Hozirgi zamon tabiiy geografiyasida qo'llanilayotgan tadqiqot usullari Reja: Tadqiqot metodlarini tasniflash masalalari umumilmiy va umumgeografik metodlar. Tabiiy geografiyaning fanlararo matematik metodlar geokimyoviy metod, geofizik metod modellashtirish metodlar. Qiyosiy, o'xshatish tarixiy va tizimli metodlar. Umumiy yer bilimi-geografik qobiqni dinamik sistema-tizim sifatida qarab, uning strukturasi hamda hududiy tabaqalanishi-masalalarini o'rganadi. Yer planetasining asosiy, eng yetakchi geografik qonuniyatlarini o'rganadigan fan deyish mumkin. Umumiy Yer bilimini tabiiy geografiyaga kirish fani deb qaramaslik kerak, chunki u geografiya fanlarining asosini-fundamental fanlarini tashkil etadi. Aslini olganda umumiy yer bilimining geografik dunayoga metodologik kirib borishi bilan bog'liq fan deb qarasak bo'ladi. Chunki geografik qobiq haqidagi ta'limot shunday ko'zgudurki, o'rganadigan predmet, hodisa jarayonlar va butun ilm sohalarining geografiyaga tegishli ekanligi ko'rinib turadi. Masalan atmosferani geofizika fani bo'lgan meteorologiya fani, ammo atmosferaning quyi qismi-traposfera yer iqlimi shakllanadigan makon bo'lganidan geografiyaning tarmoq fani bo'lgan iqlimshunoslik fani o'rgandi. Shunga ko'ra, geografik qobiq yaxlit denamik sistema sifatida uning tamoyil va o'rganish metodlari o'lkashunoslik bilan tarmoq fanlariga tegishli prinsip va metodlar bilan bog'lanib ketadi. Geografiya tasnifiy pog'onalar bo'yicha ish ko'rishi lozim. Bunday tasnifiy pog'onachalarga-sikl, onli, avlod va turni ko'rsatish mumkin. Yer haqidagi fanlar sikliga geografiya bilan birga-biologiya, geologiya, geofizika, geokimyo kiradi, chunki bularning barchasining o'rganish obyekti bita yer hisoblanadi. Geografiya fanlari oilasiga tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya, o'lkashunoslik, kartografiya, geografiya fanlari tarixi va metologiyasi fanlari kiradi. Tabiiy geografiya bilan iqtisodiy geografiyaning birlashuvi-yaxlitligi mamlakatshunoslikda o'z aksini topadiki bunda tabiat-aholi-jamiyat kabi uchlik qirrani tadqiq etish kerak. Tabiiy geografiya fanlari turkumi-umumiy yer bilimi landshaftshunoslik, mamlakatshunoslik, palogeografiya va xususiy tarmoq fanlaridan tashkil topgan. Umumiy yer bilimi-tabiiy geografiya, landshaftshunoslik fanlari bilan bir turni tashkil etadi. Geografiya fanlarining metodlarini tasniflashda K.K. Markov, O.P. Dobrodeev va boshqa olimlar ish olib borganlar, umuman olganda tabiiy geografiya fanlarining metodlarini uch guruhga bo'lish mumkin-umumkimyoviy metodlar fanlararo metodlar va geografiyaning o'z metodlari eng muhim umumkimyoviy metod-materiallistik-dilektika-narsa va hodisalarning o'zaro bog'liq ravishda doimiy rivojlanishdagi moddiy Dune birlik va qarama-qarshilik, miqdor o'zgarishlaridagi sifat o'zgarishlariga o'tish va inkorni inkor qonuni asosida mavjud bo'lishi. Tarixiylik shu dialektik metoddan kelib chiqib, narsa va hodisalar uzoq tarixiy davriy natijasi. Buni paleogeografiya metodi deyiladi. Umumilmiylik metodi tizimli yondashuv metodi ifodalanid. Har o'rganilayotgan oddiy (hodisa, jarayon, kompleks) turli qism-bloklardan iborat juda murakkab tuzilma sifatidan o'rganiladi. Tizimli yondashuv metodi-obyektni kichik mayda qismlarning birikmasidan tashkil topgan. Yaxlit ko'p qirrali ichki va tashqi o'zaro aloqadagi material tuzilma deb qarash demakdir. Juda mayda struktura qismlaridan iborat ichki va tashqi aloqadagi kattaroq strukturaga birikkan ko'p qirrali yaxlit tizim deb qarash-tizimli metodning mohiyatini tashkil etadi. Fonlaroro metodlar-bir gruh fonlar uchun umumiy ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.36 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.36 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:40 ]
Arxiv ichida: doc