Hozirgi zamon dunyo siyosiy va iqtisodiy kartasi. Dunyo aholisi geografiyasi Reja: 1. Dunyo siyosiy va iqtisodiy kartasining ahamiyati, uni shakllanishining asosiy bosqichlari. 2. Dunyo aholisining o'sishi, zichligi va joylashuvi. 3. Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi. 4. Aholining jinsiy, diniy va irqiy tarkibi. 1. Dunyo siyosiy va iqtisodiy kartasining ahamiyati, uni shakllanishining asosiy bosqichlari Siyosiy karta mamlakatlarning xalqaro o'rnini, dunyoda egallagan mavqeini, rivojlanish xususiyatlarini yaqqol aks ettiradi. Dunyo siyosiy va iqtisodiy kartasi asosiy siyosiy-geografik o'zgarishlarni aks ettiradi: muayyan davlatning boshqa davlat bilan qo'shilishi davlat suverenitetining yo'qotilishi, mamlakatlar maydonining, chegaralarning mamlakat va poytaxt nomlarining o'zgarishi va boshqalar. Bu elementlarining barchasi siyosiy geografik kartaning asosiy mazmunini belgilab beradi. Dunyo siyosiy kartasi shakllanishining asosiy bosqichlari quyidagi davrlarga bo'linadi: Qadimgi davr (davlatlarning dastlab paydo bo'lishidan milodning 5 asrigacha) quldorlik tuzumi davrini o'z ichiga oladi. Qadimgi Misr, Karfagen, qadimgi Gretsiya, qadimgi Rim, O'rta Osiyoda shakllangan qadimgi Xorazm, Baqtriya, Sug'da va boshqa davlatlar, Turk hoqonliklari kabi qadimgi davlatlar dunyo sivilizatsiyasining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. O'rta asrlar davri (5-15 asrlar). Bu davrda quldorlik imperiyalari parchalanib, ularning o'rnida ko'p feodal davlatlar paydo bo'ldi. Bu davrda muqaddas Rim imperiyasi, Angliya, Ispaniya, Fransiya, Portugaliya, Kiev Rusi, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon - Turkiston o'lkasidagi feodal davlatlar va boshqalar mavjud bo'lgan. Amir Temur va Temuriylar davlatlari (14 asrning oxiri 15 asr boshi) katta salmoqqa ega bo'lganlar. Bu davlatlar joylashgan o'rni Buyuk ipak yo'li bilan bog'lanib, G'arb va Sharq o'rtasidagi aloqalarda o'ziga xos Karvon yo'li Ko'prigi rolini o'ynaganlar. Yangi davri (15-16 asr oralig'idan birinchi jahon urushi tugaganiga qadar) kapitalizm paydo bo'lgan, rivojlangan va qaror topgan butun bir tarixiy davrga to'g'ri keladi. Buyuk geografik kashfiyotlar feodal ishlab chiqarish munosabatlaridan kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlariga o'tishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Eng yangi davr birinchi jahon urushining tugashi va 1917 yil Rossiyada Oktyabr to'ntarishidan boshlab to hozirgi kunlargacha bo'lgan davrni qamrab oladi. Bu davr quyidagi uch bosqichga bo'linadi. Birinchi bosqich (1917-1939 yillar) dunyo xaritasida SSR (sotsialistik imperiya)ning paydo bo'lishi bilan xarakterlanadi. Avstriya-Vengriya imperiyasi parchalandi. Ikkinchi bosqich (1939-1990 y.) Yevropava Osiyodagi ayrim davlatlar sotsialistik yo'lga o'tadi. Imperializm mustamlakachilik tizimining emirilishi oqibatida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyada 100dan ortiq mustaqil davlatlar paydo bo'ladi. Uchinchi bosqich 1990 yillardan to hozirga qadar davom etmoqda. Bunda dunyo kartasida muhim yangi sifat o'zgarishlari sodir bo'ldi: - 1991 yilda Sobiq ittifoqning parchalanishi, uning tarkibidagi barcha ittifoqdosh Respublikalar davlat mustaqilligini elon qildi; - Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) tashkil topdi; - 1990 yil 3 oktyabr - ikki nemis davlatining (GFR va GDR) yagona davlatga birlashdi; - Yugoslaviya ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.79 MB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:40
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.79 MB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:40 ]
Arxiv ichida: ppt