Hududiy rekreatsiya tizimi - geografiyaning o'rganish obyekti sifatida

Hududiy rekreatsiya tizimi - geografiyaning o'rganish obyekti sifatida

O'quvchilarga / Geografiya
Hududiy rekreatsiya tizimi - geografiyaning o'rganish obyekti sifatida - rasmi

Material tavsifi

Hududiy rekreatsiya tizimi - geografiyaning o'rganish obyekti sifatida Rekreatsiya geografiyasi insonlarning sog'lig'ini mustahkamlashga garmonik jihatdan rivojlanishiga xizmat qiluvchi sohalarni o'rganadigan ijtimoiy geografiyaning muhim bir tarmog'idir. Tibbiy biologik munosabatlarda rekreatsion faoliyat organizmni tibbiy - psixologik funksiyalarini qayta tiklashga yo'naltirilgan. Bu maqsada insonlarning turli xil kasalliklarini davolash va dam olishini to'g'ri tashkil etish uchun kerakli o'ziga xos turli tabiiy kimyoviy xususiyatlarga ega bo'lgan tabiat omillaridan foydalaniladi. Rekreatsiya geografiyasi fan sifatida ijtimoiy geografik fanlar oilasiga mansubdir zero hududiy rekreatsiya tizimlarining asosiy funksiyasi sotsial hisoblanadi. Shundan kelib chiqib hududiy rekreatsiya tizimlarining 4 ta asosiy tipi ajratiladi: 1 - davolash, 2 - sog'lomlashtirish 3 - sport 4 - anglash Mazkur tiplarining yordami bilan HRT mqsadiga ko'ra ancha murakkab tibbiy - biologik va ijtimoiy masalalarni hal etadi. HRT ning rekreatsiya davolash tipida davolashning asosiy funksiyasi tabiiy omillarga tayanganligi bilan tavsiflanadi: mineral suvlari, davolovchi balchiq, iqlim sharoiti. I. Rekreatsiya funksional davolash tipini yetakchi komponentlari bo'yicha davolash tashkilotlariga jalb etish uchun 3 ta kichik tiplarga ajratiladi: a) iqlimiy davolash rekreatsiyasi b) balchiq davolash rekreatsiyasi v) balneologik davolash rekreatsiyasi II. HRT ning rekreatsiya sog'lomlashtirish tipi. Uning asosiy funksiyasi - insonlarning ma'naviy va jismoniy quvvatini rivojlntirish va qayta tiklashga qaratilgan. Tartib bilan jismoniy mashg'ulotlar olib borish bu tip uchun alohida ahamiyatga ega. Mazkur HRTning rekreatsiya sog'lomlashtirish tipi qo'yidagi kichik tipchalarga ajratiladi: a) plyaj cho'milish sog'lomlashtirish rekreatsiyasi b) sayr qilish sog'lomlashtirish rekreatsiyasi II. HRT ning rekreatsiya sport tipining asosiy funksiyasi jismoniy rivojlantirishdan iborat. Ushbu tip uchun jismoniy mashg'ulotlar sport o'yinlari va musobaqalar alpinizm, ov qilish, baliq tutish kabilar tavsiflidir. IV. HRTning rekreatsiya anglash, fikrlash tipining asosiy funksiyasi - insonni tabiat va madaniy boyliklaridan foydalanish yo'li orqali ma'naviy rivojlantirishni amalga oshirishdir. Bu tipning yetakchi Mashg'uloti bo'lib, ekskursiya va havaskorlik ijodiyoti sanaladi. (arxitektura yodgorliklari etnik yodgorliklarni tomosha qilish, muzeylarga borish, tabiiy hodisalar to'g'risidagi manzaralar bilan tanishish). Anglash rekreatsiya tipi uchun kammunikatsiya tarmoqlari hamda injenerlik binolari bilan yaxshi ta'minlangan bo'lish kerak. Rekreatsiya geografiyasining shakllanishi dastavval an'anaviy geografik usullardan foydalangan holda tadqiq etiladi. Bularga kameral, kartografik, statistik ma'lumotlarni tahlil qilish, anketa - so'rov usullar kiradi. Reaksiya geografiyasining rivojlanishida uning tadqiqot obyektini aniqlab olish muhim hisoblanadi. Reaksion faoliyat uning o'rganish obyekti bo'lmasada ammo geografiyadagi reaksiya masalalarini ilmiy hal etishda zarur bo'lgan fanlarni shakillantirish. Reaksiya geografiyasi HRT larni loyihalash yoki o'rganish bilan bog'liq barcha masalalarni hal etish mumkin emas. Reaksiya geografiyasi faoliyatining maydoni va geogroflar oldida paydo bo'ladigan reaksiya vazifalarining hajmi bir - biriga to'g'ri kelmaydi. Reaksiya geografiyasi o'zining obyektini o'rganishda nafaqat geografiya fanlari bilan, balki boshqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.59 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.59 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga