Ingliz tili davlat tili hisoblangan mamlakatlar. Kanada Reja: Siyosiy va iqtisodiy geografk o'rni. Aholisi va mehnat resurslari. Kanada sanoati va qishloq xo'jaligi. Kanadaning tashqi aloqalari. Tayanch iboralar: Hamdostlik tarkibidagi federa-tiv davlat, temir, nikel, uran, neft, gaz, o'rmon, kanada-lik ingilizlar, kanadalik fransuzlar, eskimoslar, indeyslar, ovchilik, baliqchilik. Rasmiy nomi - Kanada. Poytaxti - Ottava shahri. Hududi - 9.970 610 kv.km. Aholisi - 34.600 00 kishi. Davlat tili - ingliz va fransuz. Davlat dini - xristian dini (katoliklar (46%), protes-tantlar(25%), shuningdek, pravoslavlar, musulmonlar, in-duistlar, buddistlar). Pul birligi - Kanada dollari. Mustaqillik (Kanada) kuni - 1-iyul 1867-yil. Eng yirik shaharlari: Monreal, Kalgari, Toronto, Edmonton, Vankuver, Sent-Djons, Saskatun va boshqalar. 1. Siyosiy va iqtisodiy geografk o'rni. Kanada - Shi-moliy Amerika materigidagi davlat. Quruqlikda janub va shimoli-g'arb tomondan AQSH bilan chegaradosh. Kana-da hududini sharqda Atlantika okeani: Boffn dengizi orqa-li Grenlandiya (Daniya), San-Pьer va Mikelon (Fransiya) orollari, g'arbda Tinch okeani, shimol va shimoli-sharqda Shimoliy Muz okeani suvlari o'rab turadi. Chegarasining umumiy uzunligi 8893 km. Hududining kattaligi bo'yicha dunyoda ikkinchi (Rossiyadan keyingi) o'rinda turadi. Eng yirik yarim orollari: Lobrodor, Yangi SHotlandiya; Orol-lari: Baffn Yeri, Elsmir, Viktoriya, Banks, Nyufaundlend, Keyp-Breton va boshqalar. Kanadaning g'arbiy qismi burmali tog' tizmalaridan iborat bu esa foydali qazilmalarni qazib olishda katta aha-miyatga ega. Britaniya Kolumbiyasining qirg'oqlarida joylashgan Vankuver Kanadaning Osiyo-Tinch ocean mintaqasida eksport va import aloqalarda ahamiyatga ega. Tog'li hududda joylashgan Yukonda rangli metallar mav-jud. Kanada umuman tabiiyresurslarga boy mamlakat.81 2. Kanada aholisi va mehnat resurslari. Kana-da aholisiga ta'rif beradigan bo'lsak, uni «ko'chirilgan» mamlakati deb hisoblashimiz mumkin. Kanadaning hozirgi aholisi ommaviy immigratsiya ta'sirida shakllan-gan. Bular Yevropadan va dunyoning boshqa regionlari-dan ko'chib kelganlar avlodi bo'lib, Kanada ko'p millatli mamlakatdir. Kanada aholisi hozirgi kunda 36 048 521 kishini tash-kil etadi va uning milliy tarkibi qo'yidagicha: 40%-ingliz-kanadaliklar, 28% fransuz-kanadaliklar, 15% - yevropalik-lar, 2% - indeys-hindular, 15% - turli millatlardan iborat. (1-chizma) Hozirgi vaqtda Kanada tub joy aholisi indeys-hindular 780 ming kishi, eskimoslar esa 49 ming kishini tashkil etadi. Mamlakatda indeys-hindular o'z urf-odatlari bo'yicha o'z tilda mulaqat qilishsa-da, biroq ularning ko'pchiligi ras-miy davlat tili hisoblangan ingliz tilida so'zlashadi. (8-jadval) Kanada yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakat, ahol-ining 80 foizi shaharlarda yashaydi. Toronto, Monreal, Vankuver kabi shaharlar mamlakatning millioner shahar-lari hisoblanadi. Kanada aholisiga xos bo'lgan demografk ko'rsatkichlar. Tug'ilish - 10,3‰, o'lim - 10‰, tabiiy o'sish - 0,3‰. Yosh tarkibi: bolalar - 15,7%, kattalar - 68,5%, qariyalar - 15,8%. O'rtacha umr ko'rish - 81 yosh: erkaklarda - 79 yosh, ayollarda - 84 yosh. O'rtacha zichlik - 1 km.km.ga 3 kishi. Aholi jon boshiga ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.22 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.22 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: doc