Hududiy majmualarga ta'sir etuvchi omillar Reja: 1. Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish haqida umumiy tushuncha. 2. Xom-ashyo omili. 3. Yoqilg'i-energetika omili. 4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar. 5. Transport, ekologiya va bozor iqtisodiyoti omili. Iqtisodiyot tarmoqlari o'z-o'zidan, tasodifiy hududiy tarqalmaydi, balki ma'lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda joylashtiriladi yoki hududiy tashkil etiladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini o'rganishga asos bo'ladi. Qonuniyatlar esa talabalarning behisob fakt va raqamlarni yodlab olishdan ozod qiladi. Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilgi, elektr quvvati, suv va iqlim sharoitlari, mehnat resurslari, iste'mol va transport, iqtisodiy geografik o'rin kabi omillar e'tiborga olinadi. Shuningdek, ekologiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyoti omillarining bu boradagi ahamiyati ham oshib bormoqda (3-chizma). Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar, omillar hisobga olinadi. Lekin ma'lum tarmoqni hududiy tashkil etishda barcha omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi rol uynaydi (1-jadval). Bu masalani tushuntirish uchun yaratiladigan mahsulot birligiga suv yoki elektr quvvati, ishchi kuchining qay darajada sarflanishini ko'rsatish kifoya. Boshqacha qilib aytganda, kasr maxrajida mahsulot birligi, uning suratida esa alohida-alohida omil turlari (masalan, 1 tonna shakar olish uchun qancha xom ashyo, ya'ni qancha qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektr quvvati yoki mehnat sarflanadi) turadi. Qaysi omil bo'yicha yirik son chiqsa, odatda, uning ahamiyati shuncha yuqori bo'ladi va u ko'rilayotgan iqtisodiyot tarmog'ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifani o'taydi. Xom ashyo. Tabiiyki, barcha mahsulot xom ashyosiz yaratilmaydi. Ammo ayrim mahsulotlarni olish uchun xom ashyo boshqalariga qaraganda ko'proq sarflanadi. Shu bois bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xom ashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. Sanoatning ba'zi tarmoqlari, masalan, tog'-kon, o'rmon, baliqchilik sanoati korxonalarining joylashuvi xom ashyo bo'lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar geografiyasi bilan belgilanadi. Boshqa sanoat tarmoqlariniig hududiy tashkil etilishi esa biroz murakkabroq tusga ega. Bu borada bir qator fakt va raqamlar keltirish o'rinli. Masalan, 1 t paxta tolasini olish uchun taxminan 3 t xom paxta, 1 t paxta yog'i uchun 5 t chigit, 1 t pista yog'i uchun 3 t kungaboqar. 1 t shakar uchun 7 t qand lavlagisi ishlatiladi. Ushbu raqamlarni nisbiy (foiz) ko'rinishida berish foydadan xoli emas. Chunonchi, paxta tolasining oq paxtadan chiqishi 32-33 foiz, paxta yog'ining chigitdan olinishi 19-20, shakarni qand lavlagidan tayyorlash 14-15 foiz va shunga o'xshash. Demak, bu korxonalar xom ashyo rayonida yoxud unga yaqin maskanda joylashtirilishi shart. Xom ashyoga asoslangan sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlarining geografiyasi eng avvalo mamlakat tabiiy sharoiti va tabiiy resurslar joylanishi bilan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:40 ]
Arxiv ichida: pptx