Gvatemala davlati

Gvatemala davlati

O'quvchilarga / Geografiya
Gvatemala davlati - rasmi

Material tavsifi

Gvatemala davlati Gvatemala Respublikasi (Republica de Guatemala) - Markaziy Amerikaning shim.g'arbidagi davlat. Mayd. 108,9 ming km2. Aholisi 11,5 mln. kishi (199). Poytaxti - Gvatemala sh. Ma'muriy jihatdan 22 departamentga bo'linadi. Davlat tuzumi Amaldagi konstitutsiyasi 1986 y. 14 yanvarda kuchga kirgan, 1994 y.da o'zgartishlar kiritilgan. Davlat boshlig'i - prezident, umumiy ovoz berish yo'li b-n 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi - bir palatali Milliy kongress. Ijroiya hokimiyatni Prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati hududining yarmidan ko'p qismi 100-300 m balandlikdagi tog'lik bo'lib, jan.da qator vulkanlar (Taxumulko - 4217 m, Akatenango - 3975 m va b.) eni 40-60 km dan oshmaydigan pasttekislikka tutashib ketadi. Tez-tez zilzila bo'lib turadi. Foydali qazilmalari: polimetallar, oltin, kumush, neft, xromit va marganes rudalari. Iqlimi - subekvatorial, passatmusson. O'rtacha t-ra: pasttekisliklarda 23-27, tog' oralaridagi platolarda 15-20°. Yillik yog'in: tog'larning shim.sharqiy yon bag'irlarida 3500 mm gacha, jan.-g'arbiy yon bag'irlarida 200 mm gacha, payettekisliklar va ichki botiklarda 500-100 mm. Motagua, Polochiq daryolarida kema qatnaydi. Isabel kuli bor Hududining 60% ga yaqini doimiy yashil tropik o'rmonlar b-n qoplangan, tog'likning ichki qismlarida qarag'aydub o'rmonlari, jan.da barg tashlovchi o'rmonlar, savannalar va butazorlar bor. O'rmonlarda qimmatbaho yog'och, kauchuk beradigan daraxt ko'p. Milliy bog'lari - Tikal, Rio-Dulse, Atitlan va b. Aholisi Asosan ispan-indeys duragaylari (ladinolar) bo'lib, ular gvatemallar millatining o'zagini tashkil etadi. Qolganlari kiche, kakchikel, mame, kekchi va b. elatlardan iborat. Shahar aholisi - 38,4%. Rasmiy tili - ispan tili. Ko'pchilik dindorlar - katoliklar. Siyosiy partiyalari Milliy avangard partiyasi; Institutsion-demokratik partiya, 1965 y. tuzilgan; G. mehnat partiyasi, 1949 y. tuzilgan; G. xristian-demokratik partiyasi, 1968 y.da asos solingan; G. Respublikachilar fronti, 1994 y.tuzilgan; Milliy ozodlik harakati partiyasi, 1960 y. tuzilgan. G. kasaba uyushma muxtor federatsiyasi, 1957 y. tuzilgan; Kasaba uyushmalari Kasaba uyushma birligi milliy qo'mi-tasi, 1976 y.da asos solingan; Kasaba uyushmalari milliy fronti, 1968 y. tashkil etilgan; Mehnatkashlar milliy kasaba uyushma markazi, 1972 y. tuzilgan; G. kasaba uyushma kengashi, 1955 y.da asos solingan, xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi . Me'morligi va tasviriy san'ati 3- 9-a.larda G. hududida mayya indeyslarining madaniyati va san'ati gullab yashnagan. Tikal, Kaminaliuyu, Kirigua markazlarida o'sha davrga mansub piramida yoki minora shaklidagi poydevorga qurilgan ibodatxonalar, saroylar, ehromlar, bo'rtma tasvirli toshlar saqlanib qolgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:39 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga