Hindistonning tarixiy madaniy resurslari

Hindistonning tarixiy madaniy resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
Hindistonning tarixiy madaniy resurslari - rasmi

Material tavsifi

Hindistonning tarixiy madaniy resurslari Reja: Hindistoning rivojlanishi XI asrdan boshlab Hindiston Hindistonning asosiy tarixiy yilnomalari Hindistoning rivojlanishi uzoq - uzoqlarga borib taqaladi, yani eramizgacha bo'lgan davrning uchinchi asr o'rtalariga. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda Hindistonda kishilik jamiyati hatto undan oldingi davrga taluqlidir. Qadimgi davrda Hindistonda eng yoshi katta, qadimgi Xarappa va Maxendjo-Daro (Pokistonda) shaharlari hisoblanadi. Xarappa tsiviliatsiyasi eramizgacha bo'lgan davrning 1700 yiligacha rivojlanib, undan so'ng u pasayaboshladi. Eramizgacha bo'lgan davrning birinchi asr oxirida qadimgi Hindiston territoriyasida Maxabxarat va Ramayana epik asarlari paydo bo'ladi. VII-VI asrlarda (eramizga qadar) Shimoliy Hindistonda, shu jumladan Gang daryosi vodiysida birinchi bo'lib, monarxiyali davlat paydo bo'ladi. Shimoliy - G'arbiy Hindistonda I asrda Kushan imperiyasi paydo bo'ladi va II asrda esa u o'z tarkibiga Afg'oniston, O'rta Osiyo, Shimoliy Hindiston hamda Markaziy Hindiston hududlarini birlashtiradi. Qadimgi Hindiston territoriyasida 320 - 540 yillarda yangi davlat Guptlar imperiyasi tashkil topadi. Bu butun Hindiston territoriyasini o'z qo'l ostiga birlashtiradi. O'sha davrda indiuzm dini, induistik an'analar, madaniyatlar tashkil etiladi. Mamlakatda hunarmadchilik, fan, adabiyot rivojlanadi. Astronomiya fani, Hind meditsinasi - Ayurvedaga asos solinadi. Mamlakat jamoatida kasta (oqsuyaklar) jamoasi paydo bo'la boshlaydi. V asrning o'rtalaridan boshlab Hindistondagi gunt - eftalit qabilalari Gunt imperiyasining emirilishga sababchi bo'ladilar. Shimoliy Hindistonning parchalanishi IV asrdan boshlanib, to XI asrgacha davom etadi. Hindistonning janubida va Shri - Lankada esa Chola dinastiyasi kuchayib, to XI asrda o'zining eng yuqorigi darajasiga etadi. XI asrdan boshlab Hindiston tashqaridan turk musulmon bosqinlari tomonidan bosib olinadi va talanadi. XII - XIV asrlarda butun Hindiston musulmonlar tomonidan bosib olinib, hindistonliklarni islom diniga e'tiqod qilishga undaydi. XIV asr boshlariga kelib Hindistonda sikxizm dini paydo bo'ladi. Ushbu din indiuzm va islom dinining qo'shilishidan kelib chiqqan yangi din oqimidir. Uning asoschisi bo'lib, shoir va yozuvchi Kabir hisoblanadi. XV - XVI asrlarda Hindistonning janubida induslarning Vidjaynagar imperiyasi va musulmonlarning Baxmankdlar imperiyasi vujudga keladi. XIV asrning birinchi yarmida Shimoliy Hindistonda Chingizxon va Temuriylar avlodidan bo'lgan Boburiylar imperiyasi paydo bo'ladi. Boburiylar davrida davlat apparatini markazlashtirish kuchayadi va butun mamlakat miqyosida yer islohati o'taziladi. Boburiylar Hindiston tarixida madaniyatning qadriga etuvchilar deb tanilgan. Ularning bir necha davlat boshliqlari shoirlar bo'lib, falsafani o'rganganlar. Boburiylar davrida eng muhimi barcha dinlarga baravar qarashlik siyosatiga amal qilishlik bo'lgan. Ushbu siyosat Boburning nabirasi Akbarshoh (1556 -1605) davrida amalga oshirilgan. Akbarshoh va Shohjahon podsholik qilgan davrlarda Hindistonda yirik arxitektura - qurilish komplekslari (qalalar, madrasayu - masjidlar, monumentlar, binolar, shu jumladan, Agradagi Tojmahal mavzoleyi va boshqalar) barpo qilinadi. Unga qarama - qarshi Boburning kenja nabirasi (Humoyunning kichik o'g'li) Aurangabez (1658-1707 y) hukmronlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.5 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.5 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga