Ionli atmosferaning inson sog'ligiga ta'siri Mamlakatning kuchu-qudrati kelajagining qay darajada bo'lishligi uning ham jismonan, ham ma'nan sog'lom, aqilli, yuksak fazilatli yoshlarga bog'liqligi jahon tajribasidan ma'lumdir. Shuning uchun ham O'zbekiston mustaqilikka erishgach aholi salomatligiga katta e'tibor berila boshladi. Bu borada diyorimizda ko'p ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan 2005 yilni «Sixat salomatlik yili» deb e'lon qilinishi, Sog'lom avlod uchun va atrof-muhit musaffoligi hamda aholi salomatligini himoyalashga qaratilgan «EKOSAN» xalqaro jamg'armasining tashkil etilishi yuqoridagi fikrlarning isboti bo'la oladi. Aholi salomatligini yaxshilashda kasalliklarga ta'sir qiladigan omillarni aniqlashda meteorologiyaning jumladan, biometeorologiyaning ahamiyati katta. Chunki quyosh radiatsiyasi, shamol tezligi, bulutlilik, havo namligi, atmosfera bosimi kabi meteorologik omillar inson sog'ligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga atmosferadagi ionlar konsentratsiyasi ham inson sog'lig'ida muhim rol o'ynaydi. Ma'lumki, atmosferada doimo katta miqdorda ionlar 1 m3 havoda tahminan 100 atrofida manfiy va 1200 atrofida musbat ionlar mavjud bo'ladi. Molekulaning chekka elektronlaridan biri ajralib chiqqanda molekula musbat molekulaga aylanadi. Ajralib chiqqan elektron yaqindagi boshqa bir neytral molekula bilan to'qnashib unga birikadi va uni manfiy elektronga aylantiradi. Meditsina kuzatishlarida shu narsa yaqqol ko'rinadiki ionli atmosfera inson salomatligi uchun katta rol o'ynaydi. Ionlar miqdorining me'yordan oshib yoki kamayib ketishi inson sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki agar atmosferada musbat ionlar miqdori me'yordan ko'p kuzatilsa inson miyasi bilan bog'liq kasalliklardan, tanasining biror a'zosi (qo'l yoki oyoq) amputatsiya qilingan kishilardan, surunkali kasallik bilan og'rigan bemorlardan shikoyatlar ko'payib ketadi. Shuningdek, aynan shu davrda yo'l-transport hodisalari ham boshqa kunlarga nisbatan ko'proq kuzatiladi. Chunki atmosferada musbat ionlar miqdori ko'payganda inson o'pkasiga kislorod yetib kelishini qisqartiradi. Natijada konda serotonin moddasi ko'payib ketadi. Serotonin moddasi markaziy nerv sistemasidagi nerv hujayralariga ta'sir ko'rsatadi. Oqibatda miyada kuchli ko'zg'alishlar kuzatilib yuqorida sanab o'tilgan kasalliklar asoratlari ko'payib shu bilan birga sababsiz kayfiyatning tushish hollari kuzatiladi. Atmosferadagi ionlar konsentratsiyasi vertikal va turbulent harakatlarga atmosferaning yerga yaqin qatlamida kuzatiladigan kuchli shamollarga va ma'lum miqdorda bulutlarga bog'liq. Ionlar konsentratsiyasini bulutlarga bog'liqligini nazarda tutgan holda ionlarning inson salomatligiga ta'sirini bulutlilik bilan ham ifodalash mumkin. Chunki barcha turdagi bulutlarda zaryadlanish 10 pKlm3 gacha kuzatiladi (zaryadlanish qiymatining katta-kichikligi musbat va manfiy ionlar konsentratsiyasiga bog'liq). Qatlamdor yomg'irli (Ns) bulutidagi zaryadlanish miqdori to'p-to'p yomg'irli (Sb) buluti zaryadlanish miqdoriga yaqin keladi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki Sankt-Peterburgda bulutning elektr zaryadlanishi 0 m dan 600 m gacha vertikal balandlik bo'yicha Grinvich vaqti bilan 0200 va 0300 da 700 pKlm3 ni tashkil qilsa, 1700 va 1900 da 1700 pKl gacha o'zgaradi. Bu miqdor Toshkentda 100 pKlm3 ni tashkil qiladi. Toshkentda bulutning elektrlanishi Sankt-Peterburg va Kiyevga nisbatan aktivroq. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.79 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.79 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: doc