hududiy majmualar rivojlanishining ekologik muammolari Reja: 1. Tabiiy ekologiyadan ijtimoiy ekologiyaga. 2. Sanoat tarmoqlarining ekologik tavsiflari. 3. Qishloq xo'jaligi va transport joylashuvining ekologik jihatlari. 4. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy-ekologik asoslari. Dastavval «ekologiya» tushunchasi nemis olimi Ernst Gekkelg' tomonidan 1868 yilda ishlatilgan. U ekologiyani zoologiya fanining bir yo'nalishi sifatida ta'riflab, hayvon organizmlarining va barcha hayvonlarning o'zaro hamda tashqi muhit bilan munosabati mazmunida talqin qilgan. Demak, bu yerda ekologiya yoki munosabat uch darajada nazarda tutilgan: 1)hayvon (aniqrog'i, Gekkelg' misolida-qurbaqa) ichki organizmlarning o'zaro munosabati; 2) shu turdagi hayvonlarning o'zaro munosabati; 3) ana shu hayvonlarning tashqi muhit bilan munosabati. Keyinchalik ekologiyaning ilmiy asoslari CH.Darvin tomonidan chuqurroq rivojlantirilgan. Zoologik ekologiya asta-sekin qsimlik ekologiyasiga qtgan va u to'la mahnodagi biologik ekologiya yoki bioekologiyaga aylangan. Sqngra amerikalik (CHikagolik) tibbiyot olimlari «Inson ekologiyasi», «Ekosistema» tushunchalarini kiritib, ularni inson organizmi va salomatligi nuqtai nazaridan ishlatgan. Ayni vaqtda shaharlar rivojlanishi natijasida «urboekologiya» tushunchasi ham vujudga kelgan. O'z navbatida urboekologiya va inson ekologiyasi asosida ijtimoiy ekologiya shakllangan bo'lib, u rasmiy ravishda 70-yillarda tan olingan. Shunday qilib, ekologiyaning evolyutsion o'zgarishi zooekologiya fitoekologiya q bioekologiyainson ekologiyasi q urboekologiya ijtimoiy ekologiya shaklida sodir bo'lgan. Hozirgi kunda ekologiyaning yo'nalish va turlari juda ko'payib ketgan (geoekologiya, bioekologiya, geologik ekologiya, iqtisodiy ekologiya, o'atto ximik va matematik ekologiya, huquq ekologiyasi va o'.k.). Natijada, aytish mumkinki, bugungi kunda hamma ekolog, lekin ayni vaqtda aniq, umumiy ekologiyaning o'zi yqqdek. Chunki, biror bir kishini ekologiya bo'yicha har tomonlama mutaxassis darajasida ehtirof etish qiyin. Omma orasida esa «Ekologiya» tushunchasi ko'proq atrof-muhitning ifloslanishi, zarar va zaharlanishi bilan uyg'unlashib ketadi. Vaholanki, biz yuqorida ko'rganimizdek, ushbu atamaning mahnosini faqat bir tomonlama, salbiy ruo'da talqin qilish noto'g'ridir. Biroq, shu bilan birga tan olish lozimki, chindan ham ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va mujassamlashuvi, shaharlar va urbanizatsiya taraqqiyoti tabiat va inson (jamiyat) orasidagi muvozanatni buzdi, ekologik muammo global, olamshumul ahamiyat kasb etib, u o'atto urush va tinchlik muammosidan ham oldinga chiqib oldi. Shuning uchun hozirgi sharoitda ijtimoiy hayotning biror bir sohasi yqqki, u ekologiya bilan bog'liq bo'lmasa. Hududiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish tarmoqlarining ko'payib borishi, yangi erlarning o'zlashtirilishi va boshqalar tabiatga texnogen va antropogen ta'sirni kuchaytirdi. Oqibatda Yer yuzida tabiiy sharoiti o'zgarmagan joyning o'zi deyarli qolmadi. Madomiki, barcha hududlar ekologik vaziyati buzilgan ekan, u holda bu vaziyatning darjasi, holati to'g'risida gap yuritish talab etiladi. Tog'-kon sanoati natijasida texnogen landshaftlar vujudga keladi, «bedlendlar» (yomon yerlar) paydo bo'ladi, joy relg'efi, geomorfologiyasi buziladi. Bunday sanoat rayonlarida shakllangan shaharlar yaxlit hududiy birlikka ega emas, ularda transport va boshqa aholiga xizmat ko'rsatish sohalarini ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.38 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.38 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:40 ]
Arxiv ichida: pptx