Iqtisodiy geografiya fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari

Iqtisodiy geografiya fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Geografiya
Iqtisodiy geografiya fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Toshkent Moliya Instituti byudjet hisobi va davlat jamg'armasi fakulteti Iqtisodiy geografiya fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: Iqtisodiy geografiya fanining vujudga kelishi Fanning tadqiqot obyekti va predmeti Fanning tadqiqot metodlari Iqtisodiy geografiyaning fanlar tizimidagi roli Iqtisodiy geografiya fanining vujudga kelishi Geografiya fanining rivojlanishi qadimgi Antik davrida mamlakatlar o'rtasida hududiy (geografik) mehnat taqsimoti, ya'ni har bir hududning o'ziga xos tabiiy sharoiti va resurslari, iqtisodiy geografik o'rni, xalqlarning urf-odatlari va an'anlari asosida ma'lum bir tovarlarni ishlab chiqarish va xizraatlar ko'rsatishga ixtisoslashishi va ular o'rtasida tovar ayirboshlash jarayonining shakllanishi davriga borib taqaladi Mamlakatlar o'rtasida hududiy mehnat taqsimotining shakllanishi geografiya fanlari tizimida dastlab iqtisodiy- geografik tadqiqotlarni vujudga kelishiga olib keladi. Qadimgi yunon olimi Strabon o'zining o'n etti tomlik «Geografiya», deb nomlangan asarida, aholining hududiy joylashuvi, mamla­katlar va hududlar o'rtasidagi tovar ishlab chiqarish va savdo- sotiq aloqalarini yoritadi. O'rta asrlarda, jahon mamlakatlarida natural xo'jalik hukm surgan davrda, antik davrda olib borilgan iqtisodiy geografik izlanishlar bir oz sustlashadi. Ma'lumki, Buyuk Geografik kashfiyotlar xalqaro savdo va ilk kapitalistik munosabatlarningrivojlanishiga olib keladi. Bu davrda hududiy mehnat taq- simotining chuqurlashishi va jahon xo'jaligining shakllanishi, o'z navbatida, iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishini talab etadi. Mamlakatlar va ularning hududiy birliklari haqidagi iqtisodiy geografik tavsif g'arbiy yevropalik olimlarning asarla- rida o'sha davrlarda juda chuqur talqin etilgan. Ayniqsa, ilk geografik bilimlarning nazariy jihatlari, mamlakatning rivoj- lanishida alohida ahamiyatga ega bo'lgan iqtisodiy-geografik o'rin, yerning ustki tuzilishi, aholining tarkibi, shaharlar, siyosiy tuzum masalalariga qaratilgan Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining kirib kelishi ishlab chiqarish jarayonini rivojlanishiga olib keladi. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va uni joylashtirish mamlakat hudud- lari to'g'risida ma'lum bilimlarni va ma'lumotlarni to'plashni talab etadi^Binobarin, ishlab chiqarish korxonalarini samarali va oqilona joylashtirishda hududning xo'jalik jihatdan o'zlash- tirilganlik darajasini, uning tabiiy, demografik, moddiy shart- sharoitlarini va imkoniyatlarini o'rganish ehtiyoji iqtisodiy geografiya fanining geografiya fanidan ajralib chiqishiga va alohida mustaqil fan sifatida rivojlanishiga olib keldivAgar «Tabiiy geografiya» fani geografik qobiqda kechayotgan tabiiy jarayonlarni va hodisalarni o'rgansa, «Iqtisodiy geografiya» fa­ni esa ishlab chiqarishni, xususan, ishlab chiqarish kuchlarini hududiy rivojlanish xususiyatlarini va qonuniyatlarini tadqiq etadi. «Iqtisodiy geografiya» atamasini fanga dastlab rus olimi M.V. Lomonosov tomonidan 1760-yillarda kiritiladi va keyin- chalik butun dunyoda e'tirof etiladi. Olimning asosiy g'oyasida e'tibor, iqtisodiyotni rivojlanishida mamlakatni iqtisodiy geografik nuqtai nazardan tadqiq qilish g'oyat muhim va zarurligiga qaratiladi, Shuningdek, hududlarning xo'jaligini o'rganganda davriylik jihatdan o'rganish va tabiiy resurslarni o'zlashtirish masalalariga alohida e'tibor beradi. G'arbiy Yevropamamlakatlarida XYII asrning yarmida iqtisodiy geografiya fanining ilmiy maktablari Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniyada shakllanadi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 515.45 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 515.45 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga