Hindistonda diniy turizm

Hindistonda diniy turizm

O'quvchilarga / Geografiya
Hindistonda diniy turizm - rasmi

Material tavsifi

Hindistonda diniy turizm Reja: Davolanish va sog'lomlashtirish turizmi Sport turizmi Turistlar himoyasi va xavfsizligi masalalari Hindistonda diniy turizm Hindistonda turizmning qadimiy turlaridan biri-diniy turizmdir. 900 mln. dan ortiq hindlar (80,5%) induizim diniga e'tiqod qiladilar. Undan keyingi dinlarga islom, xristian, sikxizm, buddizm va jaynizmlar kiradi. Hindistonda bulardan tashqari iuadizm, zoraastrizm, bahoi, anamizm dinlari ham tarqalgan. Dehli shahrida turli xil dinlarga ta'luqli ibodatxonalar, masjidlar, cherkovlar juda ko'p. Ayniqsa Sikxlarning Sis Gandj nomli ibodatxonasi, Yogman (Krishna onasi) ibodatxonasi, xristianlarning eng qadimiy cherkovi-Chandni-Chauk, inglizlarning Avliyo Jeyms, buddishtlarning Vixara ibodatxonasi mavjuddir. Muqaddas Mathur. Ushbu shahar Dehli va Agra shaharlari o'rtasida joylashgan. Aytishlariga qaraganda bu joyda Krishna tug'ilgan. Shahar yangi Dehlidan 120 km uzoqlikda joylashgan. Mathurni «Besh ming ibodatxonalar shahri» ham deb ataladi. Bu yerda Krishna - Bolaram Mondir-ibodatxonasi eng mashhurdir. Bu yer yuz minglab ziyoratchilar makoni hisoblanadi. Chaynandan janubiy-g'arb tomonda joylashgan Modurayda ham juda ko'plab ziyoratgoh joylar mavjud. Ular ichida Menakshi (1560 y.), Shiva (XII-XVII asrlar) kopleks xramlari mashhurdir. Jaypurdan uncha uzoq bo'lmagan Abu shaharchasida Divare-Mandir jaynastlarning sajdagoh joyi bor. Bu yerda Adinatxa (1031 y) va Nominatx (1230 y) ibodatxonalari mavjud. Amritsare (Panjob shtati) da sikxizmning asosiy markazi - oltin ibodatxona (Darbar Saxib yoki Svarn Mandir 1577 y) muqaddas buloq suviga ega. Davolanish va sog'lomlashtirish turizmi Hindiston qadimdan ayurveda usli bilan davolashning vatani bo'lib hisoblanadi. Ayurveda so'zining mazmuni yoki ma'nosi «hayot fani» demakdir. Bu kompleks davolashning bir turi bo'lib hisoblanadi. Qadimgi hindlarda ayurveda davolash kishilarni sog'lom, baxtli va kelishgan holga keltiradi deyishadi. Kishi tanasini qayta tiklash va organizmni yoshartirishdan iborat. Hozirgi kunda Hindistonga dunyoning turli mintaqalaridan ayurvedik davolanish uchun taxminan 150 mingdan ortiq xorijlik sayyohlar kelishadi. Ular ayurvedik klinikalarda va markazlarda dorivor o'simliklar, gullardan tayyorlangan o'simlik moylari, dori-darmonlarni maxsus ixtisoslashgan mutaxassislar yordamida qabul qiladilar. Ayurvedik usulda davolash Hindistonning Goa va Kerala shtatlarida keng rivojlangan. Sport turizmi Hindistonda sport turizmi xilma - xil bo'lib, bu yerda eng ko'p tarqalgani alpinizm ya'ni tog' cho'qqisiga chiqish, baland tog' qoyasiga chiqish hisoblanadi. Alpinizm Himolay tog'lari, Gat tog'larida rivojlangan. Uning asosiy markazi Taglakabadda joylashgan. Safari. Tuyada sayohat asosan Ter sahrosida amalga oshiriladi. Safari 1-2 haftalik etib tashkil etiladi. Safarni tashkil etishning asosiy markazi Jodxpur, Jaysolmer va Bikaner hududlari hisoblanadi. Safarni tashkil etuvchilar ko'proq qadimgi karvon yo'llarini tanlashadi: unda musiqa chalish, an'anaviy ovqatlar tayyorlash, olov oldida mehmondo'stlikni joyiga qo'yish kabi yumushlarni bajarishadi. Hindistonda eng ko'p turistlar tashrif buyuradigan mashhur milliy bog'lari va qo'riqxonalari qo'yidagilar sanaladi: Karbett (Uttar-Pradesh) milliy bog'i. Unda yovvoyi hayvonlardan yo'lbars, fil, qoplon, turli xil qushlar qo'riqlanadi. Darva (Uttar-Pradesh) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.74 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.74 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga