Hind okeani qirg'og'i. Hindiston yarimoroli Hind okeani va ayniqsa Tinch okean dovul yoki tayfun deb ataluvchi tropik siklonlar vujudga keladigan va rivojlanadigan markazdir.Ular soat strelkasi yo'nalishiga qarama-qarshi yo'naluvchi va sharqdan g'arbga tomon juda katta tezlikda esuvchi bahaybat po'rtanalardir. Tinch okeanda tayfunlar 20° sh. k. yaqinidagi Ueyk oroli bilan Novaya Gvineya orollari orasidagi juda katta maydonda g'arbga tomon harakat qiladi va so'ngra shimol hamda shimoli-sharqqa burilib, materik qirg'oqlari bo'ylab ketadi yoki Hind okeanining shimoliy qismidan o'tib ketadi. Dovul (tayfun) turgan vaqtda shamolning tezligi taxminan 250 kmsoatga, ayrim hollarda esa, 400 kmsoatga etadi. Tayfun turganda jala quyib, pastqam sohillarni suv bosadi, tsunami va boshqa xil faloqatli tabiiy hodisalar vujudga keladi. Tinch okeanda ayniqsa kuchli dovullar esadi, chunki ularning paydo bo'lishi va kuchayishi uchun yuzasi kamida +26°S gacha qizigan juda katta suv maydoni va hosil bo'lgan siklonni harakatga keltiruvchi atmosfera energiyasi mavjud bo'lishi zarur. Tinch okeanining yuqorida aytib o'tilgan akvatoriysida bu barcha sharoit mavjud. Dovullar deyarli har yili iyundekabr oylari orasida rivojlanadi. Undan Filippin va Yapon orollari ayniqsa katta zarar ko'radi, bazan ularning faloqatli oqibatlari materikda-Xitoyning janubi-sharqida, Bengaliyada va boshqa rayonlarda ham kuzatiladi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.7 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.7 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: doc