Ijtimoiy geografiya va aholining ijtimoiy rivojlanishi

Ijtimoiy geografiya va aholining ijtimoiy rivojlanishi

O'quvchilarga / Geografiya
Ijtimoiy geografiya va aholining ijtimoiy rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Ijtimoiy geografiya va aholining ijtimoiy rivojlanishi SOTSIAL GEOGRAFIYA REJA Aholi - ijtimoiy geografik tadqiqotlarning asosi ekanligi. Aholining ham ishlab chiqaruvchi, ham iste'molchilik roli. Aholining geodemografik holati. Aholi soni va uning o'sishi, joylashuvi. Shahar va qishloq aholisi. Urbanizatsiya jarayonlarining rivojlanishi. Aholi zichligi va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Aholi migratsiyasi va uning ijtimoiy oqibatlari Aholini ijtimoiy tahlil qilishning ahamiyati. Iqtisodiy va aholi geografiyasining o'zaro birlashuvidan iqtisodiy va sotsial geografiya vujudga keldi. Ushbu jarayonda aholining qanchalik muhim ahamiyatga ega bo'lishini N.N.Baranskiy quyidagicha ifodalagan edi: «iqtisodiy geograf shuni unutmasligi kerakki, aholi nafaqat ishlab chiqaruvchi, balki, iste'molchi hamdir va shunday qilib iqtisodiyot boshdan oyoq aholi bilan bog'langan». Ijtimoiy xususiyatlariga ko'ra aholi quydagi sifatlarga ega Hozirgi davrda aholi geografiyasi oldida turgan vazifalarning nazariy, amaliy, ta'limiy jihatlarini ajratib ko'rsatish mumkin: umumnazariy vazifalariga:jamiyat rivojlanishining umumiy qonunlari mohiyatini anglashga yordam beruvchi aholining joylashuvi va uning tabiat bilan o'zaro ta'siri, takror barpo bo'lishi qonuniyatlari va jarayonlarini o'rganish; amaliy vazifalariga: ko'pgina amaliy vazifalarni bajarish: aholi sonini hisobga olish; mehnat balanslarini tuzish; aholi migratsiyasini o'rganish va uning kelajak o'zgarishlarini bashorat qilish; ta'limiy jihatlariga: aholi geografiyasi bo'yicha bilimlarni ommalashtirish. Ijtimoiy fanlardan quyidagilar aholi geografiyasi bilan aloqador aholi geografiyasi bilan tibbiyot geografiyasi, mehnat iqtisodiyoti, sotsial gigiyena, shaharsozlik va rayon planirovkasi kabi fan tarmoqlari ham to'g'ridan - to'g'ri bog'langan Aholini geografik o'rganilishi Aholini o'rganish bo'yicha tabaqalanish, ya'ni demografiya hamda etnografiyaning vujudga kelishi XVII asrning boshlariga kelib ro'y berdi. XIX asrning oxirlarida esa antropogeografiya (Germaniyada, F.Rattsel) shakllandi. Uning negizida geografik determinizm, ya'ni «inson va xalqlarning ruhi va jismiga» tabiiy muhitning hal qiluvchi ta'sir etish g'oyasi yotgan. XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlariga kelib, Fransiyada inson geografiyasi shakllandi. Uning yirik nomoyondalari (Vidal de la-Blash, J.Bryun) asosiy e'tiborni tabiat va jamiyatning o'zaro ta'siri masalalariga qaratdilar. Mazkur yo'nalishning vakillari antropogeografiyadan farqli o'laroq, aholining geografik rivojlanishi xususiyatlarining sabablarni nafaqat tabiiy, balki, iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va ruhiy omillar bilan ham tushuntiradilar. Aholining geodemografik holati Yer shari aholisi butun tarixi davomida sekinlik bilan o'sdi. Bunga, eng avvalo, insonning tabiatga qaramligi, ishlab chiqarish darajasining pastligi, urushlar, epidemiyalar va ocharchiliklar katta ta'sir ko'rsatdi. XIX asrga kelib, dunyo aholisi sonida o'sish tezlashdi va, ayniqsa, XX asr boshlarida dunyo aholisining yillik o'sishi o'rtacha 10 mln kishini tashkil qilgan bo'lsa, 50 -yillarda esa 80 mln kishiga yetdi. 1987-yilda yer shari aholisi soni 5 mlrd kishi, 2018-yilda esa 7.621 mlrd kishidan ortib ketdi (4-rasm). Birgina XX asrning o'zida dunyo aholisi 3,5 barobarga ko'paydi. Aholi soni ayniqsa, 60-70-yillarda tez ko'paydi. Uning bunday tez ko'payishi ilmiy adabiyotlarda «demografik portlash» ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 11.23 MB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 11.23 MB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga