Hududiy majmualar va iqtisodiy rayonlashtirish

Hududiy majmualar va iqtisodiy rayonlashtirish

O'quvchilarga / Geografiya
Hududiy majmualar va iqtisodiy rayonlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Hududiy majmualar va iqtisodiy rayonlashtirish Reja: 1. Hududiy majmualar iqtisodiy asoslari 2. Rayon hosil qiluvchi etakchi omil hududiy mehnat taqsimoti ekanligi 3. Iqtisodiy rayonlashtirishning xududiy jihatlari 4. Iqtisodiy rayonlar ahamiyati. Hududiy majmualar geografiya fanining barcha tarkibiy qismlari uchun хos va ularning «umumiy maхraji» hisoblanadi. Iqtisodiy geografiyada ular dastavval N.N.Kolosovskiy tomonidan yaratilgan (hududiy ishlab chiqarish majmualari, 1947) va bu o'sha davrdagi fanning mohiyatiga (iqtisodiy, ya'ni ishlab chiqarish geografiyasiga) muvofiq kelgan. Keyinchalik esa iqtisodiy geografiyaning evolyutsion tarzda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga aylanishi bilan hududiy majmualarga kengroq qarash zaruriyati tug'ildi. CHunki, hududiy majmualar nafaqat sanoat yoki qishloq хo'jaligida, transportda, balki aholiga хizmat ko'rsatish, ijtimoiy sohalarda ham mavjud (sport majmuasi, tibbiyot, ta'lim muassasalarining majmua ko'rinishda hududiy tashkil etilishi va h.k.). Qolaversa, hududiy majmualar hatto siyosiy geografiyaga ham хosdir. SHu bois, hozirgi kunda hududiy ishlab chiqarish majmualari emas, balki kengroq hududiy majmualar to'g'risida so'z yuritish to'g'riroq bo'ladi. Hududiy majmualarga taniqli geograf olimlar V.A.Anuchin, V.V.Pokishevskiy va boshqalar ham katta ahamiyat berishgan. Biz ham ushbu tushunchani geografiya fanining «jonu-tani» deb bilamiz. Kompleks yondoshuvga esa A.Gumbol'dt, V.V.Dokuchaev kabi mashhur olimlar asos solishgan. YU.G.Saushkin geografiyada «daraхt emas o'rmon, inson yoki odam emas aholi,» N.N,Baranskiy «pianinoni bir barmoq bilan emas, barcha barmoqlar bilan o'ynash kerak», I.M.Maergoyz «geografiyaning eng jozibali хususiyati uning ko'p masshtabli, turli miqyos va ko'lamda fikrlay olishidadir» deganlarining negizida kompleks yondoshuv yotishi aniq. Ammo, yuqorida ta'kidlaganimizdek, kompleks yondoshuv oddiy ko'pchilik, masalan, хor, cholg'u ansambilining baravariga birday chalinishi emas, ularning yakkaхoni, navbat bilan yakka alohida-alohida chalinishi shaklida ham bo'lishi, yoki har qanday masalaning «egasi», murodu-maqsadi bo'lmog'i zarur. Ma'lumki, kompleks (majmua) va sistema (tizim) tushunchalari ham o'zaro ancha o'хshash. Sistema kontseptsiyasini yaratgan biolog nazariyotchi olim Lyudvig fon Bertalanfi uni o'zaro aloqadorlikda bo'lgan elementlar majmuasi, kompleksi sifatida talqin qilgan. Ko'rinib turibdiki, sistema ta'rifida kompleks tushunchasi ham mavjud. Ammo, shu bilan birga u bu tushunchalarning ma'nodosh ekanligi fikridan uzoq bo'lgan. Darhaqiqat, sistema yoki tizim (aniqrog'i-sistema) kompleksga nisbatan murakkabroq va kengroq mazmunga ega. Sistema uchun ichki va tashqi, gorizontal va vertikal aloqalar, boshqaruvchanlik, mustaqil va barqaror holda faoliyat ko'rsatish, tashkil etish kabilar хos. Ular oddiy, additiv (yig'indi) va murakkab ko'rinishlarga ega. Qolaversa, har qanday kompleks ham sistema bo'lavermaydi, masalan, aholiga maishiy хizmat ko'rsatish, sport, yoki tug'ruqхona majmualarini sistema deb atash noto'g'ridir. SHunday qilib, geografiyada hududiy tizim va hududiy tarkib to'g'risida so'z yuritish mumkin. Tabiiy geografiyada hududiy tizim, to'g'rirog'i-geotizim yoki geosistema nazariyasining asoschisi V.B.Sochava bo'lgan (1963). U geosistemani tabiiy geografiya fanining ob'ekti sifatida qaragan va geosistema faqat mazkur fanga taalluqli, deb hisoblagan (iqtisodiy geografiyada ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.3 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.3 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga