Iqlim o'zgarishlari va havoning global qizishi Reja: 1. Antropogen omilning iqlimga ta'siri 2. Sahroga aylanish jarayoni 3. Ozon qatlamining siyraklashuvi 4. Xulosa Ob-havo tushunchasi bilan iqlim tushunchasi o'zaro chambarchas bog'langan. Biz ob-havo deganda biror joy yoki hudud ustidagi atmosferaning biror aniq vaqtdagi meteorologik kattaliklar majmuasi bilan aniqlanadigan holatini tushunamiz. Ob-havoni tavsiflash uchun havo bosimi, havo harorati va namligi, bulutlik, shamol tezligi va yo'nalishi, yog'inlar kabi asosiy meteorologik kattaliklarning biror vaqt paytidagi qiymatlarini bilish kerak. Iqlim ta'rifini yanada to'laroq qilib aytsak, iqlim deb biror joyda er yuzasiga tushadigan quyosh radiasiyasiga, taglik sirtning xususiyatlariga va atmosfera sirkulyasiyasiga bog'liq ravishda yuzaga chiqqan ko'p yillik ob-havo rejimiga aytiladi. Кo'pchilik «ob-havo» va «iqlim» tushunchalarini aralashtirib yuboradilar. Bu tushunchalar orasida katta farq bor. Ob-havo yuqorida aytganimizdek berilgan joy ustidagi atmosferaning biror aniq vaqtdagi meteorologik elementlarning majmuasi bilan aniqlanadigan fizik holatidir. Iqlim esa ob-havoning ko'p yillik rejimi asosida aniqlanadi. Iqlim tabiatga va insonlarning xo'jalik faoliyatiga ob-havo sharoitlari bilan ta'sir qiladi, turli iqlimli hududlarning ob-havo sharoitlari bir-biridan farq qiladi. Er sharining turli joylarida tabiiy ravishda tarqalgan o'rmonlarning turlari ham ob-havo sharoitlariga bog'liq. Iqlim o'zgarishi sababli - suv yig'ilishining shakllanish strukturasi o'zgaradi. Tog' qor va muzlarining modellashtirilgan hisoblab chiqishlari turli xil iqlim stsenariyalarida ularning umumiy qisqarishini ko'rsatdi. Erigan qor suvining hissasi qisqarishi, yomg'ir suvining hissasi ortishi kutilmoqda. Qor-yomg'ir ozuqa xiliga taaluqli daryolar uchun bahor daryo toshqini vaqti tahminan 1 oyga suriladi. Yer iqlimi quyosh, okeanlar, yer usti qoplami va biosferaning murakkab bir-biriga bo'lgan ta'siriga bog'liq. Ob-havo va iqlim uchun bosh harakat kuch bu quyoshdir. Yer usti qoplamining noteng isitilishi (ekvatorga yaqinlashish bilan isitilish kuchayadi) shamollar va okean oqimlarining asosiy sababidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Dunyoning milliylik ma'ruzasi. 2. BMT Asosiy omillar 3. ww.unsyst.org ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.93 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.93 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: ppt