Hindiston iqtisodiy-geografik tavsifi

Hindiston iqtisodiy-geografik tavsifi

O'quvchilarga / Geografiya
Hindiston iqtisodiy-geografik tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Hindiston iqtisodiy-geografik tavsifi Логотип 9-sing Geografiya darsligi asosida 49§ - mavzu Hindiston Respublikasining umumiy maydoni 3287 mln. km2. Hududi, asosan, ulkan uchburchak shaklida bo'lgan Hindiston yarimorolida joylashgan Siyosiy-hududiy tuzilishiga ko'ra Hindiston Federativ Respublikadir. Uning tarkibida 28 ta shtat va markazga bo'ysunadigan oltita ittifoqdosh hamda poytaxt hududlari mavjud. Davlatning poytaxti Dehli shahridir. Hindiston Respublikasi Janubiy Osiyo subregionidagi eng yirik davlat, u katta masofada dengizlar bilan tutashgan. Hindistonning yer osti qazilma boyliklari ham xilma-xil. Temir va marganes rudalari, xrom, titan zaxiralari dunyo ahamiyatiga ega. Hindiston aholisining soni tez o'sayotgan mamlakatlardandir. So'nggi bir yuz o'n uch (1900 -2013-yy.) yil ichida uning aholisi 239 mln. dan 1221 mln. kishigacha ko'paydi. Hindiston jahondagi eng ko'p millatli mamlakatdir. Aholisining milliyetnik tarkibi juda murakkab. Unda yashayotgan millat, elat va qabilalar turli til guruhlariga, dinlarga mansubdir. Aholining diniy tarkibi ham ancha murakkab. Aholining 80 % i induizm diniga mansub. Ikkinchi o'rinni islom diniga mansub aholi egallaydi. Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida Markaziy Osiyo xalqlarining alohida o'rni bor. Boburiylar saltanati Hindistonda uch asrdan ortiq (1526 -1858-yy.) vaqt davomida hukmronlik qildi. Hindiston aholisining o'rtacha zichlik ko'rsatkichlari juda yuqori - 1 km2 maydonga 370 kishidan to'g'ri keladi. Ammo aholisi hududlar bo'ylab ancha notekis joylashgan. Mamlakat aholisining urbanizatsiya darajasi u qadar yuqori emas. Hozir mamlakat aholisining 30,3 % i shaharlarda yashaydi. Hindistonda 4 mingdan ortiq shaharlar bor. Ularning 300 dan ortig'i yirik shaharlardir. Millioner shaharlarning umumiy soni 25 dan ortadi. Bular orasida Mumbay (Bombay) 18,0, Dehli va Kolkata shaharlari aholisi 19,5 va 15,0 mln. taga to'g'ri keladi, ular jahonning eng ulkan shaharlaridan hisoblanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.53 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.53 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga