Ingliz tili davlat tili hisoblangan mamlakatlar. Avstraliya Reja: Siyosiy va iqtisodiy geografk o'rni. Davlat tuzimi va siyosiy partiyalari. Foydali qazilmalari. Avstraliya aholisi tarkibi va tabiiy ko'payishi. Avstraliya sanoati tarmoqlari, qishloq xo'jaligi va transporti. Avstraliyaning tashqi iqtisodiy aloqalari. Rasmiy nomi - Avstraliya Ittifoqi Poytaxti - Kanberra shahri. Maydoni - 7.682.300 (7.692ming) km.kv Aholisi - 24.5 mln kishi (2017) Davlat tili - ingliz Davlat tuzimi - parlamentar konstitutsion monarxiya. 1901-yil 1-yanvaridan Dominion davlat hisoblanadi. Mus-taqillik kuni -1931-yil 11-sentyabr (1986-yil 3-mart). Shiori: Olg'a, go'zal Avstraliya! Davlat dini - xristian dini va unda quyidagi anglikan-lar (26%), katoliklar (26%), protestlar (20%), pravoslavlar (4%) va boshqa din vakillari yashaydi. Pul birligi - Avstraliya dollari. Tayanch iboralar: Aborigen, metis, ko'n-poyabzal, janu biy shipstenis, port-hedlent, Tasmaniya. 1. Siyosiy va iqtisodiy geografk o'rni. Avstraliya so'zi janubiy ma'nosini bildiradi. Haqi-qatan ham, u janubiy yarim sharda joylashgan. Eng kichik materik. Maydonining kattaligiga ko'ra u dunyoda 6-o'rinda turadi (7,7 mln km2). Avstraliya maydoni shimoldan ja-nubga 3200 km, g'arbdan sharqqa 4100 km ga cho'zilgan. Iqtisodiy geografk o'rnida uning AQSH, Yaponiya, xorijiy Yevropadavlatlaridan uzoqda joylashganligi noqulayroq. Masalan:AQSH dan 11-15 ming km uzoqda joylashgan. Le-kin hozirgi zamonaviy dengiz va havo transporti bu to'siqqa barham bermoqda. 2. Davlat tizimi va siyosiy partiyalari. Avstraliya - Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo'stlik tarkibiga kiruvchi federal davlat. Avstraliyaning amaldagi konstitutsiyasi 1901-yilda qabul qilingan. Davlat tuzilishi shaklijihatidan - federatsiya. Davlat boshlig'i - Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi fora va faunalar yer yuzasining boshqa joylarida uchramaydi.Avstraliya bir vaqtning o'zida orol, qit'a mamlakat va hududi bo'yicha eng kichik qit'a. Avstraliya janubda joylashgan Tasmani-ya oroliga ega materik. Avstrailiya Tasmaniya dengizi orqali Yangi Zelandiya bilan ajralib turadi. Hind okeani uni g'arbiy va janubiy tomonidan o'rab turadi. Shimol-da Indoneziya va Yangi Gvineya Papuani Timor va Ara-fur dengizi ajratib turadi.Shimolda karpenratiya qo'ltig'i bor. Katta Barer rif materikning shimoli sharqida 1600 mil uzoqlikda joylashgan. Avstraliya va Yangi Zelandiyan-ing janubida Antarktida joylashgan. Avstraliya yassi u qa-dar baland bo'lmagan tog' tizmalari va quruq mamlakat. Yangi Zelandiya baland tog' tizmalaridan iborat va yog'in ko'p yog'adi. Avstraliya iqlimiy jihatidan subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarda joylashgan. Iqlimi quruq tropik, sharqiy sohillari esa nam tropik. Asosiy daryosi: Murrey (Darling bilan). Foydali qazilmalarga boy. Asosan temir rudasi, mis, titan, nikel, uran, boksit, oltin, olmos, ko'mir kabilar. Masalan: temir rudasi, litiy, boksit, nikel qa-zib olishda dunyoda 1-o'rinda; marganets qazib olishda 2-o'rinda; qalay 7-o'rin; rux qazib olishda 3-o'rinda; mis qazib olishda 6-o'rinda; Ko'mir qazib olishda 4-o'rinda. Tug'ilish koeffsienti 13 ‰, o'lim ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.09 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.09 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: doc