Hindiston aholisi Reja: 1. Hindistonda eng ko'p tarqalgan tillar 2. Hindiston aholisining diniy guruhlarga bo'linishi Hindiston aholisi Hindiston ko'p millatli davlat bo'lib, uning hududida hozirgi kunda 1 mlrd. 286 mln.dan ortiq aholi yashaydi. Hindiston aholisining umumiy soni bo'yicha dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Mamlakat aholisi milliy jihatdan xilma - xildir. Unda 500 tadan ortiq katta va kichik millatlar va elatlar yashaydi. Mamlakat aholisining qariyib 70 % hind-ariy tili guruhiga kiradi. Qariyib 25 % aholi Hindistonning janubiy qismida yashashadi va ular (tamillar, telegu, kanada yoki kannara, malayali kabi qabilalar) hisoblanadi. Juda ko'pgina mayda millat va qabilalar mamlakatning chekka qismi Shimoliy - Sharqdagi tog'li rayonlarda, Sharqiy va Markaziy Hindiston hududlarida yashab, munda tilida gaplashishadi. Hozirgi kunda Hindistonning 70 % ortiq aholisi qishloqlarda yashaydi. Butun shahar aholisining absolyut soni bo'yicha Hindiston dunyoda AQSH va Xitoydan keyin 3 o'rinni egallaydi. Mamlakatning eng yirik shaharlari. Mumbay (16,1mln.), Dehli (13,9 mln.), Kalkutta (13,1mln), Madras, Haydarobod, Chennoy, Bangalar, Axmadobod, Puna, Kanpur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau kabilar hisoblanadi. Hindiston madaniy tili va genetik xilma - xilligi kelib chiqishi bo'yicha dunyoda Afrika qit'asidan so'ng ikkinchi o'rinni egallaydi. Hozirgi kunda ma'lumotlarga ko'ra Hindiston aholisining savodxonligi o'rtacha 65% (ayollar savodxonligi 54%, erkaklarniki esa 75%) ni tashkil qiladi. Mamlakatda eng yuqori savodxonlik darajasi (91 %) Kerala va eng past savodxonlik esa Bixar shtatlarida kuzatiladi. 1911 - 1921 yillarda mamlakatda chuma (o'lat), xolera (vabo), ospa (chechak) kasalliklarining keng ko'lamda tarqalishi aholi umumiy sonining kamayib ketishiga sabab bo'ldi. Hindiston dunyoda har o'n yilda bir marta aholi ro'yxatini izchil ravishda o'tkazuvchi mamlakat hisoblanadi. Mamlakatda aholi ro'yxati birinchi marta 1881 yilda o'tkazilgan. O'sha davrda butun mamlakatda aholining yillik o'sish darajasi 1,5% atrofida bo'lgan. XX asrning ikkinchi qismiga kelganda Hindiston aholisi anchagina ko'paya bordi. Misol, 1991 yilga kelib, mamlakat aholisi asr boshiga nisbatan 2,5 barobarga ko'payadi. Yillik aholining o'rtacha o'sish darajasi 1981 - 1991 yillarda 161 mln kishiga yetdi, yoki yillik o'sish 16 mln kishiga yetdi. Shunday qilib 1991 yili mamlakat aholisi 844 mln kishini tashkil qiladi. Bu esa butun dunyo aholisining 15,7 %. Demak, planetamiz aholisining yetti kishisidan biri bu hinddir. Har yili Hindistonda 25 mln.dan ortiq bola tug'iladi, har sutkada 46 - 47 ming, har soatda 1900 chaqoloq tug'iladi. Mamlakatda aholi zichligi juda yuqori darajada bo'lib, 1 kv.km ga 267 kishi to'g'ri keladi. Hindiston davlat tuzimi Hindiston Federativ (shtatlar birlashmasi) Respublikasidir. Hindistonning konstitutsiyasi 26 yanvar 1950 yilda qabul qilingan. Unga ko'ra Hindiston Federativ va parlamentli davlat hisoblanadi. Hindiston 28 ta shtatlar va 7 ta ma'muriy ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.34 MB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.34 MB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: pptx