Harbiy sa'nat tarixi fanining predmeti va vazifalari

Harbiy sa'nat tarixi fanining predmeti va vazifalari

O'quvchilarga / Geografiya
Harbiy sa'nat tarixi fanining predmeti va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Harbiy san'at tarixi fanining predmeti va vazifalari Reja: 1.harbiy san'at tarixi va harbiy tarix tarix fanining tarkibiy qismi sifatida. 2.Antik davrda harbiy san'at. 3.O'rta asrlar davrida harbiy san'at. 4.Yangi davrda harbiy san'atning rivojlanishi. 5.Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy san'atning rivojlanishi. 6.Mustaqil O'zbekiston Respublikasida harbiy san'at taraqqiyoti. harbiy san'at tarixi va harbiy tarix tarix fanining tarkibiy qismi sifatida. Harbiy tarix- 1.harbiy ishning qadim zamonlardan hozirga qadar bo'lgan rivojlanish jarayoni; 2. O'tmishdagi urushlar va qurolli kuchlarni o'rganuvchi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beruvchi fan. Harbiy tarix fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bilan birga harbiy fanning bir qismi bo'lib, o'tmishdagi urushlarning strategiya va taktikasi nazariyasini o'rganadi. Harbiy tarixning eng muhim sohalari: urushlar tarixi-konkret urushlarning maqsadi, sabablari va xarakterini, ularning borishi, natijalari va tarixiy jarayondagi ahamiyatini ochib beradi; qurolli kuchlarning qurilishi tarixi-qo'shin turlari va qurolli kuchlarning har xil turlarining yaratilishi, tayyorlanishi, tuzilishi va texnik aloqalari jarayonini o'rganadi; harbiy san'at tarixi-harbiy harakatlarning borish shakli va usullarining almashishi va rivojlanishini tekshiradi; harbiy tafakkur tarixi-ularning tabiati va xarakteriga qarab harbiy-nazariy qarashlar rivojini, urushlarni tayyorlash va ularni olib borish, harbiy qurilish va harbiy san'at masalalarini hal qilishni o'rganadi. Harbiy tarixshunoslik, harbiy manbashunoslik va harbiy arxeografiya harbiy tarixning maxsus bo'limlari hisoblanadi. Harbiy tarix mavzusida turli davlatlarda olib borilgan ishlarni rivojlantirish va muvofiqlashtirish maqsadida 1938 yilda harbiy tarix bo'yicha xaqaro komissiya tashkil etilgan va u harbiy tarixchilar uchun fikr almashish platformasi sifatida faoliyat yuritmoqda. 1SMNga azo bo'lgan davlatlarda milliy komissiyalar tashkil etilgan bo'lib, 1SMN qurultoylari 1980 yilga qadar har 5 yilda bir marta, keyingi davrda esa har yili o'tkazib kelingan. Hozirgi davrda 1SMNga Turkiya, Germaniya, AQSH, Albaniya, Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Braziliya, Bolgariya, Xitoy, Chexiya, Daniya, Marokash, Finlyandiya, Fransiya, JAR, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Ispaniya, Isroil, Shvetsiya, Shveytsariya, Italiya, Yaponiya, Kanada, Vengriya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya, Slovakiya va Gretsiya kabi davlatlar azo bo'lib kirgan. Harbiy san'at-quruqlik, dengiz, havoda harbiy harakatlar olib borishga tayyorgarlik ko'rish va uni olib borish nazariyasi va amaliyoti: Harbiy san'at-harbiy fanning bir qismi. Zamonaviy Harbiy san'atning tarkibiy qismi o'zaro uzviy bog'liq bo'lgan harbiy strategiya, operativlik san'ati va taktikadan iborat. Harbiy san'at ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi va ijtimoiy tuzum xarakteri bilan belgilanib, mamlakatning rivojlanish tarixi xususiyatlari, milliy xususiyatlar va an'analar, geografik sharoit va b.omillarga bog'liq suratda rivojlanadi. Harbiya strategiya-harbiy san'atning eng oliy sohasi. Mamlakat va qurolli kuchlarni urushga tayyorlash nazariyasi va amaliyoti, urushni rejalashtirish va olib borish masalalarini o'z ichiga oladi, urush qonuniyatlarini tadqiq qiladi, strategik operatsiyalarni tayyorlash va o'tkazish usullari hamda shakllarini ishlab chiqadi. Front, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.24 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.24 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga