6-sinf geografiya darsligi asosida 28-mavzu: Hind okeani Asosiy xususiyatlari. Eng sho'r okean, eng issiq ko'rfazi mavjud, eng katta suvosti deltasi bor, cho'kindi jinslar eng qalin (5,5 km, Gang deltasi), asosiy qismi janubiy yarimsharda, o'simlik va hayvonlarga eng kambag'al, eng uzun bo'g'izi bor, neft va gaz zaxirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft hajmi bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Marvarid va durlar yig'ib olishda yetakchi hisoblanadi. Geografik o'rni. Hind so'zi sanskritcha daryo degan ma'noni anglatadi. Hind okeani to'rtta materik (Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya, Antarktida) oralig'ida joylashgan. Okeanning asosiy qismi Janubiy yarimsharda joylashgan. Shimoli-sharqiy va shimoli-g'arbiy qirg'oqlari ancha parchalangan. Maydoni 76 mln kv km. O'rganilish tarixi. Dastlab arablar, shumerliklar Fors ko'rfazi, Qizil dengiz va Hind okeanida suzishgan (yer. av. IV - V asrlarda) bo'lsalar, finikiyaliklar (yer. av. VI asrda) Hind okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o'tib, g'arbdan qaytib kelganlar. Eramizning boshlaridan arablar (ayniqsa, VII - XII asrlarda) Hind okeanini o'zlashtirdilar. Ular okean qirg'oqlarini, orollar, oqimlarni, shamollarni atroflicha o'rgandilar. Vasko da Gama Hindistonga dengiz yo'lini ochdi (1498- y.). Hind okeanini birinchi bo'lib A. Tasman (1642 - 1643) g'arbdan sharq tomonga (Avstraliya janubiga) so'zib o'tgan bo'lsa, J. Kuk (1771 - 1775) okean chuqurligini aniqladi. A. Tasman J. Kuk Okeanni muntazam o'rganish XIX asrning oxiridan boshlandi. Chellenjer kemasi a'zolari, UNESCO tashabbusi bilan 1960 - 1965- yillarda tashkil etilgan xalqaro Hind okeani ilmiy ekspeditsiyasi okean to'g'risida mukammal ilmiy ma'lumotlar to'pladi. Okean tubi relyefi. Hind okeani tubida uch tarmoqqa bo'linib ketgan tog' tizmalari mavjud. Bular Arabiston-Hindiston, G'arbiy Hind tog'lari va Avstraliya-Antarktida ko'tarilmalaridir. Okeanning sharqiy qismida Markaziy va G'arbiy Avstraliya botiqlari mavjud. Ularni bir-biridan Sharqiy Hind tizmasi ajratib turadi. Tog' tizmalarining kengligi 400 - 800 km, balandligi 2 - 3 km. Hind okeanining eng chuqur joyi Yava (Zond) cho'kmasida bo'lib, chuqurligi 7 729 m ga teng. Iqlimi. Okeanning shimoliy qismida suv yuzasining harorati yuqori +25 +28 °C, janubida esa ancha past. Suvining sho'rligi Dunyo okeani o'rtacha sho'rligidan yuqori. Qizil dengiz suvi eng sho'r (42 ‰), sho'rligi eng past Bengaliya qo'ltig'i (30 - 34 ‰) suvlaridir. Yog'inlar miqdori ekvatorial mintaqada ko'p (3 00 mm gacha), qutblar tomon kamayib boradi. Eng kam yog'in shimoli-g'arbiy qismida (100 mm) kuzatilgan. Okeanda shimolda subtropik, tropik, subekvatorial, ekvatorial, janubda subekvatorial, tropik, subtropik, mo'tadil, subantarktika va antarktika iqlim mintaqalari tarkib topgan. Organizmlari. Hind okeanining tropik mintaqalarida planktonlar ko'p. Planktonlar orasida kechasi nur sochadigan turlari bor. Okean suvlarida baliqlardan sardinella, skumbriya, akula, kitlar, iliq suvlarda ulkan dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari, molluskalar (kalmarlar) yashaydi. Dengiz sayozliklarida, marjon riflari atrofida organizmlar ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:39
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: ppt