloq yerlar keng tarqalgan joylarda qarag'ay o'rmonlari o'sadi; bu o'rmsshlarning qoldiqlari endilikda Baltika sohillari yaqinida va mamlakat ichkarisida keng zandra tekisliklarida saqlanib qolgan. Shuningdek, el, qarag'ay va keng ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
676 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
676 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: doc