Hozirgi zamon mamlakatlarining xilma-xilligi Reja: Hozirgi zamon mamlakatlarining xilma-xilligi Yevropadagi monarxiya davlatlari Dunyo siyosiy xaritasi Dunyoning chuchuk suv resurslari. Jahonning hozirgi siyosiy kartasini shakllanishi uzoq tarixiy jarayon bo'lib, kishilik jamiyatining rivojlanishini butun yo'lini aks ettiradi. U davlatlarning paydo bo'lishi va parchalanib ketishini, ular chegaralarini o'zgarishini, yangi erlarni kashf qilinishi va mustamlaka etilishini, merapoliya va mustamlakalarning paydo bo'lishini, dunyoni bo'lib olish va qayta taqsimlanishini aks ettirib kelgan. Dunyoning hozirgi siyosiy kartasida 230 dan ortiq mamlakat va hududlar bor. Ularning asosiy ko'pchiligi mustaqil davlatlardir. Lekin hozirgi zamonda ham mustamlaka davlat va hududlar mavjuddir. Masalan: Falastin, Gviana (Fr), Sharq Samoa (AQSH), Bermud orollari (Brit), Kyurasao (Nidr), Puerto-Riko (AQSH), Tuamotu, Obshestva, Markiz (Fr) va h.k. Jahonda mamlakatlar sonining bunchalik ko'pligi ularni guruhlashtirishni taqozo etadi. Bunda birinchi navbatda miqdoriy ko'rsatkichlar mezon qilib olinadi. Mamlakatlar hududining kattaligi va aholisining soniga qarab guruhlashtirish eng ko'p tarqalgandir. Hududining kattaligiga ko'ra dunyoda har birining maydoni 3 mln km kv.dan ortiq bo'lgan 7ta eng katta mamlakat ajratilgan bo'lib, ularning yalpi maydoni yer yuzidagi quruqlikning ½ qismiga yaqinini egallagan. U mamlakatlar quyidagilar: Rossiya (17mln.km.kv.); Kanada (10mln.km.kv.); Xitoy (9,6mln.km.kv.); AQSH (9,4mln.km.kv.); Braziliya (8,5mln.km.kv.); Avstraliya (7,7mln.km.kv.); Hindiston (3,3mln.km.kv.); Argentina (2,8mln.km.kv.); Qozog'iston (2,7mln.km.kv.); Sudan (2,5mln.km.kv.); Aholi soni mln.dan oshiq bo'lgan 166 mamlakat va hududlar mavjud. SHundan aholi soniga ko'ra 2 tasi milliarder davlat (Xitoy va Hindiston), 9 tasi aholi soni 100 mln.dan ortiq bo'lgan davlatlar, 13 tasi aholi soni 50 mln.dan 100 mln.gacha bo'lgan davlatlar, 142 tasi aholi soni 1 mln.dan 50 mln.gacha bo'lgan davlat va hududlar mavjud. Aholi soni 1 mln.dan kam bo'lgan davlat va hududlar 53 tani tashkil etadi (2007 yil). Aholi soniga ko'ra har biridagi aholi 100 mln.kishidan ortiq bo'lgan 11 ta eng katta mamlakatlar ajratilgan bo'lib, bu mamlakatlardagi aholining umumiy soni Yer yuzi aholisining 35 qismiga to'g'ri keladi. Ular quyidagilar: Xitoy-1.318 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 24% Hindiston-1.132 mln kishi (2007y) shahar aholisi 26% AQSH -302 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 75 % Indoneziya -232 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 42 % Braziliya -189 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 80 % Pokiston -169 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 28 % Bangladesh -149 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 23 % Nigeriya -144 mln kishi (2007 y) shahar olisi 44 % Rossiya -142 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 72% Yaponiya -128 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 76 % Meksika - 107 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 41% Dunyo siyosiy xaritasidao'rtacha va kichikroq mamlakatlar ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.05 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.05 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:40 ]
Arxiv ichida: doc