Hindiston turistik industriyasi Reja: Transporti Mehmonxonalari Ovqatlanish korxonalari Transport Hindistonda xalqaro aviatsiya transporti juda yaxshi riojlangan bo'lib, unda Eyr India va boshqa aviakompaniyalar xizmat ko'rsatishadi. Mamlakatda havo aloqalaridan tashqari, dengiz, temir yo'l transporti tarmoqlari ham anchagina rivojlangan va ular orqali qo'shni mamlakatlarga, jumladan Shri Lankaga parom orqali, Pokistonga temir yo'l, avtomobil transportlari, Nepalga ham temir yo'l va avtotransport (avtobus orqali), Butanga poezd bilan, avtobus hamda havo transporti, Bangladeshga temir yo'l, avtomobillar orqali aloqalarni olib borishadi. Mamlakatning ichki qismida Hindiston aviakompaniyalari uchishni amalga oshiradi. Aviatsiya transporti kompaniyasi mamlakatning ichki qismida 70 ta shaharlarga samolyotlar parvozining uchishini ta'minlaydi. Hindistondan doimiy samolyotlarning reyslari qo'shni mamlakatlarga, jumladan Pokiston, Nepal, Bangladesh, Shri Lanka, Afg'oniston, Maldiv orollari va boshqa uzoq mamlakatlarga ham uchishni amalga oshiradi. Afg'oniston, Bangladesh, Butan, Birma, Maldiv oroli, Nepal, Pokiston va Shri Lankaga uchuvchi yo'lovchilardan, bolalarni ham birga hisobga olgan holda 50 rupiy atofida yig'im undiriladi, boshqa mamlakatarga uchuvchilar uchun esa 100 rupiydan yig'im olinadi. Mamlakatning ichki qismida uchuvchi yo'lovchilar uchun 20 kg bagaj yuki, xorijiy mamlakatlarga uchuvchilar uchun esa bagaj yuki 30 kg qilib belgilangan. Hindiston avialiniyasi («Eyr India»)da uchadigan yo'lovchilar uchun 7 ta maxsus aviabiletlar narxi belgilab qo'yilgan. Ushbu dastur bo'yicha uchadigan xorijliklar, Hindistonning chet ellarda yashovchi fuqarolaridir. Yuqorida aytilgan dasturda biletlarni sotish yil mobaynida avaikompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu programma yoki dastur quyidagicha: Hindistonni oching dasturi («Discover India»), Hindiston yoshlari ta'rifi dasturi, Janubiy Hindistonga ekskursiya dasturi, Hindistonning sehrli ta'rifi dasturi va h.k. Keyingi paytlarda Hindiston mamlakatining ichki qismida asta - sekinlik bilan xususiy aviakompaniyalarni ochishga kirishildi. Shular qatoriga Aviataksi nomi bilan 9 ta xususiy aviakompaniyalar o'z xizmatlarini taqdim etib kelmoqdalar. Hozirgi kunda mamlakatning 9 ta yirik xalqaro aeroportlari: Dehli, Mumbay, Kalkutta, Axmadobod, Haydarobod, Goa, Amripar, Bangalor, Chennay, Kochi, Gavaxati kabi shaharlarida faoliyat ko'rsatib kelmoqdalar. Mamlakatning ichki qismida samolyotlarning uchishini 90 taga yaqin mahalliy aeroportlar ta'minlab kelmoqdalar. Temir yo'l transporti. Hindiston temir yo'l transporti Osiyodagi eng yirik transport tarmoqlaridan biri bo'lib, o'zining masofa uzoqligi va temir yo'llarning zichligi bo'yicha ikkinchi o'rinni egallaydi. Mamlakat temir yo'llarining uzunligi 62.300 km, temir yo'l stansiyalarining umumiy soni 7.030 ta, lakomotivlarning jami soni 11.200 tadan ortadi. Poezdlarda yo'lovchilarning yurishi unchalik qimmat emas. Mamlakat bo'ylab ko'pgina tezyurar ekspress poezdlari qatnovi yo'lga qo'yilgan bo'lib, ular yirik shaharlarni bir - biri bilan bog'laydi. Hindiston bo'ylab maxsus narx (bahoga) ega bo'lgan Hindistonga qo'yish poezdi mavjud. Undan tashqari G'ildirak ustidagi saroy ekspress turistik poezdi Radjastonning shaharlari Dehli -Jaypur - Chitorgarx-Udaypur- Savan-Madxopur (Rantxambor)-Djaysalmer-Djadxpur-Bxaratpur-Agra-Dehli yo'nalishi bo'yicha sayyohlarni safarga olib chiqishadi. Ushbu poezd Dehlining ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.21 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.21 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: doc