Inson va tabiat o'zaro ta'siri haqida yondashuvlar va mintaqaviy tadqiqotlar Reja: 1. Tabiiy sharoit haqida tushuncha. 2. Tabiiy shart-sharoitlarning insonlar hayoti va xo'jalik faoliyatiga ta'siri. 3. Tabiiy resurslarning asosiy turlari va ularning klassifikatsiyasi. 4. Qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslar. 5. Tabiiy resurslarga iqtisodiy baho berishning nazariy asoslari. 6. Landshaftlar va ularni iqtisodiy geografik o'rganish. Tabiiy omillar tushunchasi o'z tarkibiga tabiiy shart-sharoitlar, landshaftlarning barqarorligi va ekologik holatni oladi. Tabiiy shart-sharoit hududlarning tabiiy muhiti komponentlarining asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi muhim tabiiy tavsiflar majmuasidir. Tabiiy shartsharoit to'g'ridan-to'g'ri aholining hayotiga va xo'jalik faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi. Aholining joylashuvi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va joylashishi, ixtisoslashuvi ham tabiiy shart-sharoitga chambarchas bog'liqdir. Tabiiy muhit komponentlariga iqlim, geologik muhit, yer usti va yer osti suvlari, yer, biota kiritiladi. Tabiiy shart-sharoitni turli komponentlari bo'yicha tadqiq qilishda landshaftlarni baholash muhim o'rin tutadi. Hududlarning tabiiy shart-sharoitlari ularning qaysi tabiat mintaqasida, hududlarda (muayyan tabiat landshaftida) joylashganiga qarab ajratiladi va bu tushunchalar: Tabiiy hududlar - bu yer ustining yirik geografik qobig'i bo'lib, ularni quyosh radiatsiyasining miqdori, namlik, tuproq, hayvonot va o'simlik olamining turi kabi umumiy xususiyatlar birlashtiradi. Tabiat mintaqalarini ajratishda issiqlik va namlik asosiy o'rin tutadi. Tabiiy landshaftlar - hududiy birlikning tabiiy mintaqalarga nisbatan ancha kichik toifasidir. Shuningdek, geografik qobiqning muayyan qonuniyatlarga ega bo'lgan bir xildagi qismlaridir. Tabiiy landshaftlardan tashqari antropogen yoki madaniy landshaftlar mavjud. Oxirgi yilarda lug'atlarda siyosiy, konfessional xo'jalik landshaftlari terminlari paydo bo'lishiga hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va o'zgarishlar sabab bo'lmoqda. Landshaftlarning muhim xususiyatlarni shakllantiruvchi omillar tashqi (kosmik va geodinamik) va ichki (alohida tabiiy komponentlarning o'zaro harakati jarayonida yuzaga keluvchi) omillarga bo'linadi. Shuningdek, landshaftlarni shakllantiruvchi omillarni ―zonal‖ (iqlim, tuproq, o'simlik) va ―azonal‖ (relef, geologik tuzilish) omillarga ajratiladi. Boshqaruvda, umuman hududlar siyosatida landshaftlarga isonlar hayoti va xo'jalik faoliyatining tabiiy asosi sifatida qaraladi. Oxirgi yuz yillikda, ayniqsa aholi zich joylashgan hududlarda antropogen manzaraning shakllanishi keng tus oldi. Chunki, inson relefga bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri (tog'-kon ishlari, suv qurilishi va hoka'zolar) va bilvosita ya'ni tabiiy muhitning komponentlari orqali ta'sir qiladi. Misol uchun savannalarda o'rmonlarning kesib yuborilishi, cho'llanish jarayonlarining kuchayishiga va shamol ta'sirida shakllanuvchi relef shaklining rivojlanishiga olib kelmoqda. Hududlarning muhandislik-geologik sharoitlari yer po'stlog'ining yuqori gorizont dinamikasi qurilishi tarkibini insonning xo'jalik faoliyati bilan bog'liq holda ifodalaydi. Injenerlik-geologiyasi gruntlarda (tog' jinslari), qurulishlarda va turli inshootlarni qurishda yuz beradigan hodisa va jarayonlarni oldindan bashorat qiladi. Injenerlik-geologik tadqiqotlar asosida turli xil obyektlarni joylashtirish uchun eng qulay joylar aniqlanadi, tog' ishlarining qurilish ishlari jarayonida mustahkamligi, suv ombori qurilganidan keyingi sohilning qanday o'zgarishi, damba mustahkamligi kabilar hisob-kitob qilinadi. Bu omilni hisobga olish ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.73 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.73 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: docx