Iqtisodiy barkaror rivojlanish va atrof muhit muxofazasi muammolari

Iqtisodiy barkaror rivojlanish va atrof muhit muxofazasi muammolari

O'quvchilarga / Geografiya
Iqtisodiy barkaror rivojlanish va atrof muhit muxofazasi muammolari - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy barqaror rivojlanish va atrof muhit muhofazasi muammolari Mamlakatimizda iqtisodiy barqaror rivojalanishga erishish, eng avvalo, iqtisodiyot tormoklarida tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish, xususiy sektorning rolini oshirish, tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratilishi, xudularning ekologik holatini yaxshilash kabi omillarga bog'liq. Mustaqiliq yillarida islohotlarni chuqurlatish jarayonida milliy iqtisodiyotning muhim tarmog'i sanoat sahosda sezilarli tarkibiy o'zgarishlar yuz beradi.Energetika va oziq-ovqat havfsizligi ta'minladi, mavjud tabiiy boyliklardan foydalanish samaradorligi oshirildi. Sanoatni boshqarishda davlatning roli saqlanib qoldirilgan holda bozor mexanizmlari ishga solinib, bosqichma-bosqich rivojlanish amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda strategik ahamiyati yuqori bo'lgan xom ashyolarni qazib olish, qayta ishlashni rivojlantirishga, ichki bozorni himoyalashga qaratildi. Ikkinchi bosqichda import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sohalarni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat va kimyo sanoat tarmoqlariga ko'proq yo'naltirildi. Sanoatni rivojlantirishning hozirgi bosqichida samarasiz ishlayotgan korxonalarni tugatish, yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiy sektor ulushini oshirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga qaratilmoqda. Mustaqilliq yillarida Respublika-mizning iqtisodiy mustaqilligini taminlovchi yoqilg'i-energetika majmuining sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi 6,5% dan 21,1%ga o'sdi. Islohatlarning ikkinchi bosqichidan boshlab tarkibiy o'zgarishlar qayta ishlash tarmoqlari tomonga o'zgardi. Sanoatda nodavlat sektorining ulushi 10,0%dan 70,8%ga, kichik tadbirkorlik 2,0%dan 16,6%gacha ortdi. Mamlakatimiz eksportida sanoatning hissasi 38,0%dan 50,2%ga ortdi. 1995-2003 yillarda O'zbekistonda sanoat hajmining o'sishi 136,0%ni tashkil etdi. Shu davr ichida bu ko'rsatkich Rossiyada - 72,0%, Qozog'istonda - 80,0%, Ukrainada - 90,0%ga teng bo'ldi. Umuman 1997 yildan beri mamlakat iqtisodiyotida kuzatilayotgan o'sish surati hozirgi davrga kelib yangi pallaga kirmoqda. Sanoatning barqaror rivojlanishini ta'minlash, xom ashyo salohiyatini oshirish maqsadida investitsion resurslarining katta qismini uning texnikaviy qurollantirishga yo'naltirildi. Sanoatning qayta ishlash sektorida mehnat va kapitalning eng yuqori darajasiga yangi tarmoqlar - avtomobilsozlik va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishda erishildi. Yengil sanoatda texnik taraqqiyot darajasi paxtani qayta ishlash va to'qimachilik tarmoqlarida yuqori bo'lishiga erishildi. Buning uchun xorijiy firmalar bilan hamkorlikda juda ko'p qo'shma korxonalar qurildi. To'qimachilik sanoatiga xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi va texnik qurollanish darajasining o'sishi tarmoqning eksport quvvatini oshirishga imkon berdi. 2001-2004 yil oralig'ida, mamlakat sanoat tarmoqlarining turli sohalarida malum miqdorda qayta texnologik qurollanish o'z samarasini berdi. Endilikda Respublikamiz sanoati ulkan ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo'lib barqaror rivojlanayotgan tarmog'iga aylandi. Sanoat rivojlanishi tufayli eksport tarkibida uning salmogi oshdi. 2004 yilda mamlakatimizda 8869 mln AQSH dollariga teng tashqi iqtisodiy aloqalar amalga oshirilib, 1 mlrd AQSH dollariga teng musbat savdoga erishildi. Respublika yalpi ichki mahsulot xajmi 1991 yilga nisbatan 19,8 foizga, 2003 yilga nisbatan 7,7 foizga oshdi. Inflatsiya darajasi 1990 yillar o'rtalarida 60-70 foiz atrofida bo'lgan bo'lsa, 2004 yilda bu ko'rsatkich 3,7 foizni tashkil etdi. Erishilgan natijalar ko'p ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.21 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.21 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga