Hududiy ishlab chiqarish haqidagi nazariyasi va iqtisodiy geografik rayonlashtirish Reja: Hududiy ishlab chiqarish majmualari - Iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchalaridan biri. N.N. Kolosovskiyning hududiy ishlab chiqarish majmualari to'g'risidagi nazariyasi. Hududiy ishlab chiqarish majmualarining funktsional tiplari va klassifikatsiyasi. Energiya ishlab chiqarish sikllari. Hududiy ishlab chiqarish majmualari g'oyasining amalga tadbiq qilinishi. Hududiy ishlab chiqarish majmualari (HIChM) iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaning jahon ahamiyatiga ega bo'lgan nazariy yutuqlardan biridir. Uni yaratishda, eng avvalo, N.N. Kolosovkiyning xizmatini ko'rsatish joiz. XX asrning 20-yillarida GOELRO, ya'ni Rossiyani elektrlashtirish davlat rejasi doirasida I.G. Aleksandrov ish ola bora turib va, ayniqsa, DneproGES loyihasini ishlab chiqish jarayonida rayon kombinatlari haqidagi o'zining nazariyasini yaratdi. XX asr 30-yillarda esa bu muhim masalani u aniqlashtirdi, chuqur o'rganib rayon ishlab chiqarish kombinatlarini barpo etish lozimligini ta'kidladi. Keyinchalik N.N. Kolosovskiy I.G. Aleksandrovning rayon ishlab chiqarish kombinatlari to'g'risidagi ta'limotidan Ural, Sibir va Qozog'iston kabi yirik rayonlar misolida amaliy foydalandi, uni boyitdi va shu asosda o'zining rayon komplekslari (kombinatlari, majmualari) to'g'risidagi ilmiy g'oyasini shakllantirdi. Bu, albatta, ilgarigiga qaraganda yangi bir qadam olg'a fikr edi. N.N. Kolosovskiy 1947-yilda hududiy ishlab chiqarish (aniqrog'i, ishlab chiqarishning hududiy birikmalari, komplekslari) mavzuida maqola chop ettirdi. Uning fikricha, bu nazariyaning asosiy mohiyatini ma'lum bir hududda yoki iqtisodiy rayonda ishlab chiqarish korxonalari va aholi punktlarini bir-biri bilan bog'liq holda rivojlanishi va joylanishi tashkil etadi. U ishlab chiqarishning hududiy majmuasini iqtisodiy geografiya fanining tarkibiy qismi ekanligini qaytaqayta ta'kidladi va ayni paytda ma'lum hududda joylashgan ishlab chiqarish korxonalar yig'indisi hamma vaqt ham kompleks (majmua) bo'la olmaydi, deb uqtirgan edi. Bunday oddiy hududiy joylashish gruppirovkani tashkil etadi, xolos. Demak, biz qo'shimcha qilar ekanmiz, har qanday hududiy majmua bu guruh, ammo har qanday guruh majmua bo'lavermaydi. Keyinchalik HIChM nazariyasini rivojlantirishga N.N. Baranskiy, N.T. Agafonov, A.G. Aganbegyan, M.K.Bandman, N.N.Nekrasov, Yu.G.Saushkin, T.M.Kalashnikova, M.N.Stepanov, A.I.Chistobayev, A.T.Xrushev, M.M.Palamarchuk, Z.M.Akramov, S.K.Ziyodullayev, A.G.Batigin, K.N.Bedrintsev kabi bir qator olimlar o'z hissalarini qo'shdilar. Tajribalar hamda faktik materiallar shuni tasdiqlaydiki, hududiy (yoki geografik) mehnat taqsimoti fundamental tushuncha bo'lib, u iqtisodiy rayonlashtirish va hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, hududiy mehnat taqsimoti birlamchi, qolgan ikki tushuncha esa uning natijasidir. N.N.Kolosovkiy ishlab chiqarishning hududiy majmualari (yoki hududiy ishlab chiqarish majmualari, bizningcha, bular bir xil ma'noga ega) iborasi iqtisodiy rayonlar to'g'risidagi tushuncha o'rnini egallamasligi kerak; bu iqtisodiy rayonlarning «yadrosi»ni tashkil etadi, xolos deb uqtirgan edi. Darhaqiqat, hududiy ishlab chiqarish majmualari mazmun va sifat jihatdan, ayniqsa ishlab chiqarish korxonalarini ma'lum bir nuqtadagi yoki joydagi turg'un birikmasi sifatida iqtisodiy rayonlardan farq qiladi. So'nggi yillarda bunday qarash biroz o'zgardi: ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.54 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.54 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:40 ]
Arxiv ichida: docx