Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar

Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar

O'quvchilarga / Geografiya
Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar Mustaqillikdan so'ng mamlakatimizda kartografiya ham boshqa sohalar kabi rivojlanmoqda. O'tgan o'n yil ichida respublikani 1:1 mln. masshtabli Ekologik kartasi, iqtisodiy kartasi va bir qancha O'zbekiston o'quv kartalari chop etildi. 199 yilda Respublikamiz Prezidenti farmoyishi bilan O'zbekiston geografik atlasi yaratildi. Unda Respublikamizdagi katta iqtisodiy o'zgarishlar o'z ifodasini topgan. 200-2001 yillarda 7, 8, 9-sinflar uchun O'zbekistonning va xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy- iqtisodiy o'quv geografik atlaslari yaratildi. Kartografik tasvir geografik kartaning negizidir, unda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy voqea va hodisalar to'g'risida yetarli darajada ma'lumot berilib, ularning tarqalishi, holati, o'zaro aloqasi va rivojlanishi tasvirlanadi. Bu ma'lumotlar geografik kartaning asosini tashkil qiladi. Kartaning mazmuni bir qancha geografik elementlardan tashkil topgan. Respublika kartografiyasining rivojlanishida, ayniq­sa atlas kartografiyasini rivojlantirishda, respublika ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyasining shakllanib, taraq­qiy etishida olimlarimizning xizmatlari katta. Mamlakatimizda paxtachilik kartografiyasini yaratishda A.Egamberdiev, agrosanoat majmuini kartaga tushirishda A.Bozorboev, tabiatni muhofaza qilish sohasini kar­tografiyalashda J.Qoraboev, aholini hududiy joylashishini o'rganishda kosmik suratlardan foydalanish bo'yicha L.G'ulomovaning ilmiy ishlari diqqatga sazovordir. Kartografiyaning eng muhim sohalari bo'lgan baholash va bashorat qilish kartografiyasining shakllanishida T.Qoraboevaning xizmatlari kam emas. 1-rasm. Izoliniya teng chiziqlar usuli (interpolyatsiyada gorizontallar o'tkazilib, ular oralig'i 5 m.). O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy atlasidagi (200) bir qancha kartalar, ya'ni «Qishloq xo'jaligi», «Donli ekinlar», «Paxtachilik», «Fermer xo'jaliklari» va boshqa kartalar kariogramma usulida tasvirlangan. Ijtimoiy-iqtisodiy kartalarda voqea-hodisalar kartogramma hamda kartodiagramma bilan tasvirlansa mazmuni boyiydi. Umuman mavzuli kartalarda bir va bir qancha usullar ishlatilishi mumkin. Lekin bunda ranglar yaxshi tanlanishi kerak. Ijtimoiy-iqtisodiy kartalar ham o'z navbatida aholi, iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy-ma'muriy maishiy xizmat ko'rsatish kartalari va boshqa turlarga bo'linadi. 9-sinf uchun mo'ljallangan Dunyoning ijtimoiy va iqitisodiy geografik atlasi (Toshkent, 200), jahon iqtisodiy geogrfiyasini o'rganishda asosiy qo'llanma bo'lib xizmat qilishi mumkin. O'zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi uchun zarur bo'lgan devoriy kartalar tuzilmoqda. Ba'zilari chop etilmoqda. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi uchun iqtisodiy-geografik kartalar, sistemasi zarur, hamma o'quv iqitsodiy kartalar absolyut ko'rsatkichda berilgan bo'lishi kerak. Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya sohalari bo'yicha chop etil­gan atlaslardan Ittifoqning qishloq xo'jalik atlasi, Ittifoq avtomobil yo'llari atlasi, Ittifoq xalq xo'jaligi va madaniyati atlasi laridir Asomov M., Mirzaliev T. Topografiya asoslari va kartografiya. Toshkent: «O'qituvchi», 1988. Asomov M., Mirzaliev T. Topografiya asoslari va kartografiyadan labaratoriya mashg'ulotlari. Toshkent: «O'qituvchi», 1990. Berlyant A.M. Obzor prostranstva: karta informatsiya. M.: «Mыsl», 1986. Berlyant A.M. Kartograficheskiy metod issledovaniya. M.: 1978. Foydalanilgan adabiyotlar: 8-sinf geografiya darsligi asosida 4-mavzu: Siz 5-7-sinf tаbiiy gеоgrаfiya dаrslаridа turli tаbiiy хаritаlаr bilаn ishlаdingiz. Endi 8-sinfdа аhоli vа iqtisоdiyotgа оid bilimlаrni o'rgаnishdа ijtimoiy-iqtisоdiy хаritаlаrdаn fоydаlаnаsiz. Bu хаritаlаrdа aholi punktlаri, fоydаli qаzilmа kоnlаri, sаnоаt mаrkаzlаri, qishlоq хo'jаligi vа аlоqа yo'llаrining hududiy jоylаshuvi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.31 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.31 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga