Iqlimi, ichki suvlari va tabiat zonalari (Avstraliya)

Iqlimi, ichki suvlari va tabiat zonalari (Avstraliya)

O'quvchilarga / Geografiya
Iqlimi, ichki suvlari va tabiat zonalari (Avstraliya) - rasmi

Material tavsifi

6-sinf geografiya darsligi asosida 30-mavzu: Iqlim xususiyatlari. Avstraliyaning geografik o'rni, havo massalari, okean oqimlari, relyefi materik iqlimining o'ziga xos xususiyatlarini shakllantirgan. Shunga ko'ra, Avstraliya Yerimizdagi eng qurg'oqchil materik hisoblanadi. Uning hududida Afrikaga nisbatan besh baravar kam yog'in yog'adi. Bu yerda quruq tropik iqlim tiði hukmronlik qiladi. Shuning uchun materikning markaziy va g'arbiy qismlarida yog'ingarchilik juda kam bo'ladi. Okeandan esadigan janubi-sharqiy passatlar Katta Suvayirg'ich tizmasining sharqiy yonbag'irlariga yog'in keltiradi Iqlim mintaqalari. Avstraliya materigida to'rtta iqlim mintaqalari tarkib topgan. Subekvatorial iqlim mintaqasi materikning 20° j. k. gacha bo'lgan hududlarini egallaydi. Yozda (dekabr-fevral) ekvatorial havo massalari ko'p yog'in keltiradi (800 - 2 00 mm). Qishda (iyun-avgust) esa tropik havo massalari hukmronlik qiladi va havo quruq bo'lib, yog'in kam yog'adi. Bu mintaqada o'rtacha havo harorati yozda +24 °C, qishda esa 16 - 24 °C ni tashkil etadi Tropik iqlim mintaqasi katta maydonni egallaydi. Oldingi mintaqa singari ko'p quyosh radiatsiyasini oladi. Ikkita iqlim tiði shakllangan. 1. Quruq tropik iqlim tiði, tekislikni egallaydi, yog'in kam (100 - 500 mm), yillik havo harorati 30 - 32 °C. 2. Nam tropik iqlim mintaqasi, Tinch okean sohilida tarkib topgan, yog'in ko'p (2 00 mm gacha), yillik harorati 16 °C. Subtropik iqlim mintaqasi materikning janubiy qismini va Tasmaniya orolining shimoliy sohil bo'ylarini qamrab oladi. Bu mintaqada uchta iqlim tiði hosil bo'lgan. G'arbdan sharqqa tomon dastlab O'rta dengiz subtropik iqlim tiði (yog'in 300 - 1 00 mm), so'ngra kontinental (yog'in 100 - 500 mm) va janubi-sharqiy qismida nam subtropik iqlim tiðlari (yog'in 2 00 - 3 00 mm) mavjud. Tasmaniya oroli g'arbiy shamollar ta'sirida bo'lib, mo'tadil iqlim mintaqasi asosiy qismini egallaydi (yog'in 500 - 2 00 mm, harorat qishda +8 °C, yozda +16 °C). Ichki suvlari. Materikning katta qismi quruq tropik iqlim mintaqasida joylashganligidan daryolar oz. Avstraliyaning 60 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7 % i Tinch okean va 33 % i Hind okeani havzasiga qaraydi. Daryolarning quruq o'zanlari kriklar deb ataladi. Bu daryolarda suv ahyon-ahyonda yog'adigan yomg'irlardan keyin paydo bo'ladi va tez orada qurib qoladi. Yil bo'yi sersuv bo'lib oqadigan daryolar Avstraliyaning sharqiy qismida mavjud. Daryolar yomg'irdan va yerosti suvlaridan to'yinadi. Avstraliyaning eng katta daryo tizimi - Murrey va uning yirik irmog'i Darlingdan iborat. Avstraliyada kichik oqmas ko'llar ko'p. Ular juda sho'rlangan. Ko'llar ichida eng yirigi Eyr-Nord ko'li, uning maydoni suv bilan to'lgan paytda 15 ming kv km ga yetadi. Eyr-Nord okean sathidan 16 m pastda joylashgan. Tabiat zonalari. Avstraliya maydoniga ko'ra qiyoslansa, cho'l zonasi egallagan hududlar bo'yicha birinchi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga