Havo harorati va bosimi 5-sing Geografiya darsligi asosida 25§ - mavzu Havoning harorati termometr yordamida o'lchanadi. Termometr yer yuzasidan 2 m balandga, Quyosh nuri tushmaydigan soya joyga o'rnatiladi. Meteorologik stansiyalarda termometr maxsus meteorologik quti ichiga qo'yiladi. Quti ichiga havo erkin kirib-chiqib turadigan qilib ishlanadi. Qutining eshigi shimol tomonda bo'ladi. Shunda quti eshigi ochilganda Quyosh nuri termometrga tushmaydi. Meteorologik quti Dunyodagi ko'pchilik meteorologik stansiyalarda ob-havo holati, shu jumladan, havo harorati har 3 soatda kuzatib turiladi. So'ngra o'rtacha harorat aniqlanadi. Buning uchun sutka davomidagi barcha kuzatish natijalari qo'shilib, necha marta kuzatilgan bo'lsa, shunchaga bo'linadi. Oylik o'rtacha haroratni topish uchun oydagi kunlik o'rtacha haroratlar qo'shilib, oyning kunlari soniga bo'linadi. Yillik o'rtacha haroratni topish uchun hamma oylar o'rtacha harorati qo'shilib, 12 ga taqsimlanadi. Havo haroratini kuzatish uning sutka va yil davomida ancha o'zgarib turishini ko'rsatadi. Havoning harorati kunduz kuni soat 14 va 15 larda eng yuqori, erta bilan Quyosh chiqishi oldidan esa eng past bo'lishi aniqlangan. Sutkalik havo haroratining eng yuqori va eng past ko'rsatkichlari orasidagi farq havo haroratining sutkalik amplitudasi deb ataladi. Yil davomidagi eng yuqori harorat bilan eng past harorat orasidagi tafovut esa havo haroratining yillik amplitudasi deyiladi. Havo bosimi. Havo juda yengil. Dengiz sathida 1 m3 havo atigi 1 kg 330 g keladi. Lekin 1 sm2 yuzaga 1 kgga teng bo'lgan kuch bilan bosadi. Yer yuzasidagi har bir predmet va organizmlarga ham shunday kuch bilan ta'sir ko'rsatadi. Havoning Yer yuzasiga va undagi barcha narsalarga bo'lgan bosimini havo bosimi deyiladi. Odam bu bosimni sezmaydi, chunki havo bosimi odam tanasidagi ichki bosim bilan bir xil, ya'ni muvozanatlashgan. Yuqoriga ko'tarilgan odamga havo bosimining kamayishi seziladi. Agar tog'da 300 m balandga ko'tarilsa, nafas qisiladi, bosh aylanadi, 400-500 m balandda burun qonashi, tomirlar yorilishi mumkin. Havo bosimi barometr asbobi bilan o'lchanadi («baros» - og'irlik, bosim, «metr» - o'lchash). Barometr ikki xil bo'ladi: simobli barometr va metall barometr - aneroid (52-rasm). 760 mm a) b) 52-rasm. Simobli barometr (a) va metall barometr - aneroid (b). Simobli barometr asosan uzunligi 1 m va kengligi 1 sm bo'lgan shisha naychadan iborat. Naychaning bir uchi berkitilgan bo'ladi. Shisha naycha millimetrlarga bo'lingan. Dengiz bo'yida havo harorati 0°C bo'lganda barometr naychasidagi simob 760 millimetr (mm)ni ko'rsatadi. Shunda havo bosimi 760 mm simob ustuni bosimiga teng bo'ladi. Bunday bosim normal (me'yordagi) bosim deyiladi. Dengiz bo'yidan balandlikka ko'tariladigan bo'lsa, har 100 m ko'tarilganda barometrdagi simob 10 mm pasayadi (yoki har 10 mda 1 mm pasayadi). Savol va topshiriqlar: 1. Havo harorati qanday o'lchanadi? 2. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.9 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.9 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: pptx