Hindiqush va Qoraqurum Hindiqush va Qoraqurum baland tog' o'lkasi Pomir bilan birgalikda Eron tog'ligini Tibet tog'ligiga bog'lovchi qudratli tog' tugunini hosil qiladi. Bu tog' tuguni Afg'oniston, Pokiston, Hindiston, Xitoy va Sovet Ittifoqi territoriyasi tutashgan yerda joylashgan. Hindiqush va Qoraqurum sistemasi Yer sharidagi eng baland ko'tarilmalar qatoriga kiradi. Hindiqush ko'pincha Eron tog'ligining shimoliy chekka tizmalari bilan birga o'rganiladi. Lekin ularni bunday birlashtirish faqat orografik va tektonik jihatdan qaragandagina to'g'ri bo'ladi. Hindiqush landshaftlari xarakteriga ko'ra Eron tog'ligining chekkadagi tog'laridan, xususan unga qo'shni bo'lgan Paropomizdan kattagina farq qiladi. Paropomizni O'rta Af-g'on tog'lari bilan bog'lab turuvchi Ko'hi Bobo tizmasi Hindiqush sistemasiga kiradi. Bu tizma bilan Hindiqush tog'lari Hind-okeani bilan O'rta Osiyoning ichki oqimi o'lkalari orasida suvayirg'ichdir. Hindiqush umuman g'arb-janubi-g'arbdan sharq-shimoli-sharqqa tomon cho'zilgan. Tog' tizmalarining asosiy yo'nalishiga perpendikulyar holda undan bir qancha tarmoqlar tarqaladi. Ular shimolda Afg'oniston Badaxshoni tog'li rayonini, janubda Kofiristonni hosil qiladi. Tog' va dovonlar g'arbdan sharqqa tomon balandlashib, ularga chiqish qiyinlashib boradi. Ko'hi Bobo tog'lari 5143 m ga etadi va ularda dovonlar 300 m ga yaqin balandlikda joylashgan. Ko'hi Bobo tizmasi bilan G'arbiy Hindiqush oralig'ida Shnbor dovoni joylashgan (2987 m), bu dovon orqali Qobulni Mozori Sharif bilan bog'lovchi Transhindiqush avtomobil yo'li o'tkazilgan. G'arbiy Hindi-qushdagi balandliklar 400-500 metrdan oshadi, Sharqiy Hindiqushda esa 600-700 m ga etadi. Eng baland Tirichmir cho'qqisi 7690 m ga teng. Hindiqush tog'larining tuzilishida pa- , lsozoyning kristall jinslari va mezozoyning kuchli darajada burmalangan turli xil tarkibli cho'kindi yotqiziqlari qatna-shadi. Relefi uchun esa katta balandlikda joylashgan, yonbag'irlari tik, chuqur daralar kesib o'tgan bir qancha tekislangan yuzalar-bilan alohida ko'tarilib turgan alp tipidagi o'tkir qirrali tizmalarning birga uchrashi xosdir. Hindiqushdan shimolda, Panj vodiysidan narigi tomonda Pomir tog'ligi ko'tarilgan. Sharqiy Hindiqushdan Karambar daryosi vodiysi orqali ajralgan yanada qudratliroq tog' tizmasi-Qoraqurum janubi-sharqqa tomon cho'zilgan. U balandligiga ko'ra dunyoda Himolaydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning o'rtacha balandligi deyarli 600 m ga teng, ko'p cho'qqilari 600 m dan baland, uchta cho'qqisi 800 m dan baland ko'tarilgan. Ulardan eng balandi Chogori (Goduin Osten) balandligi (8611 m) jihatidan dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. Qoraqurumda tog' hosil bo'lishi asosan trias davrida va undan keningi davrda ro'y bergan. Eng yangi yorilishlar va ko'tarilishlar relefni yoshartirdi, hozirgi balandlikka ko'tardi va juda parchalab yubordi. Yesh tektonika, to'rtlamchi davrning muz bosishlari va hozirgi muzliklar, eroziya ta'sirida Qoraqurumning keskin, tipik alp relefi vujudga kelgan. Dovonlar 500 m atrofida va undan ham balandda joylashgan, ularning ko'pchiligiga hatto yoz vaqtida ham chiqish qiyin, qishda esa tizma orqali hamma vaqt ham o'tib bo'lavermaydi. Qoraqurumning, ayniqsa Hindiqushning yer bag'ri ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.34 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.34 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: doc