Hindistonning tabiiy iqlim sharoiti va turistik resurslari Reja: Shimoliy Hindiston Hindistonning tabiiy geografik (turistik imkoniyatlari) jihatdan mintaqalarga bo'linishi: Hindiston Respublikasi Geografik o'rni. Hindiston Respublikasi Janubiy Osiyodagi mamlakat bo'lib, u Hindiston yarim orolida joylashgan. Uning umumiy yer maydoni 3,3 mln. kv.km.ni tashkil etadi. Hindiston maydonining kattaligi jihatidan dunyo mamlakatlari o'rtasida Rossiya (17,1 mln. kv.km), Kanada (10,0 mln. kv.km), Xitoy (9,6 mln. kv.km), AQSH (9,5 mln. kv.km), Braziliya (8,5 mln. kv.km) va Avstraliya (7,7 mln. kv.km) dan so'ng ettinchi o'rinni egallaydi. Hindistonning quruqlikdagi chegaralari shimoldagi baland osmon o'par Himolay tog'laridan boshlanib, to u mamlakatning janubidagi Komorin burnigacha cho'zilib yotadi. Shimoldan janubgacha bo'lgan hududining umumiy uzunligi 3214 km, g'arbdan sharqgacha bo'lgan masofasi 2933 km.ni tashkil etadi. Mamlakatning suv bilan o'ralgan qirg'oq chiziqlari 7517 km bo'lib, shundan 5423 km quruqlik (kontinental) qismiga to'g'ri keladi. Hindiston g'arbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qo'ltig'i, Janubda esa Hind okeani suvlari bilan o'ralib turadi. Quruqlikda u shimoliy tomonda Afg'oniston, Xitoy, Nepal, Butan, sharqiy qismida - Myanma (Birma), Bangladesh, g'arbda esa Pokiston mamlakatlari bilan chegaralanadi. Tabiati. Hindiston tabiati xilma-xil bo'lib, uni hududining 34 qismini tekislik va yassi tog'liklar tashkil etadi. Hindiston hududi tabiatiga ko'ra to'rt xil mintaqaga bo'linadi: Dekan yassi tog'ligi; Gang daryosi bo'yi past tekislikligi; Himolay tizma tog'lari; Tar sahrosi. Dekan yassi tog'ligi Hindiston yarim orolining deyarli butun qismini egallab olgan bo'lib, u g'arb tomondan boshlanib (G'arbiy Gat tog'lari), sharqqa (Sharqiy Gat tog'lari) tomon 900 metr balandlikdan to, 300 metrgacha pasayib boradi va o'rmonzorlar bilan qoplangan. Gang daryosi bo'yi past tekisligi keng allyuvial (yotqiziqli) unumdor tuproq qatlamidan iborat bo'lgan vodiy hisoblanadi. Gang daryosi vodiyning qo'yi qismida o'z irmog'i Braxmaputra daryosi bilan birlashadi. Bu ikki daryo mamlakatning hududidan tashqarida (Bangladeshda) eng yirik Bengal deltasini hosil qiladi. Gang daryosi vodisi Hindistonning eng ko'p va aholisi zich joylashgan hududi bo'lib hisoblanadi. Himolay tizma tog'lari Hindistonning shimoliy qismida joylashgan bo'lib, bu yerda ular dunyodagi eng baland tog'lar (Nangaparbat tog'i - 8426 m., Qoraqurum - 8611 m.) turkumiga kiradi. Ushbu hududda Hindistonning Djammu va Kashmir shtati joylashgan. U hozirga qadar Hindiston, Pokiston va Xitoy mamlakatlari o'rtasida bahsga sabab bo'lib kelmoqda. Tar sahrosi Hindistonning g'arbiy qismida Hind daryosi vodiysi bilan Aravalli tog'lari o'rtasidagi hududda joylashgan. Ushbu hudud ekvatorga yaqin bo'lganligi sababli, uning qo'yi qismida havo harorati juda yuqori darajada bo'ladi. Qish mavsumida o'rtacha havo harorati 230 S va yoz oylarida esa u 270 S, yani deyarli bir xil darajada kuzatilinadi. Iqlimi. Hindiston mamlakati juda katta yer maydoniga ega bo'lganligi sababli uning hududida bir necha xil ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.06 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.06 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:40 ]
Arxiv ichida: doc