Ilk o'rta asrlar geografiyasi va arablarning O'rta Osiyoga istilo davri tarixiy geografiyasi

Ilk o'rta asrlar geografiyasi va arablarning O'rta Osiyoga istilo davri tarixiy geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Ilk o'rta asrlar geografiyasi va arablarning O'rta Osiyoga istilo davri tarixiy geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

Ilk o'rta asrlar geografiyasi va arablarning O'rta Osiyoga istisi davri tarixiy geografiyasi Reja: Er egaligining shakllanishi. Эfalitlar tarixiy geografiyasi. Turk xoqonligi. Ilk feodalizm davriga oid geografik bilimlar. Arablarning O'rta Osiyoni istilo qilishi va uning geografik xususiyatlari. Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashlari. Arablardan keyin tashkil topgan davlatlar geografiyasi. O'rta Osiyoda V asrlarga kelib erga egalik munosabatlari shakllandi. Bk feodal ishlab chiqarish munosabatlari, deb ham ataladi (feod-er, mulk). Kushon davlati inqirozga uchragach, ko'plab mustaqil mulklar paydo bo'ldi. Buxorodagi buxorxudod, Chog'oniyondagi chog'onxudod, Toshkentdagi to'dik, Iloqdagi dehqon, Samarqanddagi ixshid, Termizdagi termizshoh, Farg'onadagi ixshid, Vardanzidagi vardanxudod mulklarining paydo bo'lishi feodal munosabatlar bilan bog'liq edi. Ilk o'rta asrlarda O'rta Osiyo tarixiy geografiyasining o'zgarishi faqatgina feodal munosabatlar bilan bog'liq bo'lmay, aholi migratsiyasi bilan ham bog'liq edi. IV asr o'rtalarida O'rta Osiyo hududiga ettisuv va sharqiy Turkistondan ko'chmanchi xiyoniylar kirib keldilar.va IV asrning 2 yarmida Sirdaryodan to Amudaryogacha bo'lgan hududda o'z davlatini barpo etdilar. V asrning 20 yillarida esa Xorazm va Amudaryo xavzasiga sharq tomondan yana bir ko'chmanchilar, kushonlarning avlodi bo'lmish toxarlar kirib keldi. Ular So'g'd erlarini tez orada ishg'ol etishib Kidariylar (hukmdor nomidan kelib chiqqan) davlatiga asos soldilar. Balx shahri kidariylarning poytaxtiga aylandi. Kidariylar o'z hududlarini janub tomonga kengaytirishga uringanligi uchun sosoniylarning asosiy dushmanlariga aylandi. Kidariylar o'z hududlarini janub tomonga kengaytirishga urunganligi uchun sosoniylarning asosiy dushmanlariga aylangan. Keyinchalik Tolikon yaqinida Kidariylar va Sosoniylar o'rtasida chegara belgilangan (456 yilgi jangdan keyin kidariylar tushkunlikka yuz tutganlar). V asr o'rtalarida o'rta Osiyoga yana bir ko'chmanchiqabila-eftallar shimol tomondan kirib keldilar va kidariylarni janubga-Hindistonga ketishga majbur qildilar. Vaxshunvor boshchilik qilgan Эftal davlati birin-ketin Chog'oniyon, Toxariston va Badaxshonni zabt etadi. Эftallar Tolikon yaqinidagi chegaradan ham o'tib VI asr boshlarigacha qobul, Panjob, qarashar, Kuchu, qoshg'ar va Xo'tanni ham zabt etib O'rta osiyo, Sharqiy Эron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkistonni birlashtirgan qudratli davlat tuzadilar. Эftallar davlatining tabiiy geografiyasi qanchalik keng va xilma-xil bo'lsa. Shunga mos ravishda aholisi ham xilma-xil edi. Oroldan qoshg'argacha, Balxashdan to Hindistongacha bo'lgan ulkan Эftaliylar imperiyasi hududida bir necha etnoslar istiqomat qilganlar. Эtnoslarning xilma-xilligi, aholi ijtimoiy kelib chiqishining turli-tumanligi xo'jalikka ham ta'sir etmay qolmadi. Ko'chmanchilarning asosiy mashg'uloti chorvachilik edi. Mayda va yirik shoxli hayvonlar, tuyachilik va yilqichilikka yaxshi e'tibor berilgan. Ayniqsa yiliqichilik qadimdan mashhur bo'lib kelgan, Farg'onada yaxshi rivojlangan edi. V asrlarda erga egalik qilish (yoki feodalizm)ning asosiy o'ringa chiqa boshlashi eftaliylar davlati uchun ham ahamiyatli edi. Bir tomondan tushkunlikka uchragan kushon davlatidan qolgan meros: qul mehnatidan foydalanish, quldorchilik davom etib kelayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan mulkdor tabaqa vakili dehqon va ularga qaram ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.62 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.62 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga