Iqtisodiy geografiyada tarixiylik, ekologik yondashuv va demotsentrik prinsip Reja: Tarixiylik yondashuv va geografiyada tarixiy metod. Geografiya tarixi va tarixiy geografiya. Ekologik va geografik yondashuv. Demotsentrik prinsip. Geografiyaning ikki asosiy tamoyili-hududiylik va majmualilikdan so'ng tarixiylik turadi. Bu prinsip makon va zamon, zaminu zamon birligidan kelib chiqadi. Zero, har qanday hodisa ma'lum bir vaqtda va muayyan bir joyda sodir bo'ladi. Shuning uchun geografiyaga tarix kerak. Sababi-hozirgi mavjud voqelik o'z-o'zicha, birdaniga vujudga kelmagan. Binobarin, bu voqelik qachon va qanday sharoitda paydo bo'lgan va u qanday rivojlanish bosqichlarini bosib o'tgan-bularning hammasini hozirgi borliqdan kelib chiqqan holda aniqlab olmasdan turib asosiy masalani hal etib bo'lmaydi. Faqat o'tmishni tahlil etish orqali hozirgini baholab bo'ladi, bu esa o'z navbatida kelajakni, istiqbolni ilmiy bashorat etishga yo'l ochadi. Tarixiylik tamoyilining muhimligini N.N.Baranskiy ham ta'kidlagan. Bu olim: «Mamlakat va rayonlar iqtisodiy ta'rifini shunday beringki, u oyog'i bilan yerga-geologiya, geomorfologiya va tuproq-shunoslikka, tanasi bilan tarix orqali o'tishi (biz chizdik - A. S.), boshi bilan esa siyosat va mafkuraga tayanishi, taqalishi kerak», deb o'qtirgan edi. Ko'rinib turibdiki, tarixiylik iqtisodiy geografik ta'rif va tavsifning asosiy qismini tashkil etadi. Aytish lozimki, geografiyaga qanchalik tarix kerak bo'lsa, tarix uchun ham geografiya shunchalik zarur. Biroq geografiya tarixga, tarix esa geografiga aylanmasin. Shu bois geografiyada tarixiy yondashuv o'tmishning barcha mayda-chuydasini emas, balki hozirgi holatning yuzaga kelishida aynan qaysi tarixiy voqea va bosqichlar sabab bo'lganini aniqlashi yetarlidir. Masalan, agar Respublikamiz poytaxti Toshkent shahrini iqtisodiy geografik ta'riflamoqchi bo'lsak, uning ilk bor vujudga kelganidan keyin, so'nggi muhim tarixiy voqealar inobatga olinsa kifoya. Ular: o'tgan asrning ikkinchi yarmida (1865 y.) Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi va Toshkentning Turkiston general gubernator-ligining poytaxti vazifasini bajarishi, 1917 yil «Sotsialistik inqilob» yili, 1924 yil O'rta Osiyo Respublikalarining tashkil etilishi, 1930 yil O'zbekiston Respublikasi poytaxtining Samarqanddan Toshkentga ko'chirilishi, Ikkinchi jahon urushi yillari, 1966 yil Toshkentda yer qimirlashi va, nihoyat, 1991 yil O'zbekistonning mustaqillikka erishgan yili. Ana shu burilish yoki tarixiy voqealar bugungi Toshkentga, uning hududi, xo'jaligi va aholisi, shahar qurilishiga ozmi-ko'pmi o'z ta'sirini o'tkazgan, iz qoldirgan. qolgan oraliq voqealar esa bizga ayni paytda uncha zarur emas. Binobarin, ularni tarix fani uchun qoldirish kerak. Geografiyada tarixiylik tamoyili tarixiy geografiyaning o'rnini olmasligi lozim. Bu yerda tarixiy yondashuv o'rganilayotgan hodisaning o'tmishiga qisqacha safar qilinishini anglatadi, tarixiy geografiya esa o'tmishning alohida pog'onalarida tabiat va, xususan, xo'jalik tarmoqlari, aholi va boshqalar qay darajada rivojlangan va qanday joylashgan kabi masalalarni tahlil etadi yoki ko'z o'ngimizda gavdalantiradi. Shu bilan birga, tarixiylik geografiyaning tarixi ham emas. Chunki geografiyaning tarixi deganda so'z ko'proq geografik kashfiyotlar ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.03 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.03 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: doc