Hayvonot dunyosi Reja: 1.O'zbekiston hayvonot dunyosini muhofaza qilish 2. O'zbekiston hayvonot dunyosi xilma - xilligi 3. Cho'l hayvonlari 4. Tog' hayvonlari O'zbekiston hayvonlari tabiatning harakatchan unsuri hisoblanib, geografik muhitning ajralmas bir qismi sifatida jumhuriyatimiz landshafti tarkibiga kiradi. O'zbekiston hududining kattaligi, tabiati hamda rivojlanish tarixi uning hamma qismida bir xil emasligi, shuningdek, kishilarning xo'jalik faoliyati hayvonlarning tarkibi va geografik tarqalishiga ta'sir etgan. Buning ustiga O'zbekiston hududining 71 % ni tashkil etgan cho'lli qismida hayvonlar yozning jazirama, davomli quruq kunlariga, suvsizlikka, ko'chib yuruvchi qumlarga mosdashgan. O'zbekiston faunasining o'ziga xos tomoni shundayki, uning turlari ko'p bo'lib, sutemizuvchilarning 97 turi, sudralyb yuruvchilarning 57 turi, quylarning 410 turi mavjud. O'zbekiston hayvonlari paleoarktika zoogeografik oblastning Markaziy Osiyo kichik oblastiga kiradi. Jumhuriyat hayvonot dunyosi juda qadimiyligi bilan ajralib turadi. Ba'zi hayvon turlari jumhuriyat hududining o'zida paydo bo'lsa, ba'zi turlari Turkistonning boshqa joylaridan o'tgan. O'zbekiston hududida paydo bo'lgan hayvon turlariga ingichka barmoqli yumronqoziq, ko'k sug'ur, Bobrinskiy qo'shoyog'i, xo'jasavdogar, qum bo'g'ma iloni, Turkiston gekkoni, Turkiston agamasi, katta kurakburun baliqlar, Orol shipi va boshqalar kirib, ular boshqa joylarda deyarli uchraymaydi. O'zbekistondagi ba'zi hayvon turlari, chunonchi katta kumsichqon, tamaris qumsichqoni, kichik qo'shyooq, qo'ng'ir yumronkozik, antilopa, sayg'oq, korsak, qora sassiqko'zan, olako'zan, yovvoyi mushuk manul (dala mushugi) kabi hayvoyalar Qozog'iston tekisliklaridan kirib kelgan. Jayron, barxon mushugi, karakal Old Osiyo va Shimoliy Afrika cho'llaridagi hayvonlarga aloqasi bor. Burama shoxli zchki, qunduz, afg'on dala sichqoni, mayna kabi hayvonlar esa Afg'oniston faunasiga xosdir. O'zbekiston tog'larida yashovchi Himoliy ulari, Tibet quzg'uni, Sibir echkisi, ilg'irs Markaziy Osiyodan kirib kelgan. O'zbekiston hududida yashovchi sirtlon, chiyabo'ri, kobra (ko'zoynakli ilon) kabi hayvon turlari Hindistondan kirib kelsa oq sichqon va qo'ng'ir ayiq Yevropaning shimoli uchun xosdir. O'zbekiston tabiati xilmaxil bo'lib, uning cho'l qismida bir xil tabiiy muhit mavjud bo'lsa, to'kaylarda ikkinchi xil, adir va tog'larda yana boshqacha muhit. vujudga kelgan. Binobarin, o'sha tabiiy sharoitga bog'liq holda cho'lga, to'qayga, voxaga, adirga, toqqa, yaylovga moslashgan hayvonlar yashaydi. Cho'l hayvonlari. Cho'l hayvonlari uzoq davom etgan quruq, jazirama yozga, qumli, sho'rxok, Gilli, toshloq sharoitga moslashgan. Shu sababli ba'zi hayvonlar uzoq davom etgan qurg'oqchil, nihoyatda issiqqa, yozga chidamli bo'lib, umrida suv iste'mol qilmay o'simliklar tarkibidagi namlik bilan cheklansa, (yumrochqoziqlar, qo'shoyoqlar, ko'rsichqon) ba'zilar, chunonchi oqquyruq, jayron chopqir (soatiga 50-60 km. tezlikda chopadi) bo'lib, uzoqdagi suvloqdan foydalanadi. Cho'l hayvonlarining aksariyati sharoitga shunchalik moslashib ketganki, ularning rangi qum tusiga (qo'ng'ir, malla, sarg'ish rangga) o'xshab ketgan. Cho'lda yoz faslida kunduzi tuproq 70-80° gacha qizib ketganligi sababli ko'pchilik hasharot, kaltakesak, ilon, ayrim sutemizuvchi va qush turlari kunduzi soya«alqin joylarda yoki inl.arida jon ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
167.71 KB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
167.71 KB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: doc