Hisob-kitob va yer kadastri to'g'risida umumiy tushunchalar

Hisob-kitob va yer kadastri to'g'risida umumiy tushunchalar

O'quvchilarga / Geografiya
Hisob-kitob va yer kadastri to'g'risida umumiy tushunchalar - rasmi

Material tavsifi

Hisob-kitob va yer kadastri to'g'risida umumiy tushunchalar Iqtisodiyot tarmoqlarining muhim tadbirlaridan biri hisoblangan hisob-kitob ishlari sifatida yer kadastri kishilik jamiyati paydo bo'lgan davrdan boshlab vujudga kelgan va rivojlanib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan hisob-kitobning paydo bo'lish tarixi to'g'risida qisqacha to'xtalib o'tish joizdir. Hisob-kitob kishilik jamiyati ijtimoiy hayotining asosini tashkil etadi. Dastlabki davrlarda bunga bo'lgan zaruriyat ishlab chiqarishning talablaridan kelib chiqqan. Moddiy ishlab chiqarish jarayonini, ishchi kuchlarni, ishlab chiqish vositalarini, haydaladigan erlarni, bog'zor va tokzorlarni, xom-ashyolarni, materiallarni hamda etishtiriladigan mahsulotlarni hisob qilmasdan insonlar hayot-faoliyatini amalga oshirish mumkin emas. Shu sababli ham hisob-kitob kishilik jamiyati rivojining eng birlamchi bosqichlarida paydo bo'lgan va takomillasha borgan. Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda hisob-kitob ishlarning mazmuni, mohiyati, vazifalari va uslublari turlicha bo'lgan. Ishlab chiqarishning ibtidoiy-jamoa tuzumida hisob-kitob ishlari juda oddiy bo'lib, u faqatgina joydagi jamoaning manfaatini ko'zlagan. Jumladan, tarixiy manbalarning dalil berishicha, Markaziy Osiyoda aholining asosiy qismini manzilgohlarda yashagan ko'p oilalik jamoalar tashkil etgan. Bunday jamoa a'zolari o'z qo'shnilari bilan birgalikda atroflarda bo'sh yotgan erlardan foydalanganlar. Bu turdagi jamoa onalik huquqiga asoslangan oiladan shaxsiy oilaga o'tishda g'oyat katta ahamiyatga ega bo'lgan. Undan yerga ayrim monogam oilalar bo'lib ishlov beradigan hamda haydalma va o'tloq yerlar oilalar o'rtasida avval vaqti-vaqti bilan, keyinchalik esa ularning asosida qishloq jamoasi o'sib chiqqan. Qishloq jamoalarida mahsulotlar maxsus omborlardan belgilangan me'yorlarga ko'ra oilalarning ehtiyojiga ko'ra taqsimlab borilgan. Bu davrda irrigatsiya va qishloq xo'jalik ishlari jamoatchilik asosida birgalikda bajarilgan. Jamoa oqsoqoli yoki uning eng keksa vakili barcha ishlarni boshqargan hamda jamoa ichidagi mehnat va turmush jarayonini tartibga solib turgan. Xatto jamoa doirasida ijtimoiy tabaqalanishni vujudga kelishi yoki badavlat oilalarning ajralib chiqishi mumkin bo'lganda ham, Markaziy Osiyoning iqlim sharoitlari doimiy irrigatsiya ishlarining zarurligi jamoa aloqalarini barqaror va uzoq muddat davom etishiga asos bo'lgan. Jamoa yopiq davriy birlik bo'lib, o'z a'zolarini barcha zarur narsalar bilan ta'minlagan. Bu ustaxonalar va tandirlar uchun mo'ljallangan usti yopiq ayvonlar, turli mehnat qurollarni yasash, bo'yralar to'qish, kichik metal buyumlar quyish, tikish, teriga ishlov berish kabi binolardan iborat bo'lgan. Jamoalarda qullar yoki qaram kishilar ham bo'lib, ular erkin jamoachilardan ancha kam edi. Ular uyida erkin oilalar bilan birgalikda yashaganlar, xatto shu oilalarning a'zolari ham bo'lganlar. Jamoaning mavjud bo'lishi irrigatsiya va sun'iy sug'orishni rivojlantirish uchun zarur sharoitni yaratdi. Irrigatsiya inshoatlarini qurishda va ularni tegishli tartibda tutishda Markaziy Osiyo mintaqasi g'oyat yuksak darajaga ko'tarilgan. Sug'orish inshoatlarini barpo etishdagi taraqqiyot dehqonchilikning mislsiz darajada yuksalishiga, barqaror hosillar olishga olib keldi. Unumdorligi millionlab yillar osha yig'ilib yotgan yer dehqonchilik ekinlaridan mo'l hosil olish imkoniyatini bergan. Don xo'jaligi qadimdan dehqonchilikning asosini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.96 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.96 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga