Hududiy majmualarning nazariy asoslari fanining maqsadi va vazifalari

Hududiy majmualarning nazariy asoslari fanining maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Geografiya
Hududiy majmualarning nazariy asoslari fanining maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

hududiy majmualarning nazariy asoslari fanining maqsadi va vazifalari REJA: Fanning asosiy maqsadi Hududiy ishlab chiqarish majmualarining ahamiyati Hududiy ishlab chiqarish majmuasining asoslari Hududiy ishlab chiqarish majmualarining iqtisodiy geografiya fanlari tizimidagi o'rni. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asosini bir qator ilmiy g'oya (konsepsiya), tushuncha va qonuniyatlar tashkil etadi. Jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar murakkablashib va takomillashib boradi. Jumladan, iqtisodiy geografiyaning obyekti avvallari ma'lum bir mamlakat yoki rayonning xo'jalik va aholisi, ishlab chiqarish kuchlarini joylashishidan iborat bo'lgan bo'lsa, keyinchalik u xo'jalik va aholisining hududiy tarkibi: yoki tizimi, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy majmualar (komplekslar) shaklini olmoqda. Demak, jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishidagi jarayonlarni o'rganishni taqozo qilmoqda. Shunga mos ravishda bu fanning tadqiqot predmet iva vazifalari ham takomillashib bormoqda. SHuni alohida qayd qilish joizki, iqtisodiy geografiya fanlari tizimida XICHK fundamental fan hisoblanadi, ya'ni geografiya fanining bosh fundamental tushunchasi hududiy mehnat taqsimoti, shuningdek, iqtisodiy-geografiya o'rni va boshqalar kiradi. Hududiy ishlab chiqarish komplekslari yoki majmualari (XICHM) ham iqtisodiy geografiya fanlari tizimida muhim mavqega ega. Hududiy ishlab chiqarish majmualari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning jahon ahamiyatiga ega bo'lgan nazariy yutuqlaridan biridir. Uni yaratishda taniqli rus olimi N.N.Kolosovskiyning xizmatlari buyukdir. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va uning hududiy tashkil etilishining takomillashib borishi bilan bu boradagi tasavvurimiz ham o'zgarib boradi. Dastlabki oddiy ishlab chiqarish kombinati rayon kombinatiga, u esa rayon ishlab chiqarish kombinatiga aylanadi. Rayon ishlab chiqarish kombinati hozirgi hududiy ishlab chiqarish majmuasi shakliga ega bo'ladi. N.N.Kolosovskiy ishlab chiqarishining hududiy majmualari (yoki XIIM) tushunchasi iqtisodiy rayon o'rnini egallamasligi kerak, ular iqtisodiy rayonlarning asosini tashkil etadi xolos, deb ta'kidlangan edi. darxaqiqat, XIIM o'zining mazmun va mohiyati jihatidan korxonalarning ma'lum bir nuqtadagi yoki joydagi turg'un birikmasi sifatida iqtisodiy rayondan sezilarli darajada farq qiladi. Biroq turli bosqichdagi iqtisodiy rayonlar ham XIIM tarzida qurilsa bo'ladi. masalan, mustaqil Respublikamizning Farg'ona vodiysi Toshkent viloyati hududiy ishlab chiqarish majmualari va boshqalar. Shuni alohida ta'kidlash joizki, XIIM qaerda vujudga keladi va har qanday joyning ishlab chiqarish korxonalari birlashmasini hududiy majmua deb atash mumkin? Bu yerda XICHM shakllanishi va paydr bo'lishiga har tomonlama yondashish kerak, ya'ni XICHM larning mohiyatiga ko'ra har xil bo'lishi mumkin. Aks holda, talabalarda har xil tushunmovchiliklar bo'lishi mumkin. Har qanday iqtisodiy rayon xo'jaligi o'zining mazmuni va maqsadiga muvofiq har tomonlama (kompleks) rivojlanishi lozim, ana shu nuqtai-nazardan iqtisodiy rayonlar xo'jaligini potentsial XICHM sifatida ko'rish mumkin. Aniq XICHM to'g'risida tassavvurga ega bo'lish uchun bunday hududi ishlab chiqarish majmualarini-rayonlar darajasidagi majmualar deb yuritilishi maqsadga muvofiqdir. Ma'lum bir joyda (hududida) ishlab chiqarish korxonalarining o'zaro bog'liq holda joylanishidan vujudga kelgan majmualar esa tom ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.26 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.26 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga