Iqtisodiy geografiya fanining predmeti, metodi va vazifalari RYeJA: 1.1. iqtisodiy geografiya fanining predmeti va obyekti. 1.2. iqtisodiy geografiyaning ilmiy usullari. 1.3. iqtisodiy geografiya fanining maqsadi va vazifalari. 1.4. iqtisodiy geografiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 1.5. iqtisodiy geografiyaning asosiy ilmiy kantsepsiyalari. 1.1. Iqtisodiy geografiya fanining predmeti va obyekti. iqtisodiy geografiya-bilim tarmoqlarining eng muhimlaridan biridir. U geografiya fanlar tizimidagi asosiy tarmoq bo'lib, umumiy, regional iqtisodiy geografiyani va tarmoqlar geografiyasidan iboratdir. Tabiiy geografiya-Yer shari geografik kobigi, uning qismlari - tabiiy geosistemalar(tabiiy xudtsudiy komplekslar) va tabiiy rayonlparni tadqiq etsa, iqtisodiy geografiya hududiy ishlab chiqarish komplekslari (XIChK-TPK), iqtisodiy rayonlar,ayrim mamlakatlarni xam tadqiqot qiladi . Umuman, iqtisodiy geografiya - ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlarini, ishlab chiqarishni joylashish prinsiplarini,hamda turli xo'jalik tarmoqlarining joylashish omillarini butun dune bo'yicha xam, ayrim mamlakatlar bo'yicha xam o'rganadi. Ushbu fan ishlab chiqarishni joylashishi, ijtimoiy mehnatning hududiy taqsimotidan tashqari, ayrim mamlakatlar ichki xo'jalik tarmoqlarining o'zaro bog'liqligi va xalqaro iqtisodiy munosobatlarning ayrim masalalariga xam tuxtalib utadi. iqtisodiy geografiya tadqiqot usullarining bir biriga yaqinligi, hudud va uning resurslarini o'rganish va undan oqilona foydalanish xususiyatlariga ko'ra tabiiy geografiya bilan birga geografiya fanlar majmuasiga kiradi. Ammo, u jamiyat, inson va ijtimoiy ishlab chiqarishni urganganligi uchun bir davrning uzida ijtimoiy fanlar katoridan urin egallaydi. (chizma) Shu tufayli o'z maqsadlariga erishmok uchun iqtisodiy va sotsialogik usullardan xam foydalanadi. iqtisodiy geografiya fanining metodologik asosi bozor iqtisodieti qonuniyatlarini o'rganish hisoblanadi. SSR davlatining parchalanishi bilan kuplab yangi davlatlar bozor munosobatlarini shaqlantirish yo'liga utdilar. ma'muriy-buyrukbozlik tizimi va rejali iqtisod barxam topdi. Fanlar tizimi, xususan iqtisodiy geografiyaning xam metodologik yondashuvi va vazifalari uzgardi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida kator mamlakatlar iqtisodiyot va ijtimoiy sohada jiddiy tanazzul jaraenini o'tkazdilar. islohatlar sharoiti dunyo mamlakatlarini ushbu sohadagi tajribalarini keng o'rganish bilan uzlarining tarixiy, iqtisodiy va milliy xususiyatlariga tayangan holda eng mukobil yulni tanlashga davat etdi. Bunga yakkol misol O'zbekiston Respublikasi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti shakllanaetgan va muvoffakiyatli rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishni joylashtirish, xom-ashyo xarajatlari, asosiy sarmoya, ishchi kuchi va transport kabi omillar asosiy rol uynamokda. Endi qisqa va uzoqmuddatga mo'ljallangan vazifalar birga kushib olib borilishi tizimli endashuvni keng qo'llashni kursatmokda. Asosiy etibor ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga karatilmokda. Bozor iqtisodieti iqtisodiy geografiyaning muhim meto-dologik asoslari - ishlabchiqarish kuchlarini joylashtirishning omil va prinsiplari hamda qonuniyatlariga o'zgarishlar kiritdi. Bozor iqtisodietining vazifasi va ijtimoiy rivojlanish tuzumining o'zgarishi bilan ushbu metodologik asoslarining ayrimlarini nazariy holati o'z kuchini yukotgan bulsada, ayrimlarining roli ishlab chikaruvchi kuchlarini joylashtirishda yangi nazariy endashuvlar vujudga keladi. 1.2. Iqtisodiy geografiyada ilmiy usullar iqtisodiy geografiya hududiy - ijtimoiy, iqtisodiy tizimlarni o'rganishda ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
63.72 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
63.72 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: ppt