Hindiston xo'jaligi, transporti va ichki tafovutlari 9-sing Geografiya darsligi asosida 50 § - mavzu Reja: Hindiston xo'jaligi Yengil sanoati Qishloq xo'jaligi Shimoli-sharqiy Hindiston Hindiston iqtisodiyoti Bugungi Hindiston rivojlanayotgan mamlakatlarning eng yirigidir. U jahonda yalpi ichki mahsulot hajmiga ko'ra AQSH va Xitoydan keyingi 3-o'rinda turadi. Hindiston xo'jaligining muhim xususiyati ishlab chiqarish tarmoqlari bo'ylab nomuvofiq joylashganligidir. Hindiston an'anaviy yengil va oziq-ovqat sanoati mamlakatidan tobora zamonaviy og'ir sanoat tarmoqlari mamlakatiga aylanib bormoqda. Mamlakat iqtisodiyotining asosini metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoatlari egallamoqda. Metallurgiya Mashinasozlik Kimyo sanoatlari Yengil sanoatida ip-gazlama va to'qimachilik tarmoqlari, tayyor kiyimlar, xalq hunarmandchiligi asosida boshqa turli iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarishning o'rni juda yuqori. Hindiston jahonda choy, yeryong'oq, ayrim dukkakli don mahsulotlari, murch, turli dorivor ekinlar yetishtirishda birinchi, sholi, shakarqamish, jut bo'yicha ikkinchi, tamaki yetishtirish bo'yicha uchinchi, bug'doy, paxta yetishtirish bo'yicha to'rtinchi o'rinda turadi. Hindiston yalpi don mahsulotlari yetishtirishda jahonda uchinchi o'rinni egallaydi. Bunda, ayniqsa, sholi yetishtirishning ahamiyati katta. Temiryo'llarning uzunligiga ko'ra Hindiston jahondagi yirik beshta mamlakatlar qatoridan o'rin oladi. Transporti. Shimoli-sharqiy Hindiston Rayonning tashkil topishida deyarli bir yarim asr mobaynida Britaniya Hindistonining siyosiy markazi bo'lib kelgan Kolkataning roli kattadir. Iqtisodiy ahamiyatiga ko'ra mamlakatning ikkinchi rayoni G'arbiy Hindistondir. Uning markazi Mumbay shahri jahonning eng yirik madaniy va sanoat markazlaridan biri. Mumbay shahri Hindiston iqtisodiyotining uchinchi rayoni Shimoliy va Markaziy Hindistondir. Eng yirik hudud va eng ko'p sonli aholiga ega bo'lgan bu rayonning tashkiliy markazi Dehlidir. Janubiy Hindiston mamlakatning o'ziga xos ishlab chiqarish ixtisosiga ega bo'lgan 4-rayonidir. Chennay, Haydarobod, Vishakxapatnam kabi shaharlarda keyingi davrlarda mashinasozlik, metallurgiya, neft-kimyo kabi sanoat tarmoqlari rivojlanmoqda. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.67 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.67 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: pptx