Hududiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni joylashtirish

Hududiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni joylashtirish

O'quvchilarga / Geografiya
Hududiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni joylashtirish - rasmi

Material tavsifi

hududiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni joylashtirish ReJA Hududiy mehnat taqsimoti haqida tushuncha Geografik mehnat taqsimotining omillari Hududiy mehnat taqsimotining bosqichlari Iqtisodiy rayonlashtirish va hududiy mehnat taqsimoti Ishlab iqarish kuchlarini joylashtirish bevosita hududiy mehnat taqsimoti bilan bog'liq. Ammo hududiy mehnat taqsimoti asosan ishlab chiqarishning hududiy tarkibini bildiradi va shu sababli u aholi va mehnat resurslarini o'z ichiga olmaydi. Aholining joylanishi esa ko'p hollarda ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish bilan belgilanadi. Maxsus adabiyotarda hududiy mehnat taqsimoti bilan bir qatorda geografik, regional (mintaqaviy), akvatorial mehnat taqsimoti kabi turdosh tushunchalar uchrab turadi. Albatta, ular o'rtasida jiddiy farq yo'q, faqat akvatorial mehnat taqsimoti Yer sharining quruqlik qismida emas, balki uning okean va dengizlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi ixtisoslashuvini anglatadi (akva - suv demakdir). Hududiy mehnat taqsimoti yoki ishlab chiqarishni hudud bo'ylab joylashtirish o'z mohiyatiga ko'ra iqtisodiy geografik jarayon hisoblanadi, chunki iqtisod hudud doirasida taqsimlanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish kuchlarining hududiy tarkibi yoki tizimi (sistema), iqtisodiy rayonlar turi vujudga keladi. Ularning o'zaro hududiy munosabati va joylanish holati iqtisodiy geografik vaziyatni ifodalaydi. Hududiy mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat taqsimotining bir tomonidir. Ammo, u iqtisodiy mehnat taqsimotidan biroz keyinroq vujudga kelgan. Sababi - avvallari kishilar tabiatda mavjud imkoniyatlardan foydalanganlar, o'zlarining u yoki bu joyda ma'lum mahsulotni yetishtirishlari esa kechroq paydo bo'ldi. Demak, hududiy mehnat taqsimoti (HMT), soddaroq qilib aytganda, turli joylarning - mamlakat yoki rayonlarning turli mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir. Natijada ana shu joylarning iqtisodiy «basharasi» shakllanadi va ularning kattaroq hududiy tizimdagi o'rni o'z aksini topadi. Agar kengroq qilib ta'riflamoqchi bo'lsak, HMT - bu ishlab chiqarish tarmoqlarini hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, aholi va mehnat resurslari kabi omillariga qarab joylashtirishdir. Bundan kelib chiqadiki, HMT - ga turli omillar ta'sir ko'rsatadi. Ular: Tabiiy sharoit va qazilma boyliklari; Aholi va mehnat resurslari; Transport; Ijtimoiy infrastruktura; Ekologik vaziyat; Iqtisodiy geografik o'rin; Bozor manfaatlari va h.k. Ayni vaqtda ana shu va shunga o'xshash omillar ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda ham hisobga olinadi. Binobarin, bu masala keyinroq mufassal o'rganiladi. Bu yerda faqat bir omilga to'xtab o'tish joiz. Gap shundaki, avvallari, ya'ni «Sotsialistik rejalashtirish» davrida eng asosiy omil o'ta markazlashgan davlat, ya'ni Butunittifoq manfaatlari edi; qolgan sharoitlarning qulaylik yoki noqulayliklaridan qat'iy - nazar, agar davlat, Ittifoq uchun qaysi bir mahsulo zarur bo'lsa, u albatta yetishtirilishi shart edi. Masalan, O'zbekistonda paxtadan tashqari boshqa qishloq xo'jalik tarmoqlari (bog'dorchilik, uzumchilik, polizchilikni ham rivojlantirish mumkin edi, ammo Ittifoq, markaz sanoati uchun paxta kerakligi tufayli bu yerda xo'jalikning tor sohasi, xom ashyoga yo'naltirilgan tizimi shakllanadi. Hozirgi bozor munosabatlari davrida vaziyat butunlay ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.92 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.92 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga